ResearcherUz LogoResearcherUz

SINFDAN TASHQARI O'QITISHDA O'QUVCHILARNING KREATIV SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA SUN'IY INTELLEKTNING AHAMIYATI.

Annotatsiya

KIRISH: bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – o‘quvchilarda kreativ fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni innovatsion yondashuv asosida hal etish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. An’anaviy dars jarayonidan tashqari faoliyatlar (to‘garaklar, loyihalar, tanlovlar, mustaqil izlanish ishlari) o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan sun’iy intellekt (SI) vositalari sinfdan tashqari ta’limni yanada samarali tashkil etish imkonini bermoqda. SI o‘quvchilarga individual yondashuvni ta’minlaydi, ularning qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash hamda rivojlantirishga xizmat qiladi. MAQSAD: sinfdan tashqari o‘qitish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning kreativ sifatlarini rivojlantirish mexanizmlarini ilmiy asoslash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi: Pedagogik kuzatuv; tahlil va sintez; so‘rovnoma va suhbat; tajriba-sinov ishlari; taqqoslash metodi. Material sifatida sun’iy intellekt asosidagi ta’lim platformalari, kreativ topshiriqlar, loyiha ishlari hamda sinfdan tashqari mashg‘ulot dasturlari o‘rganildi. Shuningdek, o‘quvchilarning kreativ fikrlash darajasi maxsus mezonlar asosida baholandi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sun’iy intellekt asosida tashkil etilgan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmasini, muammoni hal qilish qobiliyatini innovatsion g‘oyalar ishlab chiqish salohiyatini, axborot bilan ishlash madaniyatini, raqamli kompetensiyalarini sezilarli darajada oshiradi. Sun’iy intellekt vositalari o‘quvchilarga individual topshiriqlar berish, ularning qiziqishlari asosida loyiha yaratish, kreativ matnlar, dizayn va dasturlash ishlarini bajarishda yordam beradi. Natijada o‘quvchilar o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon eta oladi. Shuningdek, SI yordamida refleksiya jarayonini tashkil etish, natijalarni tahlil qilish va o‘z-o‘zini baholash tizimi samarali yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa kreativ kompetensiyaning kompleks rivojlanishiga xizmat qiladi. ХULOSA: sinfdan tashqari ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish o‘quvchilarning kreativ sifatlarini rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. U individual yondashuvni ta’minlaydi, ijodiy fikrlashni rag‘batlantiradi hamda zamonaviy raqamli kompetensiyalarni shakllantiradi. Kelgusida sun’iy intellekt asosidagi pedagogik texnologiyalarni yanada takomillashtirish va ularni amaliyotga keng joriy etish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


INTRODUCTION: today, one of the most important tasks of the education system is to develop students’ creative thinking, independent decision-making skills, and the ability to solve problems through innovative approaches. Extracurricular activities (clubs, projects, competitions, independent research work) play a significant role in enhancing students’ creative potential. Modern digital technologies, particularly Artificial Intelligence (AI) tools, make it possible to organize extracurricular education more effectively. AI ensures an individualized approach to learners and helps identify and develop their interests and abilities. AIM: the purpose of this article is to scientifically substantiate the mechanisms for developing students’ creative qualities through the use of Artificial Intelligence technologies in extracurricular education and to formulate practical recommendations. MATERIALS AND METHODS: the following research methods were employed: pedagogical observation; analysis and synthesis; questionnaires and interviews; experimental research; and comparative analysis. The materials included AI-based educational platforms, creative tasks, project activities, and extracurricular program materials. In addition, students’ levels of creative thinking were assessed based on specific evaluation criteria. DISCUSSION AND RESULTS: the research findings indicate that AI-based extracurricular activities significantly enhance students’ independent thinking skills, problem-solving abilities, capacity to generate innovative ideas, information literacy, digital competencies. AI tools assist students in completing individualized tasks, developing projects based on their interests, and creating creative texts, designs, and programming works. As a result, students are able to express their abilities more freely. Furthermore, AI facilitates the organization of reflection processes, result analysis, and self-assessment systems, contributing to the comprehensive development of creative competence. CONCLUSION: the use of Artificial Intelligence in extracurricular education is an effective means of developing students’ creative qualities. It provides individualized learning opportunities, stimulates creative thinking, and fosters modern digital competencies. Further improvement and broader implementation of AI-based pedagogical technologies in practice will contribute to enhancing the quality of education.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

