ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

ANORNI YETISHTIRISHDA QO‘SHIMCHA OZIQALARNING AHAMIYATI

Annotatsiya

Anor namlik va o'g'itlar miqdori uchun juda qattiq talablarga ega emas. Ammo yosh daraxtning tez o'sishi va keyinchalik barqaror hosil olish uchun asosiy qoidalarga rioya qilish kerak.Anorni haftasiga bir marta, issiq quruq oylarda - haftasiga ikki yoki uch marta sug'orib turing. Anor atrofidagi tuproq suvga botmasligi kerak, lekin tuproq har doim bir oz namlangan holda qolishi kerak. Sug'orishdan so'ng, tuproqni yumshatish tavsiya etiladi - bu namlikning turg'unlashishiga va tuproqni kislorod bilan to'yishiga yo'l qo'ymaydi.Oziqlantirishga kelsak, birinchi yilda anor ekish paytida etarli miqdorda o'g'itlarga ega bo'ladi. Hayotning ikkinchi yilida siz daraxtni yana bahorda azotli o'g'itlar bilan va mevalarga qadar kuzga yaqin murakkab eritmalar bilan boqishingiz kerak bo'ladi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

AHAMIYATI

Azimov Baxtiyor Alim oʻgʻli

abaxtiyor940@gmail.com

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti talabasi. ANOTATSIYA.Anor namlik va o'g'itlar miqdori uchun juda qattiq talablarga ega emas. Ammo yosh daraxtning tez o'sishi va keyinchalik barqaror hosil olish uchun asosiy qoidalarga rioya qilish kerak.Anorni haftasiga bir marta, issiq quruq oylarda - haftasiga ikki yoki uch marta sug'orib turing. Anor atrofidagi tuproq suvga botmasligi kerak, lekin tuproq har doim bir oz namlangan holda qolishi kerak. Sug'orishdan so'ng, tuproqni yumshatish tavsiya etiladi - bu namlikning turg'unlashishiga va tuproqni kislorod bilan to'yishiga yo'l qo'ymaydi.Oziqlantirishga kelsak, birinchi yilda anor ekish paytida etarli miqdorda o'g'itlarga ega bo'ladi. Hayotning ikkinchi yilida siz daraxtni yana bahorda azotli o'g'itlar bilan va mevalarga qadar kuzga yaqin murakkab eritmalar bilan boqishingiz kerak bo'ladi. KALIT SO’ZLAR. Anor po‘chog‘ida, shox-shabbasi, oshlovchi modda , kalava ip, gazlamalarni bo‘yashda, limon kislotasi, tannidlar va temir moddasi. ABSTRACT. Pomegranate does not have very strict requirements for the amount of moisture and fertilizers. But in order for the young tree to grow quickly and get a stable harvest later, you need to follow the basic rules. Water the pomegranate once a week, in hot dry months - two or three times a week. The soil around the pomegranate should not be waterlogged, but the soil should always remain slightly moist. After watering, it is recommended to soften the soil - this will prevent stagnation of moisture and saturate the soil with oxygen. As for nutrition, in the first year, pomegranate will have enough fertilizers during planting . In the second year of life, you will need to feed the tree again with nitrogen fertilizers in the spring and with complex solutions in the fall until the fruits. KEY WORDS. Pomegranate pods, branches, flavoring agent, kalava thread, citric acid, tannins and iron in coloring gauze.

