TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI
Toʻrayev Farrux Xakim oʻgʻli, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Jismoniy tayyorgarlik sikli katta oʻqituvchisi, Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
KIRISH
mazkur maqolada ichki ishlar organlari xodimlari jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Davlat siyosati doirasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan normativ hujjatlar asosida sohadagi islohotlar oʻrganildi. Tadqiqot natijalari funksional mashgʻulotlar, individual yuklamalar va kompleks yondashuv jismoniy tayyorgarlik samaradorligini oshirishini
MAQSAD
ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ularning jismoniy tayyorgarligini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida takomillashtirish, maxsus xizmat vazifalariga moslashtirilgan jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillik) rivojlantirishning samarali metodikasini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
MATERIALLAR VA METODLAR
tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, tajribasinov ishlari, test sinovlari, biomexanik va fiziologik tahlil usullari, statistik qayta ishlash metodlari hamda qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqot obyekti sifatida ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari olindi. Maxsus jismoniy mashqlar kompleksi, funksional tayyorgarlik dasturlari, kuch va chidamlilikni rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar hamda stress sharoitiga moslashtirilgan trenirovka tizimlari qo‘llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tizimli va ilmiy asoslangan mashg‘ulotlar xodimlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini sezilarli darajada oshiradi. Ayniqsa, maxsus xizmat vazifalariga yo‘naltirilgan funksional mashg‘ulotlar tezkorlik va chidamlilik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, jismoniy yuklamalarni individual yondashuv asosida rejalashtirish kasbiy zo‘riqishlarning kamayishiga, xizmat samaradorligining ortishiga hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish ko‘nikmalarining shakllanishiga xizmat qilishi aniqlandi.
XULOSA
ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda ilmiy-metodik yondashuvni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulot jarayonini kasbiy faoliyat xususiyatlariga moslashtirish, individual yuklama me’yorlarini belgilash hamda zamonaviy pedagogik va sport texnologiyalaridan foydalanish xizmat samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: ichki ishlar organlari, jismoniy tayyorgarlik, maxsus jismoniy tayyorgarlik, kasbiy kompetensiya, funksional tayyorgarlik, chidamlilik, tezkorlik, kuch sifati, pedagogik tajriba, ilmiy-metodik yondashuv, xizmat samaradorligi.
НАУЧНО-МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ФИЗИЧЕСКОЙ
ПОДГОТОВКИ СОТРУДНИКОВ ОРГАНОВ ВНУТРЕННИХ ДЕЛ
Тўраев Фаррух Хаким ўғли, Старший преподаватель цикла физической подготовки Института повышения квалификации, Министерства внутренних дел Республики Узбекистан, г. Ташкент, Республика Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
в данной статье проанализированы теоретические и практические аспекты совершенствования физической подготовки сотрудников органов внутренних дел. На основе нормативно-правовых документов, принятых в рамках государственной политики по развитию физической культуры и спорта, изучены проводимые в данной сфере реформы. Результаты исследования показали, что функциональные тренировки, индивидуализация нагрузок и комплексный подход способствуют повышению эффективности физической подготовки.
ЦЕЛЬ
повышение эффективности профессиональной деятельности сотрудников органов внутренних дел посредством совершенствования их физической подготовки на основе современных научных подходов, разработка и внедрение эффективной методики развития физических качеств (силы, быстроты, выносливости, ловкости и координации), адаптированных к специфике служебной
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
в процессе исследования использованы методы педагогического наблюдения, опытно-экспериментальной работы, тестирования, биомеханического и физиологического анализа, статистической обработки данных, а также сравнительного анализа. Объектом исследования выступили показатели физической подготовленности сотрудников органов внутренних дел. Применялись комплексы специальных физических упражнений, программы функциональной подготовки, тренировки, направленные на развитие силы и выносливости, а также системы подготовки, адаптированные к условиям стрессовых нагрузок.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ
результаты исследования показали, что систематические и научно обоснованные занятия способствуют значительному повышению уровня физической подготовленности сотрудников. В частности, функциональные тренировки, ориентированные на выполнение специальных служебных задач, положительно влияют на показатели быстроты и выносливости. Кроме того, установлено, что планирование физических нагрузок на основе индивидуального подхода способствует снижению профессионального перенапряжения, повышению эффективности служебной деятельности и формированию навыков оперативных действий в чрезвычайных ситуациях.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ
применение научно-методического подхода в совершенствовании физической подготовки сотрудников органов внутренних дел имеет важное значение. Адаптация тренировочного процесса к особенностям профессиональной деятельности, определение индивидуальных норм нагрузки и использование современных педагогических и спортивных технологий являются одними из ключевых факторов повышения эффективности служебной
Ключевые слова: органы внутренних дел, физическая подготовка, специальная физическая подготовка, профессиональная компетентность, функциональная подготовка, выносливость, быстрота, силовые качества, педагогический эксперимент, научно-методический подход, эффективность службы.
SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE
PHYSICAL TRAINING OF INTERNAL AFFAIRS OFFICERS
Turaev Farrukh Hakim ogli, senior Lecturer of the Physical Training Cycle Institute for Advanced Training of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan Tashkent, Republic of Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION
this article analyzes the theoretical and practical aspects of improving the physical training of internal affairs officers. Based on regulatory documents adopted within the framework of state policy on the development of physical culture and sports, reforms implemented in this field were examined. The research findings indicate that functional training, individualized workloads, and a comprehensive approach contribute significantly to enhancing the effectiveness of physical training.
AIM
to increase the effectiveness of professional activity of internal affairs officers by improving their physical training on the basis of modern scientific approaches, as well as to develop and implement an effective methodology for enhancing physical qualities (strength, speed, endurance, agility, and coordination) adapted to the specific requirements of official duties.
MATERIALS AND METHODS
the study employed pedagogical observation, experimental research methods, testing procedures, biomechanical and physiological analysis, statistical data processing, and comparative analysis. The object of the study was the physical fitness indicators of internal affairs officers. Special physical exercise complexes, functional training programs, strength and endurance development sessions, and training systems adapted to stress conditions were applied.
DISCUSSION AND RESULTS
the research results demonstrated that systematic and scientifically grounded training significantly improves the level of physical fitness of officers. In particular, functional training focused on specific service tasks positively influenced speed and endurance indicators. Furthermore, it was established that planning physical loads based on an individualized approach reduces occupational stress, increases service efficiency, and contributes to the development of rapid response skills in emergency situations.
CONCLUSION
the application of a scientific and methodological approach in improving the physical training of internal affairs officers is of great importance. Adapting the training process to the characteristics of professional activity, determining individualized workload standards, and utilizing modern pedagogical and sports technologies are among the key factors in enhancing service effectiveness.
Keywords: internal affairs bodies, physical training, special physical training, professional competence, functional training, endurance, speed, strength qualities, pedagogical experiment, scientific-methodological approach, service efficiency.
Oʻzbekiston Respublikasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish hamda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat siyosatining hozirgi kundagi ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda mamlakatda sport infratuzilmasini kengaytirish, aholining jismoniy faolligini oshirish va kuch tuzilmalari xodimlarining jismoniy tayyorgarligini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu islohotlar Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan davlat siyosati bilan bogʻliq [1].
Prezident qarorlarida aholi oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sport infratuzilmasini kengaytirish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish hamda kuch tuzilmalari xodimlarining jismoniy salohiyatini mustahkamlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan [2].
Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyati xizmat vazifalarini yuqori darajada bajarish, jismoniy va psixologik barqarorlik, tezkor qaror qabul qilish hamda ekstremal vaziyatlarda samarali harakat qilishni talab etadi. Shu sababli ularning jismoniy tayyorgarligini ilmiy asosda tashkil etish va takomillashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlik masalalari milliy va xorijiy tadqiqotlarda keng yoritilgan. Milliy olimlar tomonidan jismoniy tayyorgarlikning nazariy va metodik asoslari ishlab chiqilgan boʻlib, ular kuch, chidamlilik, tezkorlik va epchillik kabi jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantirish zarurligini taʼkidlaydi [3]. Ilmiy tadqiqotlarda kuch tuzilmalari xodimlarining jismoniy tayyorgarligi xizmat samaradorligi va stressga bardoshlilikni oshirishda muhim omil ekani koʻrsatilgan [4]. Zamonaviy tadqiqotlar funksional trening, aylanma mashgʻulot va interval yuklamalar jismoniy koʻrsatkichlarni samarali oshirishini tasdiqlamoqda [5].
Shu bilan birga, jismoniy tayyorgarlikni raqamli monitoring, yurak urishi nazorati va individuallashtirilgan yuklamalar asosida tashkil etish jarayoni samaradorlikni yanada oshirish imkonini beradi [6].
Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi:
Nazariy metodlar - ilmiy adabiyotlar tahlili; - normativ hujjatlar tahlili.
Empirik metodlar. - pedagogik kuzatuv; - test sinovlari; - pedagogik eksperiment.