7-8-SINF O‘QUVCHILARINING YOSH XUSUSIYATLARI VA ULARNI TARIX DARSLARIDA KREATIVLIKNI RAG‘BATLANTIRISHDA HISOBGA OLISH
Pedagogika fanlariKreativlikTarix darslari7–8-sinf

S.U . Tursunova

Globallashuv va raqamli transformatsiyalar sharoitida ta’limning asosiy vazifasi kreativ, tanqidiy fikrlovchi va ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish bilan bog‘lanmoqda. Tarix fani nafaqat fakt va sanalarni yodlash, balki sabab-oqibat bog‘lanishlarini tushuntirish, milliy o‘zlikni anglash va kelajakni modellashtirish i…

Inter Education & Global Study15.10.202602
BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING FAZOVIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA UCH O‘LCHAMLI GEOVIZUALIZATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI.
Pedagogika fanlariGeoaxborot tizimlariLoyihalash metodikasiRaqamli texnologiyalar

Bayimbet Iskandarov

Mazkur maqolada uch o‘lchamli geovizualizatsiya, fazoviy munosabat va dalillash masalasi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga geoaxborot tizimlarini loyihalashni o‘qitish uchun tekshiriladigan pedagogik yechimni asoslashdan iborat. Adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, o‘quv …

Inter Education & Global Study21.10.202600
ELEKTROMAGNIT INDUKSIYA QONUNINI O‘QITISHDA MUAMMOLI EKSPERIMENTLAR HAMDA VIZUAL TAJRIBALARDAN FOYDALANISH METODIKASI.
Pedagogika fanlariElektromagnit induksiyaLens qoidasiMuammoli ta’lim

Tulyaganova Shaxnoza Abduraximovna

Maqolada elektromagnit induksiya qonunini o‘qitishda muammoli eksperimentlar va vizual tajribalardan foydalanish metodikasi yoritiladi. Magnit, g‘altak va galvanometr yordamidagi namoyishlar asosida muammoli vaziyat yaratish, o‘quvchi gipotezasini shakllantirish, tajriba natijalarini qayd etish va fizik xulosa chiqaris…

Inter Education & Global Study18.10.202602
TALABALARNING KASBIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH METODIKASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI.
Pedagogika fanlariKasbiy xavfsizlikMehnatni muhofaza qilishTalabalar

D.G’. Akramova

Maqolada talabalarning kasbiy xavfsizligini ta’minlash metodikasini takomillashtirishning pedagogik, tashkiliy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy ta’lim sharoitida talabalarda kasbiy xavflarni aniqlash, xatarlarni baholash, xavfsiz ish usullarini tanlash hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qi…

Inter Education & Global Study17.10.202610
KONNOTATIV MOHIYATLI O‘QUV MATERIALLARIDAN FOYDALANISHNING LINGVOKOMUNIKATIV TEXNOLOGIYALARI.
Pedagogika fanlariDifferensial xususiyatEmotsionalKompetensiya

Xoshimova Dilnoza Rixsiboyevna

Amaliy ingliz tili mashg‘ulotlarida konnotativ mohiyatli o‘quv materiallaridan foydalanish talabalarning so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi bilan birga ko‘chma, hissiy- ekspressiv va ijtimoiy-madaniy ma’no qatlamlarini anglashida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday materiallarni o‘zlashtirish boyitilgan leksik baza, tegishli o…

Inter Education & Global Study15.10.202693