ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

MAKTABGACHA YOSHDAGI TARBIYALANUVCHILARNING BILISH FAOLLIGINI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI PLATFORMALARNING O‘RNI.

Annotatsiya

raqamli platformalar zamonaviy ta'limning poydevori hisoblanadi va tarbiyalanuvchilarning XXI-asr ko'nikmalarini egallashiga yordam beradi. Interaktiv doskalar mashg’ulotlarni qiziqarli bo’lishini yangi darajaga ko'taradi va tarbiyachining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Bu doskalar orqali tarbiyachi turli multimedia materiallarni ko'rsatish, real vaqtda o'zgartirishlar kiritish, bolalar bilan birgalikda loyihalar ustida ishlash va interaktiv mashqlar o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning bilish faolligini rivojlantirishda raqamli platformalarning o‘rni, ularning ta'limiy jarayoniga ta'siri hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari yoritilgan.


цифровые платформы являются основой современного образования и помогают учащимся приобретать навыки XXI века. Интерактивные доски выводят интерес к занятиям на новый уровень и значительно расширяют возможности педагога. С помощью этих досок педагог имеет возможность демонстрировать различные мультимедийные материалы, вносить изменения в режиме реального времени, работать над проектами с детьми и проводить интерактивные упражнения. Подчеркивается роль цифровых платформ в развитии познавательной деятельности дошкольников, их влияние на образовательный процесс и эффективное использование современных информационно- коммуникационных технологий.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI PLATFORMALARNING O‘RNI.

F.M. Xoldarova, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta

tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mustaqil izlanuvchisi.

Annotatsiya

KIRISH

raqamli platformalar zamonaviy ta'limning poydevori hisoblanadi va tarbiyalanuvchilarning XXI-asr ko'nikmalarini egallashiga yordam beradi. Interaktiv doskalar mashg’ulotlarni qiziqarli bo’lishini yangi darajaga ko'taradi va tarbiyachining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Bu doskalar orqali tarbiyachi turli multimedia materiallarni ko'rsatish, real vaqtda o'zgartirishlar kiritish, bolalar bilan birgalikda loyihalar ustida ishlash va interaktiv mashqlar o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning bilish faolligini rivojlantirishda raqamli platformalarning o‘rni, ularning ta'limiy jarayoniga ta'siri hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari yoritilgan.

MAQSAD

mazkur maqolaning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish faolligini shakllantirishda raqamli platformalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o'rganish, ularning ta'lim jarayonidagi o'rnini aniqlash va raqamli vositalarni amaliyotda qo'llash bo'yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalar yordamida bolalarda muloqot qobiliyatlarini shakllantirishning afzalliklari va natijadorligini tahlil qilish ham maqolaning asosiy vazifalaridan biridir.

MATERIAL VA METODLAR

tadqiqotlar doimiy ravishda bolaning intellektual va ijodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan. Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasining asosiy tamoyili - bolalarning yaqin rivojlanish zonasida ishlash printsipini qo'llash. Bu zona tarbiyalanuvchining mustaqil faoliyat ko'rsata olish darajasi va kattalar yordami bilan erisha olish darajasi orasidagi masofani ifodalaydi. Bu zona ichida ishlash tarbiyalanuvchining rivojlanishini eng samarali tarzda ta'minlaydi va ularning potentsial imkoniyatlarini ochib beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish faolligini shakllantirishda raqamli platformalarning o'rni haqida olib borilgan tadqiqotlar ushbu vositalarning ahamiyatini yaqqol namoyon etdi. Raqamli platformalar zamonaviy ta'lim jarayoniga yangi imkoniyatlar ochib beradi, ayniqsa, bolalarning nutqiy rivojlanishida interaktiv o'yinlar, audiovizual materiallar va mobil ilovalarning samaradorligi oshirishda sezilarli darajada yuqori.

XULOSA

maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning bilish faolligini shakllantirishda raqamli platformalar muhim pedagogik vosita hisoblanadi. Ular bolalarning bilim olishga qiziqishini oshiradi, mustaqil fikrlashini rivojlantiradi, ijodkorligini qo‘llabquvvatlaydi hamda ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlaydi. Biroq raqamli texnologiyalar pedagog rahbarligi ostida, yordamchi vosita sifatida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda qo‘llanilgandagina yuqori va sifatli natijalarga erishish mumkin.

Kalit so‘zlar: maktabgacha ta'lim, bilish faolligi, raqamli platformalar, axborotkommunikatsiya texnologiyalari, kognitiv rivojlanish, interaktiv ta'lim, innovatsion pedagogika.

РОЛЬ ЦИФРОВЫХ ПЛАТФОРМ В ФОРМИРОВАНИИ ПОЗНАВАТЕЛЬНОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ДОШКОЛЬНИКОВ.