АННОТАЦИЯ

Гранат не предъявляет очень строгих требований к количеству влаги и удобрений. Но чтобы молодое деревце быстро росло и потом получало стабильный урожай, нужно соблюдать основные правила: поливать гранат раз в неделю, в жаркие засушливые месяцы – два-три раза в неделю. Почва вокруг граната не должна быть переувлажненной, но почва всегда должна оставаться слегка влажной. После полива рекомендуется смягчить почву – это предотвратит застой влаги и насытит почву кислородом.Что касается питания, то в первый год гранату при посадке будет достаточно удобрений. На второй год жизни нужно будет снова подкормить дерево азотными удобрениями весной и комплексными растворами осенью до появления плодов. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА. Стручки граната, ветки, ароматизатор, нить калавы, лимонная кислота, дубильные вещества и железо в красящей марле. Anor va anor mahsulotlaridan konditer sanoatida va tibbiyotda keng miqyosda foydalaniladi. Anor po‘chog‘ida, shox-shabbasida va ildizida oshlovchi (32%) va bo‘yoq moddalari ko‘p bo‘lganligidan oshlovchi modda sifatida kalava ip, gazlamalarni bo‘yashda hamda siyoh tayyorlashda ishlatiladi. Yovvoyi anor mevalaridan tarkibida 4-9% gacha bo‘lgan limon kislotasi olinadi. Anorning urug‘i tarkibida 12- 17% oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan o‘simlik moyi olinadi. Shuningdek, ingichka novdalaridan ro‘zg‘or buyumlari, pishiq savatlar va boshqalar to‘qiladi. Anor suvi tarkibida tannidlar va temir moddasi ko‘pligi tufayli undan tibbiyotda va xalq tabobatida ateroskleroz va boshqa kasalliklarni, po‘chog‘i va ildizi qaynatmasidan esa oshqozon-ichak trakti, yurak-qon tomir, angina, astma, tutqanoq kabi kasalliklarni davolashda keng foydalaniladi. Anor suvi ishtahani ochadi, undan xushxo‘r ichimlik tayyorlanadi. Guli juda chiroyli bo‘lgani uchun manzarali o‘simlik sifatida ham o‘stiriladi. Respublikamizda ekish uchun tavsiya etiladigan anor navlari: Qizil anor, Oq dona, Qozoqi anor va boshqalar. Qizil anor – po‘sti to‘q qizil yoki qizil, mahalliy nav. Mevasi o‘rtacha, yirik. Doni to‘q qizil, yirik, po‘sti yupqa, undan 50-55% sharbat chiqadi. Mazasi yaxshi, nordon shirin, bir tupidan 30-35 kg gacha hosil olinadi. Asosan O‘zbekistonda ko‘p tarqalgan. Qozoqi anor – mevasi o‘rtachadan yirikroq (300 – 400 g), kumushrang sariq. Sharbati to‘q qizil, mazasi nordon-shirin. Mevasidan 40-45% sharbat chiqadi. Oktabrda pishadi, 6-7 oy saqlanadi. Serhosil, har tupidan 40 kg gacha hosil olish mumkin. Oq dona (tuya tish) – mevasi yassi yumaloq, yirik, o‘rtacha vazni 300-350 g keladi, sentabr oxirida pishadi. Doni yirik, po‘sti yupqa, qattiq, pishganda mevasining rangi och sariq yoki qizil bo‘ladi. Sharbati och pushti, xushbo‘y, shirin, tarkibida 14% gacha shakar va 0,5% gacha kislota bor. 2-3 oygacha saqlanadi. O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida ekish uchun rayonlashtirilgan. Ko‘chatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Anor ko‘chatlari asosan bahorda - mart oyi oxiri, aprel oyi boshlarida ekiladi. Ko‘chatlar ekiladigan o‘ralarning chuqurligi 60 sm, kengligi 75 sm gacha bo‘ladi. Ko‘chatlar ekishdan oldin tuproqqa kerakli mahalliy va fosfor hamda kaliyli mineral o‘g‘itlarning bir qismi qo‘llanilib, 40-50 sm chuqurlikda plantajli pluglar bilan ag‘darib haydalishi lozim. Anor navlarining biologik va morfologik xususiyatlariga ko‘ra qator oralari va ko‘chatlar orasi tavsiya etilgan ekish sxemasida o‘tkaziladi. Tomorqadagi anor tuplariga 250 kg azotli, 175 kg fosforli va 125 kg kaliyli o‘g‘itlar sof holda solinishi rejalashtirildi. Mineral o‘g‘itlar ikkiga bo‘lib, 30–40 foizi kuzda, qolgani aprel va iyul oylarida teng miqdorda solinadi. Tadqiqotimizda kuzgi mineral fosforli va kaliyli o‘g‘itlardan so‘ng erta bahorda qo‘shimcha oziqa sifatida 100, 150 va 250 kg dan bentonit loyqasi qo‘llanildi. Bularning mavsumiy ta’siri va so‘nggi ta’sirlari o‘rganiladi. Tadqiqotning birinchi nazorat variantida qo‘shimcha agroruda qo‘llanilmaganda anor butasining gullari soni 125 ta generativ novdasi 23 ta vegetativ novdasi 36 tani tashkil etdi.

Ikkinchi variantda anorga 100 kg agroruda bentonit loyqasi qo‘shimcha oziqa sifatida berilganda anor butasining gullari soni 170 ta generativ novdasi 27 ta vegetativ novdasi 42 tani tashkil etdi. Tadqiqotning uchinchi variantida anorga 150 kg noan’anaviy agroruda bentonit loyqasi qo‘shimcha ravishda berilganda anor butasining gullari soni 186 ta generativ novdasi 36 ta vegetativ novdasi 49 tani tashkil etdi. Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishining to‘rtinchi variantida anorga 250 kg miqdorda qo‘shimcha bentonit loyqasi qo‘llanilganda anor butasining gullari soni 206 ta generativ novdasi 41 ta vegetativ novdasi 52 tani tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi. Qo‘llanilgan qo‘shimcha oziqa bentonit loyqasining mikroelementlar manbai sifatidagi ta’sirlarida hosil to‘planishi va hosilning sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan ta’sirlari ham aniqlanadi.

