bugungi kunda ta’lim jarayonida san’atning o‘rni tobora ortib bormoqda. San’at inson tafakkurini kengaytirish, estetik didni shakllantirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashda muhim vosita hisoblanadi. San’at turlari — musiqa, tasviriy san’at, teatr, raqs va boshqalar o‘quvchilarning ichki dunyosini boyitadi, ularning his- tuyg‘ularini noziklashtiradi hamda ijodiy fikrlashga undaydi. Shu bois ta’lim tizimida san’at fanlarini o‘qitishning nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganish, ularni pedagogik jarayon bilan uyg‘unlashtirish dolzarb masalalardan biridir.
в данной статье подробно рассматривается роль и значение искусства в образовательном процессе. Искусство трактуется как важный фактор, обогащающий мышление человека, формирующий эстетический вкус и укрепляющий духовно-нравственное воспитание. В современном образовательном пространстве интеграция искусства способствует развитию творческих способностей учащихся, воспитанию уважения к национальным ценностям и углублению эстетического восприятия.
Maqolada o‘zbek san’atida milliy qahramonlar obrazini sahnaga olib chiqish, ularning jamiyatdagi ahamiyati va milliy qahramonlar talqinining zamonaviy yoshlar tarbiyasidagi muhim o‘rni alohida ta’kidlanib, san’at orqali milliy o‘zlikni anglash va yuksak maqsadlarga erishishga undash borasidagi tavsiyalar beriladi.
Ushbu maqolada kino san’atning yaralish jarayonlari, ular orasida qoraqalpoq kino san’atning paydo bo‘lishi, rivojlanish davrlari, yaratilgan filmlar haqida ma’lumotlar berilgan. Filmlarda millliylik va zamonaviylikning ahamiyati, uning tomoshabinlarga ta’sir etish dinamikasi haqida to‘xtalib o‘tiladi.
Maqolada Xorazm xalq dostonlarining bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida ma’naviy fazilatlarni shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari kontekstual tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqotda dostonlardagi axloqiy, estetik, vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari to‘rt asosiy kategoriyaga ajratildi: milliy-ma’naviy qadriyat…
Mazkur maqolada XX–XXI asr o‘zbek musiqashunoslik ilmida bastakorlik ijodining tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda bastakorlik ijodida namudlarning nazariy hamda amaliy jihatlari, ularning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, namudlarning maqom san’ati…
Ushbu maqolada ustoz, akademik Yunus Rajabiy ijodi haqida so‘z boradi. Ustozning O‘zbek musiqa me‘rosi uchun qilgan xizmatlari, xususan O‘zbek musiqa me‘rosini saqlab qolish hamda rivojlantirishida qo‘shgan hissasi, folklorshunoslik faoliyati haqida ma‘lumotlar keltirilgan.