ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Talabalarda akmeologik pozitsiyani rivojlantirish tuzilmasi va uning tarkibiy komponentlari.

Annotatsiya

Ushbu maqolada  bo’lajak o’qituvchilarda akmeologik pozitsiyani shakllantirishga ta`sir etuvchi omillarning,  mazmuni, mohiyati, zamonaviy o`qituvchilarga qo`yiladigan talablarni takomillashtirish,  pedagogika oliygohlaridagi mutaxassislar tayyorlash jarayonidagi imkoniyatlari va mavjud holatlaridan kelib chiqib, mazkur ta`lim muassasalarida o`qitish tizimiga innovatsion texnologiyalarining joriy etilishi jarayonlari mavzuning muammosi sifatida ochib berishga harakat qilingan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Talabalarda akmeologik pozitsiyani rivojlantirish tuzilmasi va uning tarkibiy

komponentlari.

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

“Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi

Xaitov Abdukosim Abdulakim o`g`li

Tel: 99894-260-70-74

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo’lajak o’qituvchilarda akmeologik pozitsiyani shakllantirishga ta`sir etuvchi omillarning, mazmuni, mohiyati, zamonaviy o`qituvchilarga qo`yiladigan talablarni takomillashtirish, pedagogika oliygohlaridagi mutaxassislar tayyorlash jarayonidagi imkoniyatlari va mavjud holatlaridan kelib chiqib, mazkur ta`lim muassasalarida o`qitish tizimiga innovatsion texnologiyalarining joriy etilishi jarayonlari mavzuning muammosi sifatida ochib berishga harakat qilingan.

Kalit so`zlar: Akmeologiya, pozitsiya, talabalar, innovatsion metodlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, bo`lajak o`qituvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini o`zlashtirishi, sub`ektiv, ob`ektiv omillar.

Аннотация: В этой статье влияют на будущие преподаватели, содержание, сущность требований к современным учителям, возможностям и подготовке специалистов в педагогических университетах, в этих учебных заведениях. Процесс внедрения инновационных технологий в системе обучения был установлен, чтобы открыть тему как проблему.

Ключевые слова: акмеология, позиции, студенты, инновационные методы, навыки и навыки, субъективные, объективные факторы, современные информационные технологии, будущие преподаватели.

Annotation: This article affect future teachers, content, essence of requirements for modern teachers, opportunities and training of specialists in pedagogical universities, in these educational institutions. The process of implementing innovative technologies in the learning system was set to open the topic as a problem.

Keywords: acmeology, positions, students, innovative methods, skills and skills, subjective, objective factors, modern information technologies, future teachers.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o’rin olishi va jamiyatdagi ma’lum muammolarga yechim topish albatta o’sib kelayotgan yosh avlod vakillarini ta’lim-tarbiyasiga har jihatdan bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. Jumladan: Farzandlarimizning qobilyatini ro’yobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yanada ko’plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug’beklar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman1...deb yurtimiz yoshlariga yuksak ishonch bildiradi davlatimiz rahbari o’z nutqlarida.

Akmeologiya- (grekcha akme - cho’qqi, takomil, nimaningdir yuqori bosqichi, gullagan davr ma’nolarini anglatadi)2 ilmu- fanning shunday yangi tarmog’iki, u insonni o’z taraqqiyoti dinamikasida, takomili hamda hayotfaoliyatining turli bosqichlarida o’zidagi eng kuchli qobilyatlarning namoyon qilishning kompleks masalalarini o’rganadi.

Akmeologiya tushunchasini ilk bor fanga rus olimi N.A.Ribnikov tomonidan 1928 yilda kiritilgan bo’lib, uning o’zi bu fan predmetini yetuk insonlarning shakllanish jarayonidir, deb ta’riflagan edi. Lekin tom ma’nodagi jiddiy fan sifatida uning shakllanishiga rus psixologi B.G.Ananyev va uning izdoshlari bo’lgan petrburglik olimlar alohida ulush qo’shishgan. Ularning ta’kidlashicha, akmeologiyaning predmeti - odamning ijodiy salohiyati bo’lib, u inson tomonidan o’ziga inoyat etilgan barcha imkoniyatlari va iqtidorini qanday qilib, qanday shartsharoitlarda, qaysi qonuniyatlar ta’sirida ro’yobga chiqarishni kompleks tarzda o’rganadi.

Bo’lajak o’qituvchilarda akmeologik pozitsiyaning shakillantirilib borilishi ularda yangicha fikrlash bilan birga ta’limni qulay optimal shakllarini ishlab chiqishlariga asos bo’ladi.

Pozitsiya- (lotincha positio holat, vaziyat) - biror bir masala yuzasidan bildirilgan fikr, nuqtai nazar; dalil, voqea, hodisaning muayyan bahosi; shu bahoga muvofiq amalga oshirilgan hatti-harakat3.

Akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» bo‘lib, ushbu tushuncha shaxsning intiluvchanlik qobiliyatini anglatadi. Akmeologiya inson kasbiy faoliyati doirasidagi professionallik va ijodiylikning аkmе 1Ўзбекистон Республикаси конститутцияси қабул қилинганининг 26 йиллигига бағишланган тантанали маросимда қилинган маърузадан. 2018 йил. 10-декабр. 2 Деркач А.А., Кузьмина Н.В. Акмеология: пути достижения вершин профессионализма. М.,1993. – с.220 3 Акмеология. Хрестоматик луғат. Ильин В.В., Пожарский С.Д. 2004. - 201 b. shaklining rivojlanishi uchun zarur qonuniyatlarni о‘rganuvchi fan bo‘lgani uchun «akmeologiya» atamasining mazmuni, mohiyati insonshunos olimlar tomonidan turli bahs va munozaralarni keltirib chiqarmoqda.

