ushbu maqolada talabalarda shaxsiy rivojlanish jarayonida hayotiy strategiyalarni shakllantirishning psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Insonning hayotiy maqsadlari va qadriyatlarini belgilashda ijtimoiy-madaniy muhit, individual psixologik xususiyatlar hamda ta’lim jarayonining o‘rni alohida yoritilgan. Shuningdek, talabalarda o‘zini anglash, motivatsiya, emotsional-intellektual rivojlanish, stressga qarshi turish ko‘nikmalari va qaror qabul qilish kompetensiyalarining shakllanishi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada hayotiy strategiyalarni shakllantirishning asosiy bosqichlari – maqsad qo‘yish, rejalashtirish, muammoli vaziyatlarda moslashuvchan yondashuvni qo‘llash va shaxsiy resurslardan samarali foydalanish mexanizmlari psixologik nuqtai nazardan yoritilgan.
в статье анализируются психологические механизмы формирования жизненных стратегий у студентов в процессе личностного развития. Подчеркивается роль социокультурной среды, индивидуальных психологических особенностей и образовательного процесса в определении жизненных целей и ценностей человека. Также рассматривается формирование самосознания, мотивации, эмоционально-интеллектуального развития, навыков стрессоустойчивости и компетенций принятия решений у студентов. В статье анализируются основные этапы формирования жизненных стратегий – постановка целей, планирование, применение гибкого подхода в проблемных ситуациях и механизмы эффективного использования личных ресурсов с психологической точки зрения.
Bugungi kunda stress va stressga bardoshlilik muammosi zamonaviy psixologiyaning dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Stress inson organizmining tabiiy reaksiyasi bo‘lsa-da, uning kuchli va davomli shakllari sog‘liq hamda ijtimoiy faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Stressni kamaytirishda musiqa terapiyasi muhim omil sif…
Maqolada talabalar o’zaro empatiyasi va guruhdagi psixologik iqlimning
o‘quv motiviga ta’siri, emperik tadqiqot tahlili, kitob o’qish empatiya oshishiga ta’siri
bo’yicha eng so’ngi emperik tadqiqot tahlili hamda ularning qiyosiy tahlili, xulosalari bilan
tanishish mumkin.
Maqolada maktabdagi nizolar tipologiyasi va ularning konfliktologik tahlili yoritiladi. Insoniyatdagi xilma-xillik, turli qarash va qadriyatlar maktab muhitida o‘z ifodasini topishi, bu esa ijtimoiy ziddiyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi ko‘rsatiladi.
Maqolada internet qaramligi asosida yuzaga keluvchi “Zamonaviy Maugli sindromi’’ ning klinik-psixologik xususiyatlari, uning kelib chiqish sabablari va psixikaga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Ushbu sindrom shaxsning real hayotdan uzilib, virtual muhitga haddan ortiq bog‘lanishi natijasida yuzaga k…
Mazkur maqolada refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishda psixologik treninglar va interaktiv metodlarning samaradorligi tahlil qilingan. Refleksiya – shaxsning o‘zini anglash, o‘z fikr va xatti-harakatlarini tahlil qilish qobiliyati bo‘lib, uning rivojlanishi shaxsiy o‘sish, ijtimoiy moslashuv va muammoli vaziyatlarda…