Umumiy fizika
Аннотация
Umumiy fizika” nomli ushbu darslik oliy ta’lim muassasalarida 60540200 – Amaliy matematika ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, ularning fizika fanining nazariy asoslari boʻyicha chuqur bilimlarini shakllantirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatida zarur boʻladigan ilmiy dunyoqarashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Darslikda umumiy fizikaning asosiy boʻlimlari – klassik mexanika, molekulyar fizika va termodinamika, elektr va magnit hodisalari, tebranishlar va toʻlqinlar, optika hamda zamonaviy fizika elementlari izchil va tizimli ravishda bayon qilingan. Mavzularni yoritishda nazariy tushunchalar, asosiy qonuniyatlar va fizik hodisalarning mohiyati ilmiy jihatdan asoslangan holda tushuntirilgan hamda ularni amaliy masalalar orqali mustahkamlash imkoniyati yaratilgan. Mazkur darslik oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari va amaldagi oʻquv dasturlari talablariga muvofiq tayyorlangan boʻlib, 60540200 – Amaliy matematika ta’lim yoʻnalishida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun moʻljallangan. Shuningdek, undan pedagogika oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda umumta’lim maktablarining fizika oʻqituvchilari ham foydalanishlari mumkin.