ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Artificial Intelligence: Will it Enhance or Replace Human Mind?

Annotatsiya

This paper explores whether artificial intelligence (AI) enhances human cognition or replaces it. It analyzes AI's impact on education, healthcare, industry, and the global labor market. Results show that AI significantly improves human decision-making and problem-solving abilities, while also raising concerns such as job displacement, ethical risks, and digital dependency. The study concludes that AI should be developed as a tool to augment human intelligence rather than replace it.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

SUN’IY INTELLEKT: INSON ONGINI KUCHAYTIRADIMI YOKI O‘RININI

BOSADIMI?

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Boshlang‘ich ta;lim yo‘nalishi 3-bosqich 3/23-guruh talabasi

Aliqulova Dildora Shokir qizi

aliqulovadildora40@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqola sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va uning inson ongiga ta’sirini tahlil qiladi. Tadqiqot SI ning inson kognitiv qobiliyatlarini kuchaytirishdagi imkoniyatlari hamda mehnat bozori, etik muammolar va raqamli qaramlikka bo‘lgan ta’sirini yoritadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, SI insonni to‘liq almashtirishdan ko‘ra uning aqliy salohiyatini kengaytiruvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi.

Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, inson ongi, avtomatlashtirish, kognitiv rivojlanish, etik muammolar, inson–mashina hamkorligi, raqamli transformatsiya, kelajak kasblari.

ARTIFICIAL INTELLIGENCE: WILL IT REPLACE OR REPLACE HUMAN MIND?

Abstract. This paper explores whether artificial intelligence (AI) enhances human cognition or replaces it. It analyzes AI’s impact on education, healthcare, industry, and the global labor market. Results show that AI significantly improves human decision-making and problem-solving abilities, while also raising concerns such as job displacement, ethical risks, and digital dependency. The study concludes that AI should be developed as a tool to augment human intelligence rather than replace it.

Keywords. Artificial Intelligence, Human cognition, Cognitive augmentation, Automation, Ethical issues, Human–AI collaboration, Digital transformation, Future of work, Machine.

So‘nggi yillarda sun’iy intellekt insoniyat taraqqiyotining eng muhim texnologik yutuqlaridan biriga aylandi. U tibbiyot, ta’lim, iqtisodiyot va sanoat sohalarida chuqur o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu maqolada SI ning inson ongiga ta’siri va uning jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi.

1. Sun’iy intellekt va inson kognitiv imkoniyatlari.Sun’iy intellekt katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish, qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash va murakkab jarayonlarni optimallashtirish imkonini beradi. Bu esa insonning aqliy yukini kamaytirib, ijodiy fikrlashga ko‘proq e’tibor qaratishiga yordam beradi.

2. Avtomatlashtirish va mehnat bozori.SI rivojlanishi natijasida ko‘plab kasblar avtomatlashtirilmoqda. Bu iqtisodiy samaradorlikni oshirsa-da, ayrim ish o‘rinlarining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli yangi kasbiy ko‘nikmalarni egallash zarur bo‘ladi.

3. Etik muammolar va xavflar.Sun’iy intellektdan foydalanishda maxfiylik, ma’lumot xavfsizligi va algoritmik adolatsizlik kabi muammolar yuzaga keladi. Bu holat SI ni boshqarish va tartibga solish zarurligini ko‘rsatadi.

4. Inson va sun’iy intellekt hamkorligi.Kelajakda eng samarali model bu raqobat emas, balki hamkorlik bo‘ladi. SI insonni almashtirmaydi, balki uning imkoniyatlarini kengaytiradi va yangi innovatsion yechimlar yaratishga yordam beradi. Odatda, robotlar deganda, ko'pchilikning ko'z oldiga insonlardek gaplasha oladigan, ularning o'rniga barcha yumushlarni bajara oladigan yordamchilar keladi.Ammo bu nisbatan kengroq tushuncha. Aslida, mobil qurilmangizdagi dasturlar:google-tarjimon, lug'atlar, turli xil o'yinlar va hokazolar ham sun'iy intellektga yaqqol misol bo'la oladi. Faqat ularning qamrovi kichikroq bo'lib, ma'lum bir yo'nalishdagina sizga yordam bera oladi. Ya'ni, bajarmoqchi bo'lgan amallaringiz turiga qarab tegishlidasturdan foydalanasiz.Sun'iy intellekt o'zi nima? Sun'iy intellekt - informatikaning alohida sohasi bo'lib, odatda inson ongi bilan bogliq imkoniyatlar: tilni tushunish, o'rgatish, muhokama qilish, masalani yechish,tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug'ullanadi. Hozirda sun'iy intellekt turli amallarni bajarishga mo'ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo'lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.