Ф.М. Холдарова, независимый исследователь Института переподготовки и повышения квалификации директоров и специалистов организаций дошкольного образования.

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

цифровые платформы являются основой современного образования и помогают учащимся приобретать навыки XXI века. Интерактивные доски выводят интерес к занятиям на новый уровень и значительно расширяют возможности педагога. С помощью этих досок педагог имеет возможность демонстрировать различные мультимедийные материалы, вносить изменения в режиме реального времени, работать над проектами с детьми и проводить интерактивные упражнения. Подчеркивается роль цифровых платформ в развитии познавательной деятельности дошкольников, их влияние на образовательный процесс и эффективное использование современных информационнокоммуникационных технологий.

ЦЕЛЬ

целью данной статьи является изучение возможностей эффективного использования цифровых платформ в формировании познавательной деятельности детей дошкольного возраста, определение их места в образовательном процессе и разработка научно-методических рекомендаций по практическому применению цифровых инструментов. Одновременно с этим, одной из главных задач статьи является анализ преимуществ и эффективности формирования коммуникативных навыков у детей с использованием цифровых технологий.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

исследования постоянно направлены на повышение интеллектуального и творческого потенциала ребенка. Главный принцип развивающей образовательной технологии – применение принципа работы в зоне ближайшего развития детей. Эта зона представляет собой расстояние между уровнем самостоятельной деятельности ребенка и уровнем достижения успеха с помощью взрослых. Работа в этой зоне наиболее эффективно обеспечивает развитие ребенка и раскрывает его потенциал.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

исследования роли цифровых платформ в формировании познавательной деятельности детей дошкольного возраста наглядно продемонстрировали важность этих инструментов. Цифровые платформы открывают новые возможности для современного образовательного процесса, особенно в плане повышения эффективности интерактивных игр, аудиовизуальных материалов и мобильных приложений в развитии речи у детей.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

цифровые платформы являются важным педагогическим инструментом в формировании познавательной деятельности дошкольников. Они повышают интерес детей к обучению, развивают самостоятельное мышление, поддерживают творчество и обеспечивают эффективность образовательного процесса. Однако высоких и качественных результатов можно достичь только при использовании цифровых технологий под руководством педагога, в качестве вспомогательного инструмента, в соответствии с возрастными особенностями детей и с соблюдением санитарно-гигиенических требований.

Ключевые слова: дошкольное образование, познавательная деятельность, цифровые платформы, информационно-коммуникационные технологии, познавательное развитие, интерактивное образование, инновационная педагогика.

THE ROLE OF DIGITAL PLATFORMS IN THE FORMATION OF COGNITIVE

ACTIVITY OF PRESCHOOLERS.

F.M. Kholdarova, independent researcher at the Institute for Retraining and Advanced Training of Directors and Specialists of Preschool Educational Organizations.

Annatation

INTRODUCTION

digital platforms are the foundation of modern education and help students acquire the skills of the 21st century. Interactive whiteboards raise the level of interest in classes to a new level and significantly expand the capabilities of the educator. Through these whiteboards, the educator has the opportunity to display various multimedia materials, make changes in real time, work on projects with children, and conduct interactive exercises. The role of digital platforms in the development of cognitive activity of preschoolers, their impact on the educational process, and the effective use of modern information and communication technologies are highlighted.

AIM

the purpose of this article is to study the possibilities of effective use of digital platforms in the formation of cognitive activity of preschool children, to determine their place in the educational process and to develop scientific and methodological recommendations for the practical application of digital tools. At the same time, one of the main tasks of the article is to analyze the advantages and effectiveness of forming communication skills in children using digital technologies.

MATERIAL AND METHODS

research is constantly aimed at increasing the intellectual and creative potential of the child. The main principle of developmental educational technology is the application of the principle of working in the zone of proximal development of children. This zone represents the distance between the level of independent activity of the child and the level of achievement with the help of adults. Working within this zone most effectively ensures the development of the child and reveals their potential.

DISCUSSION AND RESULTS

studies on the role of digital platforms in the formation of cognitive activity of preschool children have clearly demonstrated the importance of these tools. Digital platforms open up new opportunities for the modern educational process, especially in terms of increasing the effectiveness of interactive games, audiovisual materials and mobile applications in the speech development of children.

CONCLUSION

digital platforms are an important pedagogical tool in the formation of cognitive activity of preschoolers. They increase children's interest in learning, develop independent thinking, support creativity and ensure the effectiveness of the educational process. However, high and high-quality results can be achieved only when digital technologies are used under the guidance of a teacher, as an auxiliary tool, in accordance with the age characteristics of the children and in compliance with sanitary and hygienic requirements.

Keywords: preschool education, cognitive activity, digital platforms, information and communication technologies, cognitive development, interactive education, innovative pedagogy.