Statistik metodlar. - oʻrtacha arifmetik koʻrsatkich; - foiz tahlili; - dinamik tahlil.
Tadqiqotda 40 nafar tinglovchi ishtirok etdi. Ular nazorat va eksperiment guruhlariga ajratildi. Eksperiment 6 oy davom etdi.
Pedagogik eksperiment jarayonida tinglovchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasidagi oʻzgarishlar kompleks testlar orqali baholandi. Tadqiqotda 40 nafar tinglovchi ishtirok etdi va ular nazorat (n=20) hamda eksperiment (n=20) guruhlariga ajratildi. Eksperiment guruhida mashgʻulotlar funksional tayyorgarlik, aylanma mashgʻulot va interval yuklamalar asosida tashkil etilgan boʻlsa, nazorat guruhida anʼanaviy mashgʻulot dasturi saqlab qolindi.
1. Chidamlilik koʻrsatkichlari.
Chidamlilik darajasi 1000 metrga yugurish testlari orqali baholandi. Eksperiment boshida guruhlar oʻrtasida statistik farq kuzatilmadi. Eksperiment yakunida esa eksperiment guruhida natijalar sezilarli yaxshilandi. - oʻrtacha natija 3:58 daqiqadan 3:15 daqiqaga yaxshilandi; - yaxshilanish dinamikasi 18% ni tashkil etdi.
Nazorat guruhida: - natija 3:56 dan 3:38 ga yaxshilandi; - oʻsish 8% ni tashkil etdi.
Bu natijalar interval va funksional mashgʻulotlarning aerob imkoniyatlarni oshirishda samarali ekanini koʻrsatdi.
2. Kuch koʻrsatkichlari.
Kuch sifatlari turnikda tortilish va yerga tayangan holda qoʻllarni bukish va yozish (otjimaniye) testlari orqali baholandi. - tortilish 10,4-martadan 12,7-martagacha oshdi (22%); - yerga tayangan holda qoʻllarni bukish va yozish 34,2-martadan 41,1-martagacha oshdi (20%).
Nazorat guruhida: - tortilish 10,1 dan 10,9-martagacha (8%); - otjimaniye 33,8 dan 36,0-martagacha (7%).
Bu natijalar aylanma mashgʻulot va funksional yuklamalar mushak kuchini kompleks rivojlantirishini tasdiqladi.
3. Tezkorlik koʻrsatkichlari.
Tezkorlik 100 metrga yugurish testlari orqali baholandi. - natija 14,6 soniyadan 13,0 soniyaga yaxshilandi (11%).
Nazorat guruhida: - 14,5 soniyadan 13,9 soniyaga yaxshilandi (4%).
Jadval №1. Tinglovchilar jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari dinamikasi.
Test Nazorat guruhi
(boshida)
Nazorat guruhi
(oxirida)
Eksperiment
guruhi (boshida)
Eksperiment
guruhi (oxirida)
1000 m yugurish (sek)
3.56 3.38 3.58 3.15 Tortilish (marta) 10.1 10.9 10.4 12.7
Otjimaniye
(marta)
33.8 36.0 34.2 41.1 100 m yugurish
(sek)
14.5 13.9 14.6 13.0
Bu natijalar funksional tayyorgarlik mashgʻulotlari nerv-mushak koordinatsiyasini yaxshilashini koʻrsatdi.
4. Kompleks jismoniy tayyorgarlik indeksi.
Barcha testlar asosida kompleks indeks hisoblandi. Eksperiment guruhida umumiy jismoniy tayyorgarlik 19% ga oshgan boʻlsa, nazorat guruhida 9% oʻsish kuzatildi. - funksional imkoniyatlar oshdi; - tiklanish vaqti qisqardi; - mashgʻulotlarga adaptatsiya tezlashdi.
5. Funksional koʻrsatkichlar.
Yurak urishi chastotasi va tiklanish tezligi tahlil qilindi. - mashqdan keyin tiklanish vaqti 17% ga qisqardi; - yurak urishi barqarorligi yaxshilandi.
Bu natijalar funksional mashgʻulotlar yurak-qon tomir tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini tasdiqladi.
6. Jarohatlar dinamikasi.
Eksperiment davomida jarohatlar statistikasi tahlil qilindi. - jarohatlar soni 30% ga kamaydi.
