Mualliflar uchun qoidalar
Maqolalarga qo‘yiladigan talablar
• maqola nomi, annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lishi lozim;
• maqolalar jurnal yo‘nalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy va tugallangan fikrlarga asoslangan, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi kerak;
• maqola xalqaro darajadagi IMRaD shaklida yozilishi kerak;
• A4 format, maydonlar: yuqori va pastdan 2,5 sm, chap va o‘ngdan 2,25 sm;
• matn WORD muharririda, Arial Narrow shrifti, 12 o‘lcham, 1 intervalda, hajmi 12–14 bet, mualliflar soni 4 nafardan oshmasligi kerak;
• yuborilgan maqolalar tahririyat hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi;
• tahrirdan o‘tmagan, originalligi 70 foizdan past va talablarga muvofiq rasmiylashtirilmagan maqolalar nashr etilmaydi;
• maqolalar elektron shaklda qabul qilinadi.
Muddatlar va jurnal chiqishi
• maqolalar qabul qilish muddati: oyning 25-sanasigacha;
• jurnal chiqish sanasi: oyning 30-sanasi; jurnal to‘plami shu kuni saytda e’lon qilinadi;
• jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz;
• muallifga maqolaning PDF varianti (indekslanganligi ko‘rsatilgan), shuningdek sertifikat va mualliflik guvohnomasi taqdim etiladi;
• jurnalning bosma varianti alohida buyurtma bo‘yicha mualliflar va tahririyat hay’ati a’zolariga pochta orqali yuboriladi.