Buning boisi, birinchidan, akmeologiya sohasida ilk davrlarda asosan pedagoglar, psixologlar tomonidan chop etilgan ilmiy asarlar, etika ixtisosligi bo‘yicha himoya qilinayotgan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari fanning u yoki bu jihatlarinigina qamrab olganligi sababli ayrim tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi.

Ikkinchidan, akmeologiyaning tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida kasbiy mahoratning yuksak takomiliga erishishi, insonning yetuklik bosqichida rivojlanish qonunlari va mexanizmi hamda bundanda yuksakroq darajalarni egallash fenom enologiyasini о‘rganishi, ya 'ni biron kasbga, sohaga astoydil mehr qo'yib, bilim va tajribaga tayanib, maqsad sari intilib yashashini

bildirishi hamda akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» iborasi ekanligining fanlar integratsiyasi kesimida kompleks о‘rganilmaganligidadir.

Bo’lajak o’qituvchilarda akmeologik pozitsiyani shakllantirish bir qancha omillarga bog’liq. Ya’ni, Oliy ta’lim muassasalari va ulardagi o’quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat– monitoringini oshirish, bo’lajak o’qituvchilarni zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan mas’uliyatni oshirish, pedagog mutaxassislarda akmeologik motivatsiyani shakllantirib borishdan iboratdir.

bo’lajak o’qituvchilarda akmeologik pozitsiyani shakllantirish jarayonining samaradorligi quyidagi omillar bilan asoslanadi:

- motivatsion omil – bo’lajak o’qituvchilarni o’z sohalari mohiyatidan xabardorlik darajasi;

- ijtimoiy omil – jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muhit va pedagoglik kasbining ijtimoiy nufuzi, shuningdek, talabalar tomonidan ijtimoiy normalarning o’zlashtirilishi, ijtimoiy tajribaning shaxsiy – kasbiy ustanovkalar tizimida qo’llanilishi;

- axborotli-mazmunli omil –tanlangan sohasini muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bo’lgan ijtimoiy-nazariy, pedagogik-psixologik va maxsus-metodik bilim, malaka va ko’nikmalar majmuasi;

- faoliyatli omil – o’zlashtirilgan bilim, malaka va ko’nikmalarni aniq vaziyatlar va zaruriy holatlarda tatbiq eta olish, o’zini-o’zi tahlil qilish va rivojlantirish motivatsiyasi;

- didaktik omil (vositalar) – maxsus jihozlangan (kompyuterlashtirilgan)

- o’quv xonalarining mavjudligi; o’quv manbalari (takomillashtirilgan o’quv dasturlari, ma’ruza matnlari, elektron darsliklar, o’quv va metodik qo’llanmalar, elektron ishlanmalar, grafik organayzerlar, auditiv vositalar), o’quv jihozlari va qurollari, axborot texnologiyalari.

Mazkur omillarning mazmuni va mohiyatini ko`rib chiqadigan bo`lsak, kelajakda pedagog mutaxassislar tayyorlashga qo’yiladigan mehnat bozorining zamonaviy talablaridan kelib chiqib, bo’lajak o’qituvchilarda akmeologik pozitsiyani shakllantirishning mazmuni, bevosita ulardagi fiziologik, psixologik, ijtimoiy va tashkiliy jarayonlarni olib borilishi bilan belgilanadi.

Shu o‘rinda rus pedagogi A.S.Makarenko bo’lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o’rganishi zarurligini ta’kidlab, shunday deydi: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalanuvchilarni tarbiyalasin»4

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bo`lajak o`qituvchilarda akmeologik pozitsiyasi o`zlashtirgan bilim, ko`nikma va malakalarini amaliyotda yuqori darajada qo`llay olishida namayon bo’ladi. Zamonaviy jamiyatda ta`lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo`nalishlaridan biri – bu insonning turli sohalarda maqsadli va mustaqil faoliyatini tashkil etishidir. Shunday ekan bo’lajak o’qituvchilarda akmeologik pozitsiyani shakllantirishda motivatsion, ijtimoiy, axborotli-mazmunli, faoliyatli, didaktik omillarga alohida e’tibor qaratish maqsadga maolikdir.

4 B.X.XODJAYEV

Umumiy pedagogika Darslik. – T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017-yil

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1. Mirziyoyev Sh. M O`zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor vazifalari “Harakatlar strategiyasi” –T O`zbekiston 2017.

2. Mirziyoyev Sh. M “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” –T O`zbekiston-2019.

3. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag`shlangan tantanali marosimda so`zlangan ma`ruzadan 2018-yil. 10- dekabr.

4. Karimov I. A Barkamol avlod – O`zbekiston kelajagining poydevori –T O`zbekiston 1997 y

5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

6. Mardonov Q. SH Bo`lajak o`qituvchilarning akmeologik pozitsiyasini shakllantirish texnologiyasi –T Fan 2019-y

7. Nishonova. Z O`quvchilarni kreativ fikrlashga o`rgatish –T TDPU 2015- y

8. Tillayeva G. H Akmeologiya asoslari –Toshkent 2014-y

9. Деркач А.А., Кузьмина Н.В. Акмеология: пути достижения вершин профессионализма. М.,1993. – с.220

10. Акмеология. Хрестоматик луғат. Ильин В.В., Пожарский С.Д. 2004. - 201 b.

11. Маркова А. К. Психологические критерии и профессионализма учителя // Педагогика. 1995, № 6. С. 55–63.

12. Komilov. N O`qituvchilarning akmeologik pozitsiyasini shakllantirish – T Cho`lpon 2016-y

13. Xudoyqulov X. J. Tarbiyaviy ishlar metodikasi –T Innovatsiya –ziyo

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.