XULOSA. Lotincha "anor" so'zi "donli" degan ma'noni anglatadi. Qadimgi davrlarda anor mevalari "donli olma", keyinchalik esa - "urug 'olma" deb nomlangan. Anor asosan subtropik iqlim sharoitida o'sadi, issiqlik, namlik va ko'p miqdordagi quyoshni afzal ko'radi. Tabiatda daraxt 6 metr balandlikka chiqishi mumkin. Uyda anor - balandligi 1 metrgacha bo'lgan kichik dekorativ buta, diametri 6 santimetrgacha bo'lgan mevalari ko’p. Foydalanilgan adabiyotlar.

• Haydarov, Hojimatovlar 1976 ,, O’zbekiston o’simliklari”

• Xalmatov, Xarlamovlar 1981 Lechevnie svoystva pishevix rasteniy-T

• Yusupov 1981 ,,Anor qalamchalaridan ko’paytirish” Maqola

• O’zbekiston milliy ensiklopediya 2000-2005

• Qizi, Hamidova Dilrabo Chori, et al. "JASMIN (JASMINUM) TURKUMI." Innovation: The

journal of Social Sciences and Researches 1.6 (2023): 53-56.

• Qizi, Jo‘Rayeva Go‘Zal Davlat, Shaymanov Sherzod Kamol O‘G‘Li, and Mamarajabov

Samandarbek Faxriddinovich. "GO ‘ZAL KATALPANING MARFOLOGIYASI VA

MANZARAVIYLIK XUSUSIYATLARI." Innovation: The journal of Social Sciences and

Researches 1.6 (2023): 46-49.

• Jumageldiyevna, Gulshan Nurmatova, Abdurayimova Mujgona Abdujalilovna, and

Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich. "PISTA (PISTACIA) TURKUMI." Innovation:

The journal of Social Sciences and Researches 1.6 (2023): 36-38.

"KIVI O’SIMLIGI HAQIDA." Innovation: The journal of Social Sciences and

Researches 1.6 (2023): 12-17.

• Jumageldiyevna, Gulshan Nurmatova, Abdurayimova Mujgona Abdujalilovna, and

Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich. "QAYRAG ‘OCH (ULMUS)

TURKUMI." Innovation: The journal of Social Sciences and Researches 1.6 (2023): 32-35.

• Abdullayev, Muxtorjon, and Samandarbek Mamarajabov. "VARIETIES AND

ACHIEVEMENTS OF WHEAT PLANT SELECTION IN UZBEKISTAN." Eurasian

Journal of Academic Research 2.11 (2022): 100-104.

"Cauliflower Growing Technology." Texas Journal of Multidisciplinary Studies 6 (2022): 8-

10.

"KARTOSHKANING TARQALISH HUDUDLARI." O'ZBEKISTONDA FANLARARO

INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 2.18 (2023): 209-212.

• Abdukarimovna, Abdukarimova Mamlakat, Kulmurotova Aziza Muhiddinovna, and

Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich. "TOMATO PESTS." Finland International

Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities 11.2 (2023): 427-430.

• Xayitovna, Pirimqulova Muhabbat, and Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich. "Types

of corn grown in Uzbekistan and their peculiarities." Texas Journal of Agriculture and

Biological Sciences 3 (2022): 59-63.

• Qizi, Xushvaqtova Muhlisa Nuriddin, and Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich.

"ACHCHIQ BODOM TURKUMI." Innovation: The journal of Social Sciences and

Researches 1.6 (2023): 141-149.

• Faxriddinovich, Mamarajabov Samandarbek. "ZIRK (BERBERIS)

TURKUMI." O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI 2.16 (2023): 690-694.

"ZARANG (ACER) TURKUMI." Innovation: The journal of Social Sciences and

Researches 1.6 (2023): 6-11.

• Xudaynazarovna, Ashurova Muxlisa, Muxammadiyeva Gulchiroy Raxmonovna, and

Mamarajabov Samandarbek Faxriddinovich. "OʻG ‘ITLARNING TURLARI-

XUSUSIYATLARI, TUPROQ STRUKTURASIGA VA O’SIMLIK HOSILIGA

TA’SIRI." O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR

JURNALI 2.18 (2023): 204-208.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.