Mobil ilovalar har bir bola uchun shaxsiy interaktiv tajriba yaratish imkoniyatini beradi. Bu ilovalar bolalarning individual rivojlanish tempini hisobga oladi, adaptiv o'rganish algoritmlarini qo'llaydi va har bir tarbiyalanuvchining ehtiyojlariga mos keladigan mashqlar taklif qiladi. Mabil ilovalar orqali bolalar o'yin shaklida o'rganadilar, o'z muvaffaqiyatlarini kuzatib boradilar.

Multimedia prezentatsiyalar audio va vizual ma'lumotlarni birlashtirib, tarbiyalanuvchilarning turli hissiy kanallar orqali ma'lumot qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Bu prezentatsiyalar orqali murakkab mavzular sodda va tushunarli tarzda taqdim etiladi, tarbiyalanuvchilarning diqqati uzoq muddat ushlab turiladi va o'rganish jarayoni yanada samarali bo'ladi.

Online o'yin platformalari bolalarning masofaviy o'rganish imkoniyatlarini ta'minlaydi va global ta'lim resurslariga kirishni osonlashtiradi. Bu platformalar orqali bolalar dunyo bo'ylab tengdoshlari bilan muloqot qilish, turli madaniyatlar bilan tanishish va xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Manipulyativ interaktiv vositalar. Manipulyativ interaktiv vositalar tarbiyalanuvchilarning qo'llari bilan ishlash va sensorli tajriba orqali o'rganish ehtiyojini qondiradi. Touch-screen o'yinlari bolalarning mayda motorika ko'nikmalarini rivojlantiradi va sensorli interfeys orqali texnologiya bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantiradi. Bu o'yinlar orqali bolalar zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish, raqamli savodxonlikni egallash va texnologik dunyoga moslashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Interaktiv robot o'yinchoqlar bolalarni dasturlash asoslari bilan tanishtirishga yordam beradi va texnologik fikrlashni rivojlantiradi. Bu robotlar orqali tarbiyachilar algoritm tushunchasi, ketma-ketlik va shartli operatsiyalarni o'rganadilar. Robot o'yinchoqlar kelajak texnologiyalar bilan ishlashga tayyorlaydi va STEM ta'limning asoslarini yaratadi.

Virtual Reality (VR) tajribalari bolalar uchun immersiv o'rganish muhitini yaratadi va ularni real hayotda tashrif buyurish qiyin bo'lgan joylarga - okean tubiga, kosmosga, tarixiy davrlarga olib boradi. VR texnologiyasi orqali bolalar chuqur va unutilmas tajriba oladilar, o'rganish motivatsiyasi ortadi va bilimlar mustahkam bo'ladi.

Ko‘makchi vositalar – tarbiyachi ko‘magi, yordamchi ko‘rsatmalar. Ko'makchi vositalar ta'lim jarayonini tashkil etish, tarbiyalanuvchilarning o'rganish faoliyatini qo'llabquvvatlash va samaradorligini oshirish uchun mo'ljallangan yordamchi pedagogik vositalardir. Bu vositalar asosiy ta'lim materiallarini to'ldiradi va o'rganish muhitini yanada qulay va produktiv qiladi.

Tashkiliy vositalar. Tashkiliy vositalar bolalarning vaqtni boshqarish, faoliyatni rejalashtirish va o'z-o'zini nazorat qilish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun mo'ljallangan. Vaqt boshqaruvi vositalari - taymerlar, soatlar va vaqt jadvallari bolalarning vaqt tushunchasini shakllantiradi va vazifalarni belgilangan vaqt ichida bajarish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Bu vositalar orqali tarbiyalanuvchilar vaqtni samarali taqsimlash, ustuvorliklarni belgilash va maqsadga erishish uchun rejalashtirish qobiliyatlarini egallaydilar.

Vazifa jadvallari bolalarning kundalik faoliyatni tashkil etish va mas'uliyat hissini rivojlantirish uchun juda muhim vositadir. Bu jadvallar orqali bolalar o'z vazifalarini kuzatib borish, muvaffaqiyatlarini qayd qilish va rivojlanish dinamikasini ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Vazifa jadvallari bolalarning mustaqillik, tartib-intizom va maqsadga intilish xususiyatlarini mustahkamlaydi.

Motivatsion stikerlar va boshqa rag'batlantirish vositalari bolalarning ijobiy xattiharakatlarini mustahkamlash va o'rganishga bo'lgan motivatsiyani oshirish uchun ishlatiladi. Bu tizim orqali bolalar o'z yutuqlarini ko'rish, rag'batlanish va keyingi muvaffaqiyatlarga intilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Motivatsion tizim bolalarning o'ziga ishonch va muvaffaqiyat hissini kuchaytiradi.