1990 yillarda sun'iy intellekt taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo'yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo'ldi.Sun'iy intellektning yorqin namunalaridan yana biri- IBM Watson superkompyuteri bo'lib, u o'z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi. Shuningdek, ko'pchilikning dasturlarni Sun'iy intellektning yutuqlaridan biri sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun'iy intellekt keng ko'lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi yo'q. Hisob-kitoblar bilan bog'liq barcha jarayonlar sun'iy intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi.Foydami yoki zarar?Sun'iy intellekt haqidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etib kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha bir to'xtamga kelishgani yo'q. Ba'zilar ularning ommalashib odamlar o'rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik ko'rsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishdalar. Mutaxassislarning boshqa bir guruhi esa Sun'iy intellekt ga ijobiy munosabatda bo'lish kerakligini uqtirishmoqda.Hatto IT- sohasidagi milliarderlar orasida ham turli qarashlar mavjud.Jumladan, SpaceX asoschisi llon Mask Sun'iy intellekt ning butun boshli sivilizatsiyani barbod qilishiga ishonchi komil.Maskning fikricha,"Suniy intellekt insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir.Sun'iy intellekt mehnat bilan bog'liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi,robotlar hamma ishni bizdan ko'ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg'or texnologiyalar ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun'iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavfxatarni ko'rmay qolishlari mumkin."Shuningdek, Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarariga to'xtalib o'tadi."Bir necha o'n yildan so'ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, Sun'iy intellekt shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni xavotirga sola boshlaydi.Bu borada Ilon Maskning fikriga qo'shilaman. Ammo nega bu savol boshqalarni tashvishlantirmayotganiga hech tushunolmayman",- deydi Geyts.“Boshqalar" deganda Geyts Facebook egasi Mark Sukerbergni nazarda tutgan bo'lsa, ajab emas. Chunki, Mark Sun'iy intellektga nisbatan ijobiy munosabatda ekanligini bildirar ekan:"Yangi texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki yomonlik qilish maqsadida yaratilishi mumkin. Sun'iy intellekt ning keng tarqalishi ortidan keladigan ijobiy natijani esa, yaqin 5- 10 yil ichida ko'ramiz", deya Ilon Maskning fikriga e'tiroz bildirgan edi.Bugungi kunda ayrim davlatlarda robot-hamshiralar, xaydovchisiz transport vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan foydalanish yo'lga qo'yilgan. Hatto politsiya xodimlarining ba'zi vazifalarini ham maxsus robotlar bajarishyapti. Olimlar ularning tashqi ko'rinishini imkon qadar odamlarnikiga o'xshatishga urinishmoqda.Bundan tashqari, sun'iy intellekt jurnalistlarning doimiy ko'makchisiga aylanib ulgurgan. Masalan, Associated Pressda "ishlayotgan"robotlar moliyaviy hisobotlarni yozib boradi. Sun'iy intellekt ning qo'llanilishi ushbu nashrda har chorakda beriladigan yangiliklarni 300 tadan 4400 taga oshirdi. Swiss Re sug'urta kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilga kelib 4,7 mln aholi ishsiz qolishi mumkin. Shuningdek, ishsizlik g'aznachilar, pochta xodimlari,hisobchilar va idora xizmatchilariga xavf solishi mumkinligi aytilgan. Sun'iy intellekt ularning vazifasini bemalol bajara oladi. Sun'iy intellekt- Tibbiyotda Yuqoridagilardan tashqari, aksa-riyat iste'molchilarning robotlarga ishonch bildirmayotganligi sun'iy intellektning ommalashishiga halal berayotgan to'siqlardan biridir. Odamlar o'ziyurar mashina yoki samolyotlar xizmatini qabul qilishlari uchun biroz vaqt kerak, albatta. Biroq, zamonaviy texnologiya-lar qurshovida o'sib-unayotgan yosh avlodda buning aksi bo'lib, ularni bu jarayon u qadar havotirga solayotgani yo'q.Har qancha e'tiroz va tanqidlarga qaramay sun'iy intellekt rivojlanishdan odamlarga yordam berishdan to'xtamayapti. Ayniqsa, tibbiyotda uning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Endilikda robotlar nisbatan murakkab jarrohlik amaliyotlarini ham uddasidan chiqishyapti. Robot-shifokorlarning tibbiyot hodimlari bilan o'ziga xos