KIRISH: maqolada fizika mutaxassislik fanlari mazmuni asosida talabalarning 4K kompetensiyalarini — tanqidiy fikrlash, kreativlik, kommunikatsiya va kollaboratsiyani (hamkorlikni) — rivojlantirish metodikasi asoslanadi. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyoslash, tizimlashtirish, mazmuniy tahlil va pedagogik loyihalash usullaridan foydalanildi. Fizika mazmunini tanlash va tashkil etish mezonlari aniqlashtirilib, “fizika mazmuni – talaba faoliyati – 4K kompetensiyasi – kuzatiladigan natija” bog‘lanishi tizimlashtirildi. Mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika hamda atom va yadro fizikasi misolida muammoli masala, mustaqil rejalashtiriladigan laboratoriya topshirig‘i va kichik loyiha orqali 4K kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatildi. 4K kompetensiyalari fizik muammoni o‘rganish va yechish jarayonida rivojlanadigan faoliyat sifatlari sifatida qaraladi. MAQSAD: tadqiqotning maqsadi fizika mutaxassislik fanlari mazmunini 4K kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirib qayta tashkil etishning metodik asoslarini aniqlashtirish, “fizika mazmuni – talaba faoliyati – 4K kompetensiyasi – kuzatiladigan natija” bog‘lanishini tizimlashtirish va aniq fizika topshiriqlari misolida o‘qitish metodikasini takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat. MATERIALLAR VAMETODLAR: tadqiqotda nazariy tahlil, qiyoslash, tizimlashtirish, pedagogik loyihalash, mazmuniy tahlil va metodik modellashtirish usullaridan foydalanildi. Tahlil birligi sifatida faqat bilim elementi emas, barcha fizika mazmuni asosida tashkil etiladigan talaba faoliyati olindi hamda mazmunni tanlash uchun oltita metodik mezon (muammolilik, dalillilik, ko‘p variantlilik, tajriba va modellashtirish imkoniyati, muloqot va hamkorlik zarurati, o‘z faoliyatini tahlil qilish imkoniyati) belgilandi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijasida fizika mazmuni va 4K kompetensiyalari o‘rtasidagi tizimli bog‘liqlik asoslanib, an’anaviy topshiriqlarni qaror qabul qilish va dalillash imkonini beruvchi faol o‘quv topshiriqlariga aylantirish bosqichlari va mexanizmlari ishlab chiqildi. Mexanika bo‘limida muammoli masala, Optikada mustaqil rejalashtiriladigan laboratoriya topshirig‘i hamda Elektr va magnetizmda kichik loyihalar misolida talabalarning tanqidiy fikrlash, kreativlik, muloqot va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini fanning tayanch tushunchalari bilan birga rivojlantirish imkoniyatlari amaliy jihatdan ko‘rsatib berildi. XULOSA: fizika mutaxassislik fanlari mazmuni 4K kompetensiyalarini rivojlantirish uchun tabiiy didaktik imkoniyatlarga ega bo‘lib, bu imkoniyat materialni muammoni tahlil qilish, tajriba o‘tkazish va dalillashni talab qiladigan o‘quv vaziyatlari orqali tashkil etilganda yuzaga chiqadi. Takomillashtirilgan metodika 4K kompetensiyalarini fan mazmunidan ajratmagan holda, talabalarni mantiqiy, yaratuvchan va mas’uliyatli o‘quv faoliyatiga samarali jalb etish imkonini beradi.
INTRODUCTION: the article substantiates a methodology for developing students’ 4C competencies—critical thinking, creativity, communication, and collaboration—through the content of specialized physics disciplines. The study uses theoretical analysis, comparison, systematization, content analysis, and pedagogical design. Criteria for selecting and organizing physics content are specified, and the relationship “physics content – student activity – 4C competency – observable outcome” is systematized. Examples from mechanics, molecular physics, electricity and magnetism, optics, and atomic and nuclear physics show ways to develop 4C competencies through problem tasks, student-planned laboratory assignments, and small projects. The 4Cs are treated as qualities of activity developed in the process of studying and solving physics problems. AIM: the objective of the study is to clarify the methodological foundations for reorganizing the content of specialized physics disciplines to foster 4C competencies, systematize the connection "physics content – student activity – 4C competency –