Mazkur maqolada badiiy obraz tushunchasining libos dizayni san’atidagi ahamiyati va uning estetik ifoda vositasi sifatidagi o‘rni tahlil qilinadi. Libos yaratuvchisining ichki dunyosi, g‘oyaviy pozitsiyasi va estetik qarashlari badiiy obraz orqali qanday namoyon bo‘lishi mumkinligi yoritiladi. Shuningdek, milliy va zamonaviy dizayn tendensiyalarida badiiy obraz yaratish usullari, ularning estetik ifodaviyligi hamda madaniy kontekstdagi o‘rni o‘rganiladi. Maqola san’atshunoslik, moda dizayni va estetik tahlil sohalari kesimida olib borilgan nazariy va amaliy mulohazalarga asoslanadi.
В данной статье рассматривается значение понятия художественного образа в искусстве дизайна одежды и его роль как средства эстетического выражения. Освещается, каким образом внутренняя сущность, идейная позиция и эстетические взгляды дизайнера могут проявляться через художественный образ. Также анализируются методы создания художественного образа в национальных и современных тенденциях дизайна, их эстетическая выразительность и место в культурном контексте. Статья основана на теоретических и практических размышлениях в пересечении искусствоведения, модного дизайна и эстетического анализа.
Maqolada o‘zbek san’atida milliy qahramonlar obrazini sahnaga olib chiqish, ularning jamiyatdagi ahamiyati va milliy qahramonlar talqinining zamonaviy yoshlar tarbiyasidagi muhim o‘rni alohida ta’kidlanib, san’at orqali milliy o‘zlikni anglash va yuksak maqsadlarga erishishga undash borasidagi tavsiyalar beriladi.
Mazkur maqolada dutor cholg‘u asbobining o‘zbek an’anaviy musiqasidagi o‘rni, tarixi, tuzilishi va ijrochilik xususiyatlari tahlil qilinadi. Dutor milliy musiqiy merosimizning ajralmas qismi sifatida qadimdan xalq qalbida chuqur o‘rin egallagan va bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.
Mazkur maqolada estrada yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning kasbiy tayyorgarligi tizimida jaz tarixini o‘qitish mazmuni va metodikasini takomillashtirish masalasi yoritiladi. Jaz tarixi fani nafaqat axborot-ta’limiy vazifani, balki bevosita ijrochilik vazifasini ham bajarishi mumkinligi asoslanadi. Shu nuqtai n…
San'atshunoslik fanlariO‘zbek milliy musiqa san’atiDoiraAn’anaviy ijrochilik
To‘rayev Qahramon Fayzullayevich
Mazkur maqolada o‘zbek an’anaviy doira ijrochiligida usul tushunchasi, uning ritmik-intonatsion xususiyatlari, ijro texnikasi va badiiy-estetik imkoniyatlari ilmiy- nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Doira usullarining xalq musiqasi, maqom san’ati, marosim musiqasi va ansambl ijrochiligidagi funksional ahamiyati yoritil…
San'atshunoslik fanlariMusiqiy eshituvNazariy tafakkurInnovatsion metod
E. Ro‘ziyeva
Ushbu maqolada musiqiy eshituv va nazariy tafakkurni uyg‘unlashtirilgan holda rivojlantirishning innovatsion pedagogik metodlari tahlil qilinadi. Solfedjo va musiqa nazariyasi fanlarining integratsiyalashgan o‘qitish modeli, raqamli texnologiyalarni qo‘llash, eshituv va nazariy bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda mus…