KIRISH. bugungi kunda ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’limni tashkil etish va boshqarishning an’anaviy yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim jarayonlarini tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifatini monitoring qilish va ta’lim oluvchilarning ehtiyojlarini aniqlash uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. O‘zbekistonda ham raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2025-yil 21-oktabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda jadal joriy etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda sun’iy intellekt texnologiyalari iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot va boshqaruv kabi sohalarga tobora chuqur kirib borayotgani ta’kidlangan. Mazkur jarayon, ayniqsa, kasbiy ta’lim tizimi uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki zamonaviy mehnat bozori yangi kasblar, yangi malakalar va yangi texnologiyalarni o‘zlashtira oladigan mutaxassislarni talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, kasbiy ta’lim muassasalarini zamonaviy mehnat bozori talablariga mos ravishda boshqarish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish amda boshqaruv jarayonlarida zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish dolzarb vazifalardan biridir. Kasbiy ta’lim tizimi mehnat bozorining o‘zgaruvchan talablari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, unda ta’lim mazmunini, mutaxassislar tayyorlash jarayonini va ta’lim sifatini samarali boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida raqamli texnologiyalarning keng qo‘llanilishi kasbiy ta’lim muassasalaridan boshqaruv jarayonlarini ham yangi yondashuvlar asosida tashkil etishni talab qilmoqda. Shu sababli kasbiy ta’limni boshqarishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning mavjud imkoniyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish, uning pedagogik va tashkiliy jihatlarini aniqlash hamda istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biri hisoblanadi. MAQSAD. tadqiqotning maqsadi kasbiy ta’limni raqamli boshqarishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, ularning boshqaruv jarayonlari, ta’lim sifati monitoringi, mehnat bozori ehtiyojlarini tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rnini ilmiy jihatdan asoslashdan iborat. Shuningdek, tadqiqot doirasida kasbiy ta’lim boshqaruviga AI texnologiyalarini joriy etishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari hamda mavjud muammolarini aniqlash ko‘zda tutiladi.
ВВЕДЕНИЕ. в настоящее время стремительное развитие цифровых технологий в системе образования обусловливает необходимость пересмотра
Pedagogika fanlariGeoaxborot tizimlariLoyihalash metodikasiRaqamli texnologiyalar
Bayimbet Iskandarov
Mazkur maqolada uch o‘lchamli geovizualizatsiya, fazoviy munosabat va dalillash masalasi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga geoaxborot tizimlarini loyihalashni o‘qitish uchun tekshiriladigan pedagogik yechimni asoslashdan iborat. Adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, o‘quv …
Pedagogika fanlariKasbiy xavfsizlikMehnatni muhofaza qilishTalabalar
D.G’. Akramova
Maqolada talabalarning kasbiy xavfsizligini ta’minlash metodikasini takomillashtirishning pedagogik, tashkiliy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy ta’lim sharoitida talabalarda kasbiy xavflarni aniqlash, xatarlarni baholash, xavfsiz ish usullarini tanlash hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qi…
San'atshunoslik fanlariO‘zbek milliy musiqa san’atiDoiraAn’anaviy ijrochilik
To‘rayev Qahramon Fayzullayevich
Mazkur maqolada o‘zbek an’anaviy doira ijrochiligida usul tushunchasi, uning ritmik-intonatsion xususiyatlari, ijro texnikasi va badiiy-estetik imkoniyatlari ilmiy- nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Doira usullarining xalq musiqasi, maqom san’ati, marosim musiqasi va ansambl ijrochiligidagi funksional ahamiyati yoritil…
Pedagogika fanlariLearning analyticsStudent engagementTeacher education
Akbarova Sevarakhon Khusanboy qizi
This article examines methodological perspectives on using learning analytics to monitor and support student engagement in teacher education. The central problem is that traditional assessment and attendance-based control systems do not adequately reveal future teachers’ behavioural, cognitive, emotional, social and pr…
Pedagogika fanlariIjodkorlikIjodkorlik ko‘nikmasiBo‘lajak pedagog
Madiyev Otamurod Bobomurodovich
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagogning kasbiy faoliyatida ijodkorlikning namoyon bo‘lish shakllari — dars loyihalash, muammoli vaziyatni hal qilish, metod tanlash, ta’limiy topshiriq yaratish hamda refleksiya va baholash jarayonlari misolida tahlil qilingan. Ijodkorlik statik xususiyat emas, balki faoliyatning turli bosqi…