ushbu maqolada musobaqa oldi bosqichida ayol bokschilarning manёvr harakatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan metodika ishlab chiqildi va tajribada asoslandi. Tadqiqotning maqsadi texnik-taktik tayyorgarlik jarayonida ring bo‘ylab joy almashtirish, masofa nazorati, hujum va himoya o‘rtasidagi tezkor o‘tish hamda pozitsion ustunlikka chiqish ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot pedagogik eksperiment, pedagogik kuzatuv, videoanaliz, ekspert baholash va matematik-statistik tahlil usullari asosida olib borildi. Tajriba guruhida manyovrga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar majmuasi qo‘llanildi: qisqa intervalli oyoq ishlari, lateral siljishlar, “kirish-chiqish” kombinatsiyalari, raqib harakatiga javob berish mashqlari va situatsion sparringlar. Natijalar tajriba guruhi bokschilarida harakat tezligi, manёvr aniqligi va himoya-hujum almashinuvi ko‘rsatkichlarining oshganini ko‘rsatdi. Shuningdek, ring markazini nazorat qilish, qulay zarba pozitsiyasiga chiqish va ortiqcha harakatlarni qisqartirish bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, musobaqa oldi bosqichida ayol bokschilarning manyovr harakatlarini maqsadli rivojlantirish texnik-taktik tayyorgarlik samaradorligini oshiradi. Taklif etilgan metodika bosqichma-bosqich, nazoratli va individual yondashuvga asoslangan bo‘lib, u bokschilarning musobaqa faoliyatini optimallashtirishga xizmat qiladi.
в статье разработана и обоснована экспериментально методика повышения эффективности маневренных действий боксерок в предсоревновательном периоде. Целью исследования было улучшение показателей перемещения по рингу, контроля дистанции, быстрого перехода от атаки к защите и достижения позиционного преимущества в процессе технико- тактической подготовки. Исследование проводилось на основе методов педагогического эксперимента, педагогического наблюдения, видеанализа, экспертной оценки и математико-статистического анализа. В экспериментальной группе использовался специальный комплекс упражнений, направленных на маневрирование: короткие интервальные упражнения для ног, боковые смещения, комбинации «вход-выход», упражнения на реагирование на движения противника и ситуационный спарринг. Результаты показали, что у боксеров экспериментальной группы увеличилась скорость передвижения, точность маневрирования и показатели защитно-атакующих действий. Также были выявлены положительные изменения в контроле центра ринга, выходе на удобную ударную позицию и сокращении лишних движений. Таким образом, целенаправленное развитие маневренных действий женщин-боксеров на предсоревновательном этапе повышает эффективность технико-тактической подготовки. Предложенная методика основана на поэтапном, контролируемом и индивидуальном подходе, который служит для оптимизации соревновательной деятельности боксеров.
Mirzayeva Yodgoroy. (2026). MUSOBAQA OLDI BOSQICHIDA AYOL BOKSCHILARNING MANYOVR HARAKATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI.. Inter Education & Global Study, 4(7), 681-687. https://researcher.uz/uz/article/musobaqa-oldi-bosqichida-ayol-bokschilarning-manyovr-harakatlari-samaradorligini-oshirish-metodikasi-340639
Ochiq kirish — materiallar CC BY-NC-ND 4.0 litsenziyasi shartlarida tarqatiladi.
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi pastligi va nutqining leksik kambag‘alligi o‘zaro bog‘liq pedagogik muammo sifatida tahlil qilingan. O‘zini o‘zi belgilash nazariyasi va o‘qish motivatsiyasi tadqiqotlari asosida “sinonimik tanlov” tushunchasi didaktik birlik sifatida asoslangan… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
sinonimsinonimik qatorsinonimik tanlovo‘qish motivatsiyasiichki motivatsiyabadiiy ifoda qobiliyati
Turistik tadbirdan keyingi so‘rovlar talabalarning ijobiy taassurotini ko‘rsatsa- da, bu tarbiyaviy sifatlar barqaror rivojlandi degan xulosaga yetarli asos bermaydi. Sayohatdan keyingi hissiy ko‘tarinkilik vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi, o‘rganilgan qoida esa boshqa vaziyatda qo‘llanmasligi mumkin. Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
Yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamoloti mamlakat taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, davlatimiz tomonidan sport sohasiga va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, yoshlarning jismoniy madaniyatini yuksaltirishda oilaning o‘rni va tarbiyaviy jarayonni tashkil etish… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
oilayoshlarsog‘lom avlodsog‘lom turmush tarzisportjismoniy tarbiya
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va baholash muhim pedagogik vazifalardan biridir. Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
Reading is an essential skill in learning English as a foreign language. Extensive reading supports reading comprehension, fluency and vocabulary development. Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
extensive readingreading comprehensionreading fluencyEnglish languagevocabulary developmentupper secondary students