KIRISH: mazkur maqolada o‘quvchilarning vizual-kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonida multimedia vositalarining samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonlarida vizual va kognitiv ko‘nikmalar o‘quvchilarning o‘rganish salohiyatini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Multimedia vositalari — interaktiv taqdimotlar, animatsiyalar, videolar va simulyatsiyalar — o‘quv jarayonini murakkab tushunchalarni vizual idrok etishga moslashtiradi va o‘quv materialini o‘zlashtirishni sezilarli darajada yaxshilaydi. Maqolada multimedia vositalarining kognitiv jarayonlarga ta’siri, ularning vizual xotira va tahliliy fikrlashni rivojlantirishdagi o‘rni hamda ularni ta’lim jarayoniga integratsiyalash strategiyalari ko‘rib chiqiladi. MAQSAD: tadqiqotning maqsadi — o‘quvchilarning vizual xotirasini mustahkamlash, tahliliy fikrlash va kognitiv ko‘nikmalarini oshirishda multimedia vositalarining o‘rnini aniqlashdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot materiali interaktiv taqdimotlar, animatsiyalar, videolar va simulyatsiyalar kabi multimedia vositalarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda pedagogik tahlil, kuzatuv va eksperimental sinov metodlaridan foydalanilgan. NATIJALAR VA MUHOKAMA: tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, multimedia vositalari murakkab tushunchalarni idrok etishni sezilarli darajada yaxshilaydi, tahliliy fikrlashni rag‘batlantiradi va o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. XULOSA: xulosa qilib aytganda, multimedia vositalarini ta’lim jarayoniga integratsiyalash o‘quvchilarning vizual-kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali strategiyasidir. Amaliy tavsiyalar pedagogik strategiyalarni takomillashtirishda qo‘llanilishi mumkin.
INTRODUCTION: this article scientifically analyzes the effectiveness of multimedia tools in the process of developing students’ visual-cognitive skills. In modern educational processes, visual and cognitive skills play a crucial role in enhancing students’ learning potential. Multimedia tools – interactive presentations, animations, videos, and simulations – adapt the learning process to the visual perception of complex concepts and significantly improve the assimilation of educational material. The article examines the impact of multimedia tools on cognitive processes, their role in developing visual memory and analytical thinking, as well as strategies for integrating them into the educational process. AIM: the aim of the study is to determine the role of multimedia tools in enhancing visual memory, analytical thinking, and students’ cognitive skills. MATERIALS AND METHODS: the research material includes multimedia tools such as interactive presentations, animations, videos, and simulations. The study employs pedagogical analysis, observation, and experimental testing methods. RESULTS AND DISCUSSION: the results revealed that multimedia tools significantly improve the perception of complex concepts, foster analytical thinking, and enhance the assimilation of learning material. CONCLUSION: in conclusion, integrating multimedia tools into the educational process is an effective strategy for developing students’ visual-cognitive skills. Practical recommendations can be applied to improve pedagogical strategies.