hamkorligi samaradorlikni ancha oshirdi. Medtronis kompaniyasi esa IBM bilan hamkorlikda qandli diabet kasalligi bilan og'rigan bemorlar uchun maxsus dastur ishlab chiqmoqda. Mazkur dasturiy ta'minot qon tarkibidagi qand miqdorining favqulodda tushib ketishini 3 soat avval aniqlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Buning uchun shu kasallika chalingan 600 ta anonim bemorlarning tibbiy ma'lumotlari o'rganib chiqildi. Bu endi odamlar o'z salomatliklarini mobil qurilmalardagi maxsus dasturlar orqali muntazam nazorat qilib borish imkoniga ega bo'lishadi deganidir.Ko'rib turganingizdek, sun'iy intellekt ning hayotimizdagi o'ri kundan-kunga chuqurlashib bormoqda. Ular insoniyatning yutug'imi yoki mag'lubiyati, degan savol ustidagi bahslar hali uzoq davom etadi. Eng muhimi, fantastik yozuvchi Ishoq Azimov ta'biri bilan aytganda, robotlarni yaratishda odamlarga zarar yetkazmaslik shior qilib olinishi kerak.Sun'iy intellekt haqida 8 ta fakt. Sun'iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo'lib, odatda inson ongi bilan bog'liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o'rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug'ullanadi. Olimlar sun'iy intellekt (Sun'iy intelekt) bilan tajriba o'tkazishga ishtiyoq bilan qarashsa-da, ko'p odamlar bu hodisadan ehtiyot bo'lishadi. Hatto Tesla rahbari Elon Mask ham buni insoniyat uchun "asosiy tahdid" va urush va ishsizlikning mumkin manbasi deb atagan. Keling, sun'iy aql bilan bog'liq 8 ta qiziqarli faktlarni ko'rib chiqamiz. Fakt 1. Sun'iy intelekt xizmatining beminnatligi va vaqt meyorlarining cheklanmaganligi. Fakt 2. U buzilishlarga moslasha oladi. Amerikalik olimlar sun'iy intellekt bilan jihozlangan robot bilan tajriba o'tkazishdi. U jiddiy zarar ko'rgan taqdirda ham ishlashda davom etishini aniqladilar.Amerika Qo'shma Shtatlari, Kanada va Lotin Amerikasida bioxilma-xillikni saqlashni yoritishga bag'ishlangan "NatureServe" notijorat tashkiloti SAS analitik kompaniyasi bilan global Data for Good tashabbusi doirasida hamkorlik qildi. Sun'iy intelekt o'simlik va hayvon turlari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, ularning joylashuvi va populyatsiyalarning kontsentratsiyasini aniqlash uchun ishlatiladi.BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ham sun'iy sun'iy intellektning afzalliklarini tan oladi: ular "razvedka" ob-havo sharoiti, zararkunandalar, tuproq namligi va boshqa muhim ko'rsatkichlar haqidagi ma'lumotlarni hisobga olgan holda, fermerlarga ishni yanada samarali rejalashtirishga imkon berishiga ishonadilar. Yuqorida sanab o'tilgan sun'iy intellekt qo'llaniladigan sohalar hozirgi kundagi insoniyat faoliyatidagi muhim sohalar desak mubolag'a bo'lmaydi. Sun'iy intellekt nafaqat sanab o'tilgan sohalarda balki boshqa yo'nalish va sohalarda ham keng qo'llanilib kelinmoqda. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak sun'iy intellektning jamiyatda. Sanoatda, fanda va inson hayot faoliaytida tutgan o'rni kattadir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Umaralievich, K. U. Spiritual education of students of pedagogical universities on the basis of cultural and humanistic approach.

2. Suyumov, J., Madaliyeva, G.,& Xakimova, K.(2021). Imitation modeling technologies in higher educational process. Teopua u npakmuka coepenennoù Hayku,(5),18-21.

3. Suyumov, J. Y. (2021). Kompyuter imitatsion modellari asosida faol oqitish texnologiyasining nazariy asoslari. scientific progress, 2(3), 459-466.

4. Suyumov, J. Y. (2021). Theoretical basis of active teaching technology on the basis of computer imitation models. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal,11(7), 205-210

5. Raximov, D. S. (2021). Diversifikatsiya hududlar sanoatni muvozanatli strategik rivojlantirish yo'nalishlari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3),199-207

6. Khusanova. M. K. (2021). Analysis of discrete convolution in the matlab program. Scientific progress,2(4), 1023-1028.

7. Pulatov,G.,Ganiev, S.,& Karimova, G. Possibilities of information technologies in ensuring the quality of education.

8. Abdullaev, S. S.,& Pulatov, G. G.(2016). Security use case and security misuse case. In Coepenennble Hayuno-npakmuueckue pewenua u nodxodbi (pp. 41-44).

1.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.