Portfolio papkalari bolalarning barcha natijalarini saqlash, rivojlanish dinamikasini kuzatish va yutuqlarni namoyish etish uchun mo'ljallangan. Portfolio orqali bolalar o'z rivojlanish yo'lini ko'rish, o'tmish ishlarini tahlil qilish va kelajak maqsadlarini belgilash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Adaptiv vositalar. Adaptiv vositalar maxsus ehtiyojli bolalar yoki turli rivojlanish xususiyatlariga ega bolalar uchun mo'ljallangan maxsus pedagogik vositalardir. Maxsus ehtiyojli bolalar uchun materiallar har bir bolaning individual ehtiyojlari va imkoniyatlariga mos ravishda ishlab chiqiladi. Bu materiallar bolalarning mavjud qobiliyatlarini maksimal darajada ishga solish va rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yaratiladi.

Ko'rish qobiliyati pastligi yoki ko'r bolalar uchun taktil materiallar maxsus ishlab chiqiladi. Bu materiallar turli tekstura, shakl va hajmlarga ega bo'lib, bolalarning teginish orqali dunyoni o'rganish imkoniyatini yaratadi. Taktil materiallar orqali bolalar geometrik shakllar, harflar, sonlar va boshqa muhim tushunchalarni o'rganadilar.

Eshitish qobiliyati pastligi yoki kar bolalar uchun vizual kuchaytiruvchi vositalar ishlab chiqiladi. Bu vositalar yorqin ranglar, aniq kontrastlar va vizual signallardan foydalanib, ma'lumotni vizual kanal orqali maksimal darajada yetkazishga yordam beradi. Vizual vositalar shuningdek, imo-ishora tili va vizual kommunikatsiya vositalarini o'z ichiga oladi.

Harakat cheklovlari bor bolalar uchun moslashtirilgan interfeys va vositalar yaratiladi. Bu vositalar bolalarning mavjud harakat imkoniyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va ularga o'rganish jarayonida to'liq ishtirok etish imkoniyatini beradi. Moslashtirilgan vositalar bolalarning mustaqillik hissini kuchaytiradi va ijtimoiy integratsiyaga yordam beradi.

Baholash vositalari – faoliyat ishlanmasi, kuzatuv varaqalari, refleksiya jurnallari. Baholash vositalari bolalarning rivojlanish darajasini aniqlash, ta'lim samaradorligini o'lchash va individual rivojlanish yo'lini rejalashtirish uchun mo'ljallangan muhim pedagogik instrumentlardir. Bu vositalar orqali pedagoglar bolalarning erishgan yutuqlarini obyektiv baholash, muammolarni aniqlash va kelajakdagi ishlarni rejalashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Kognitiv faoliyatni rivojlantirish jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalari qo‘llanilishi zarur. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi bolaning shaxsiy salohiyatini ochishga va intellektual rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Muammoli ta’lim texnologiyasi bolani mustaqil izlanishga undaydi, ularni qaror qabul qilish va tanqidiy fikrlashga o‘rgatadi. Vizual ta’lim texnologiyasi orqali mavzularni ko‘rgazmali shaklda yoritish bolalarning diqqatini jamlash va materialni osonroq o‘zlashtirish imkonini beradi. Kognitiv rivojlantirish texnologiyasi esa diqqat, xotira, mantiqiy fikrlash va ijodiy tasavvurni kompleks tarzda rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ta’lim texnologiyalari:

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi – bolaning intellektual va ijodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan. Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasining asosiy tamoyili - bolalarning yaqin rivojlanish zonasida ishlash printsipini qo'llash. Bu zona tarbiyalanuvchining mustaqil faoliyat ko'rsata olish darajasi va kattalar yordami bilan erisha olish darajasi orasidagi masofani ifodalaydi. Bu zona ichida ishlash tarbiyalanuvchining rivojlanishini eng samarali tarzda ta'minlaydi va ularning potentsial imkoniyatlarini ochib beradi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mavlonov N.Sh. Masofadan oʻqitishtizimini oʻquv jarayoniga qoʻllash prinsiplari. //

“Kasbiy fanlar metodikasi”. Toshkent 2019-sentyabr 9(106) 2. Abdullaeva N.Sh. Klasterli yondashuv asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida

taʼlim sifatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish. Avtoref. p.f.d.(DSc).-T.:. 2023.-

53 b. 3. Abdurahimova D.A Xalq ogʻzaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi

bolalarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish. Ped.fan.doktori(DSc)

dis.avtoreferat – T.: 2020. 10-11 b. 4. Xoldarova F.M. Maktabgacha ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan

foydalanishning nazariy asoslari Zamonaviy ilm-fan va ta’lim istiqbollari ilmiy-amaliy

koferensiya https://doi.org/10.5281/zenodo.17260544 03.10.2025 10-13 b. 5. Yo'ldosheva M.K. Bolalarning kognitiv faolligini rivojlantirish metodikasi. - Toshkent:

O'qituvchi, 2019. - 142 b.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.