Bu individuallashtirilgan yuklamalar va bosqichli adaptatsiya samaradorligini
7. Natijalarning umumiy tahlili.
Tadqiqot natijalari quyidagilarni koʻrsatdi: - funksional mashgʻulotlar jismoniy koʻrsatkichlarni kompleks oshiradi; - interval yuklamalar chidamlilikni samarali rivojlantiradi; - aylanma mashgʻulot kuch va chidamlilikni bir vaqtda rivojlantiradi; - individuallashtirilgan yuklamalar jarohat xavfini kamaytiradi.
Shuningdek, eksperiment guruhida mashgʻulotlarga motivatsiya va psixologik barqarorlik darajasi ham oshgani kuzatildi.
Olingan natijalar jismoniy tayyorgarlikni tizimli tashkil etish xizmat samaradorligini oshirishini koʻrsatdi. Funksional mashgʻulotlar xizmat faoliyatiga mos kelishi bilan ajralib turadi. Aylanma mashgʻulot yuklamani optimal taqsimlash imkonini berib, chidamlilik va kuchni bir vaqtning oʻzida rivojlantirishga xizmat qiladi. Interval mashqlar esa aerob va anaerob imkoniyatlarni oshirishda samarali hisoblanadi.
Bundan tashqari, jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish jarayonida funksional tayyorgarlik metodikasidan foydalanish tadqiqot natijalarini izohlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, F.M.Karimovning funksional tayyorgarlikka oid nazariy qarashlariga koʻra, kompleks mashgʻulotlar tizimi bir vaqtning oʻzida kuch, chidamlilik va tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi hamda organizmning funksional imkoniyatlarini kengaytiradi. Tadqiqot doirasida eksperimental guruhda kuzatilgan ijobiy dinamika aynan funksional mashgʻulotlar ulushining oshirilishi, interval va aylanma trening elementlarining maqsadli qoʻllanilishi bilan izohlanadi. Bu esa jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish xodimlarning ish qobiliyatini oshirish va kasbiy faoliyatga moslashuv darajasini kuchaytirishini tasdiqlaydi.
Oʻtkazilgan tadqiqot natijalari ichki ishlar organlari xodimlari jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish xizmat samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini koʻrsatdi. Jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasi xizmat vazifalarini bajarishda tezkorlik, barqarorlik va ekstremal vaziyatlarda samarali harakat qilish imkoniyatini taʼminlaydi. Shu bilan birga, jismoniy rivojlanganlik psixofiziologik barqarorlikni mustahkamlab, stressga bardoshlilikni oshirishga xizmat qiladi.
Tadqiqot davomida funksional mashgʻulotlar, aylanma usul va interval yuklamalar asosida tashkil etilgan mashgʻulotlar jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega ekani aniqlandi. Xususan, chidamlilik, kuch va tezkorlik koʻrsatkichlarida eksperiment guruhida sezilarli ijobiy dinamika kuzatildi. Bu esa jismoniy tayyorgarlikni xizmat faoliyatiga mos ravishda tashkil etishning dolzarbligini tasdiqlaydi.
Shuningdek, individuallashtirilgan yuklamalar va bosqichli adaptatsiya tamoyili mashgʻulotlar samaradorligini oshirish bilan birga jarohatlar xavfini kamaytirishi aniqlandi. Tiklanish jarayonlarining optimallashishi, yurak-qon tomir tizimi funksional imkoniyatlarining yaxshilanishi va mashgʻulotlarga tez adaptatsiya kuzatilishi mazkur yondashuvning ustunligini namoyon qildi.Tadqiqot natijalari jismoniy tayyorgarlikni raqamli monitoring, funksional diagnostika va zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish maqsadga muvofiq ekanini koʻrsatdi. Bu esa mashgʻulot yuklamalarini ilmiy asosda boshqarish, individual xususiyatlarni hisobga olish va jismoniy tayyorgarlik samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.
Umuman olganda, ichki ishlar organlari xodimlari jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishning innovatsion modelini joriy etish xizmat samaradorligi, jismoniy barqarorlik va kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Mazkur tadqiqot natijalari kuch tuzilmalarida jismoniy tayyorgarlik tizimini modernizatsiya qilish va uni xizmat faoliyati talablariga moslashtirish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush
tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PF-6099-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar
organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin
hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
PQ-10-son qarori.
3. Abdullayev A.A. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Darslik. Toshkent-2005.
4. “Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish tizimini rivojlantirish muammolari va istiqbollari”. Ilmiy-amaliy anjuman
toʻplami. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti. 2024.
5. Karimov F.M. Funksional tayyorgarlik asoslari. Toshkent-2021.
6. Ibragimov S. B. The Role of Functional Training Exercises in Improving Physical
Fitness. – Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 5(4), 2025.
383‑389.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.