Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning 60110400 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tabiiy-ilmiy kompetensiyalarini shakllantirish, ularni boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitishga metodik jihatdan tayyorlash, zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish masalalari yoritilgan. Qo‘llanmada tabiiy fanlarni o‘qitishning nazariy asoslari, metodlari, vositalari, geografik, biologik va fizik tushunchalarni shakllantirish, kuzatish, tajriba, amaliy ishlar, tabiat burchagi, o‘quv-tajriba maydonchasi, ekskursiyalarni tashkil etish, ekologik tarbiya, sog‘lom turmush tarzi, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rgatish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi interfaol metodlar, didaktik vositalar, multimedia texnologiyalari hamda mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar keltirilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma 60110400 – “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi bakalavriatura o‘quv rejasidagi “Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi” fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Pedagogika fanlariDzyudoTalabalarUmumiy jismoniy tayyorgarlik
Azimov Laziz Ahrorovich
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida dzyudo to‘garagida shug‘ullanuvchi talabalarning tayyorgarligini pedagogik testlash va baholash asosida tashkil etish masalasi yoritilgan. To‘garakka turli darajadagi jismoniy tayyorgarlik bilan keladigan talabalarning tayyorgarligini xolis aniqlash va nazorat qilish uchun ishonchli …
Pedagogika fanlariElektromagnit induksiyaLens qoidasiMuammoli ta’lim
Tulyaganova Shaxnoza Abduraximovna
Maqolada elektromagnit induksiya qonunini o‘qitishda muammoli eksperimentlar va vizual tajribalardan foydalanish metodikasi yoritiladi. Magnit, g‘altak va galvanometr yordamidagi namoyishlar asosida muammoli vaziyat yaratish, o‘quvchi gipotezasini shakllantirish, tajriba natijalarini qayd etish va fizik xulosa chiqaris…
Pedagogika fanlariАлгоритмическая компетенцияБудущий учительПрофессиональная подготовка
Анварбекова Хилола Нумановна
В данной статье освещаются теоретико-методологические основы развития алгоритмических компетенций у будущих учителей. В условиях современного цифрового образования от педагога требуется не только умение пользоваться готовой информацией, но и способность анализировать проблему, планировать этапы её решения, логически мы…
Pedagogika fanlariKasbiy xavfsizlikMehnatni muhofaza qilishTalabalar
D.G’. Akramova
Maqolada talabalarning kasbiy xavfsizligini ta’minlash metodikasini takomillashtirishning pedagogik, tashkiliy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy ta’lim sharoitida talabalarda kasbiy xavflarni aniqlash, xatarlarni baholash, xavfsiz ish usullarini tanlash hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qi…
Pedagogika fanlariGloballashuvNutqiy mobillikPedagogik texnologiyalar
Abdumajitova Maftuna Ixtiyor qizi
Ushbu matnda globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida bo‘lajak pedagoglarning nutqiy mobilligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari tadqiq etilgan. Muallif nutqiy mobillikni zamonaviy ta’lim paradigmasining fundamental kompetensiyasi sifatida talqin qilib, uning tarkibiy qismlari — lingv…