ResearcherUz LogoResearcherUz

KASBIY TA’LIM TASHKILOTI O‘QUVCHILARINING IJODIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARI VA PEDAGOGIK SHARTSHAROITLARI

Annotatsiya

KIRISH: hozirgi globallashuv va innovatsion rivojlanish sharoitida kasbiy ta’lim tizimida o‘quvchilarning ijodiy kompetensiyalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy mehnat bozori nafaqat bilimli, balki kreativ fikrlay oladigan, muammolarni mustaqil hal eta oladigan mutaxassislarni talab etadi. Shu bois kasbiy ta’lim jarayonida ijodiy yondashuvni rivojlantirish, ta’lim mazmuni va metodlarini takomillashtirish dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi. MAQSAD: mazkur tadqiqotning maqsadi kasbiy ta’lim tashkiloti o‘quvchilarida ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik tamoyillarini aniqlash hamda samarali pedagogik shart-sharoitlarni asoslab berishdan iborat. METODLAR VA MATERIALLAR: tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi: pedagogik kuzatuv; tajriba-sinov ishlari; so‘rovnoma va suhbat; taqqoslash va tahlil metodlari. Materiallar sifatida kasbiy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari, dars ishlanmalari, metodik qo‘llanmalar hamda ilmiy adabiyotlar o‘rganildi. Shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini baholash mezonlari ishlab chiqildi. NATIJA VA MUHOKAMA: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarda ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish quyidagi didaktik tamoyillarga asoslanadi: shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim; faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv; integrativlik va tizimlilik; muammoli ta’lim; innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Samarali pedagogik shartsharoitlar sifatida quyidagilar aniqlandi: ijodiy muhit yaratish; o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; interfaol metodlardan foydalanish; o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish. Mazkur yondashuvlar o‘quvchilarning kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va kasbiy moslashuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. XULOSA: kasbiy ta’lim tizimida ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Didaktik tamoyillar va pedagogik shart-sharoitlarning to‘g‘ri tashkil etilishi o‘quvchilarning kasbiy rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Shu bois mazkur yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish muhimdir.


INTRODUCTION: in the context of modern globalization and innovative development, the formation of creative competencies among students in the vocational education system is of great importance. The modern labor market requires not only knowledgeable but also creatively thinking specialists who are capable of independently solving problems. Therefore, the development of a creative approach in the process of vocational education, as well as the improvement of educational content and teaching methods, is considered an urgent pedagogical issue. AIM: the purpose of this study is to identify the didactic principles for forming creative competencies among students of vocational education institutions and to substantiate effective pedagogical conditions. METHODS AND MATERIALS: the following methods were used in the research process: pedagogical observation; experimental work; questionnaires and interviews; comparative and analytical methods. The materials included curricula of vocational education institutions, lesson plans, methodological manuals, and scientific literature. In addition, criteria for evaluating students’ creative activity were developed. RESULTS AND DISCUSSION: the research results showed that the formation of creative competencies in students is based on the following didactic principles: learnercentered education; activity-based approach; integration and systematicity; problembased learning; and the use of innovative technologies. The following were identified as effective pedagogical conditions: creating a creative environment; supporting students’ independent activity; using interactive methods; and developing cooperation between teachers and students. These approaches contribute to the development of creative thinking, initiative, and professional adaptability in students. CONCLUSION: in conclusion, the formation of creative competencies in the vocational education system is an important factor in improving the effectiveness of education. The proper organization of didactic principles and pedagogical conditions ensures students’ professional development and competitiveness. Therefore, it is important to expand scientific research in this area.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

7-8-SINF O‘QUVCHILARINING YOSH XUSUSIYATLARI VA ULARNI TARIX DARSLARIDA KREATIVLIKNI RAG‘BATLANTIRISHDA HISOBGA OLISH
Pedagogika fanlariKreativlikTarix darslari7–8-sinf

S.U . Tursunova

Globallashuv va raqamli transformatsiyalar sharoitida ta’limning asosiy vazifasi kreativ, tanqidiy fikrlovchi va ijtimoiy faol shaxsni shakllantirish bilan bog‘lanmoqda. Tarix fani nafaqat fakt va sanalarni yodlash, balki sabab-oqibat bog‘lanishlarini tushuntirish, milliy o‘zlikni anglash va kelajakni modellashtirish i…

Inter Education & Global Study15.10.202602
BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING FAZOVIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA UCH O‘LCHAMLI GEOVIZUALIZATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI.
Pedagogika fanlariGeoaxborot tizimlariLoyihalash metodikasiRaqamli texnologiyalar

Bayimbet Iskandarov

Mazkur maqolada uch o‘lchamli geovizualizatsiya, fazoviy munosabat va dalillash masalasi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga geoaxborot tizimlarini loyihalashni o‘qitish uchun tekshiriladigan pedagogik yechimni asoslashdan iborat. Adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, o‘quv …

Inter Education & Global Study21.10.202600
LEARNING ANALYTICS AND STUDENT ENGAGEMENT IN TEACHER EDUCATION: METHODOLOGICAL PERSPECTIVES.
Pedagogika fanlariLearning analyticsStudent engagementTeacher education

Akbarova Sevarakhon Khusanboy qizi

This article examines methodological perspectives on using learning analytics to monitor and support student engagement in teacher education. The central problem is that traditional assessment and attendance-based control systems do not adequately reveal future teachers’ behavioural, cognitive, emotional, social and pr…

Inter Education & Global Study21.10.202600
IJODKORLIK KO‘NIKMALARINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TARKIBI VA BO‘LAJAK O‘QITUVCHI KASBIY TAYYORGARLIGIDAGI O‘RNI
Pedagogika fanlariIjodkorlikIjodkorlik ko‘nikmasiBo‘lajak pedagog

Madiyev Otamurod Bobomurodovich

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagogning kasbiy faoliyatida ijodkorlikning namoyon bo‘lish shakllari — dars loyihalash, muammoli vaziyatni hal qilish, metod tanlash, ta’limiy topshiriq yaratish hamda refleksiya va baholash jarayonlari misolida tahlil qilingan. Ijodkorlik statik xususiyat emas, balki faoliyatning turli bosqi…

Inter Education & Global Study21.10.202600
INGLIZ XALQ ERTAKLARI ORQALI BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING LINGVISTIK VA MADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH.
Pedagogika fanlariIngliz xalq ertaklariBo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilariLingvistik kompetensiya

Djabbarova Feruza Azamovna

Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining lingvistik va madaniy kompetensiyalarini ingliz xalq ertaklari orqali rivojlantirish metodikasi taklif etiladi. Ertaklarning til ko‘nikmalarini shakllantirish, matn mazmunini talqin qilish va madaniyatlararo qiyoslashdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Me…

Inter Education & Global Study21.10.202600