ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

BOSHLANGʻICH SINFLARDA TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL QILISHDA INTEGRATSION YONDASHUV

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlangʻich sinflarda texnologiya fanining integratsion yondashuv asosida olib borishning afzalligi keltirib oʻtilgan. Texnologiya fanida integratsion yondashuvni qoʻllanilishi, fanlararo oʻzaro bogʻliqlik, ijodiy yondashuvlar va amaliy ahamiyati kabi koʻrsatgichlar yoritilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

QILISHDA INTEGRATSION YONDASHUV

Sodiqova Aziza Hayitovna

Zarmed Universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi, p.f.f.n., (PhD)

Annotasiya. Mazkur maqolada boshlangʻich sinflarda texnologiya fanining integratsion yondashuv asosida olib borishning afzalligi keltirib oʻtilgan. Texnologiya fanida integratsion yondashuvni qoʻllanilishi, fanlararo oʻzaro bogʻliqlik, ijodiy yondashuvlar va amaliy ahamiyati kabi koʻrsatgichlar yoritilgan.

Kalit soʻzlar: integratsion yondashuv, texnologiya fani, kompetension yondashuv, pedagogik talablar, texnologiya koʻnikmalari, pedagogik ta’lim, tarbiya, ta’lim metodlari

Аннотация. В этой статье представлен интеграционный подход в начальных классах, основанный на науке о технологиях. В нем освещаются такие показатели, как применимость интеграционного подхода, междисциплинарная интеграция, творческие подходы и практическая значимость.

Ключевые слова: интеграционный подход, технологическая наука, компетентностный подход, педагогические требования, технологические навыки, инклюзивное образование, методы обучения

Annotation. In this article, the integrative approach in the elementary grades is based on the science of technology. In this, indicators such as the application of an integrative approach, interdisciplinary integration, creative approaches and practical comprehension are covered.

Key words: integrative approach, technology science, competence approach, pedagogical requirements, technology skills, inclusive education, educational methods.

Bugungi kunda zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida integratsion yondashuvlar asosida dars jarayonlarini tashkil etishga boʻlgan talab tobora ortib bormoqda. Integratsion yondashuv, oʻquvchilarning fanlarni chuqurroq tushunishlarini va ular orasidagi oʻzaro bogʻliqliklarni anglashlarini ta’minlaydi. Mamlakatimizning ta’lim sohasidagi islohotlari, jumladan, maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, oʻqituvchilarning malakasini oshirish, ta’limda integratsion yondashuvni tashkil etish va oʻquvchilarning ta’lim olish sharoitlarini yanada yaxshilash kabi tadbirlar bu jarayonni yanada samarali qilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Jamiyat taraqqiyotining rivojlanishi, fan va texnika oʻsuvining jadallashuvi, axborotlar texnologiyasining kun sayin keng quloch yoyishi, XXI asrni tinchlik asriga aylantirish uchun insoniyatni yangi xalqlar jamiyatiga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborotlar tizimiga kirib bormoqda. Bunday jamiyatda yashab ketish anchagina tayyorgarlik va katta bilimni talab qiladi”, - degan soʻzlarida kelgusida aynan har tomonlama integrativ bilimli, intellektual yoshlarni tarbiyalash zarurligi e’tirof etiladi. Shu bilan birgalikda, bugungi kun yoshlariga ta’lim va tarbiya berishda shugunning talabiga mos boʻlishi lozimdir. Shuning uchun ham bugun ta’limni rivojlartirish borasida qanday islohotlar olib borilayotgan boʻlsa hammasi yoshlarning intelektual rivojlanishi va sifatli ta’lim olishiga qaratilgandir.

Bundan tashqari, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar ham ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Ushbu strategiya, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ta’lim sifatini oshirish, ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash kabi muhim yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga, ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, barkamol avlod tarbiyasiga qaratilgan e’tibor yanada kuchaytirilmoqda. Bu esa oʻquvchilarning jismonan va ma’nan rivojlanishini ta’minlashda, shuningdek, ularni zamonaviy jamiyatning faol fuqarolari sifatida shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan ushbu oʻzgarishlar, mamlakatimizning kelajakdagi taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi va barkamol avlodni tarbiyalashda yangi imkoniyatlar ochadi.

Ushbu maqolaning asosiy mavzusi integratsion yondashuvli ta’lim va uning boshlangʻich sinflar ta’limida qoʻllanilishi. Zamonaviy ta’lim jarayonida boshlangʻich sinflarda darslarni integratsion yondashuvlar asosida tashkil etish tobora ortib bormoqda. Maqolada, texnologiya fani asosida boshlangʻich sinflarga qoʻllaniladigan integratsion yondashuvning afzalliklari, uning oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishdagi roli hamda amaliyotda qoʻllash usullari muhokama qilinadi. Boshlangʻich sinflarda texnologiya fani darslariga integratsion yondashuvni qoʻllash, oʻquvchilarga fanlararo bogʻliqliklarni tushunishda yordam beradi va ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Integratsion yondashuv tushunchasini shunga oʻxshash talqin qiladi. L.N.Bakarevaning fikricha, “integratsiya” - fanlarni oʻzaro aloqasi va mazmunan yaqinlashishidir. Integratsiya fanlararo aloqa, oʻqitishni yangi sifat darajaga koʻtaruvchi, ya’ni bir butun “bilimlar monoliti”ni yaratishga imkon beruvchi vosita” deb ta’rif beradi. Integratsion yondashuv, oʻquvchilarni turli fanlarni chuqurroq tushunishlarini va ular orasidagi bogʻliqliklarni anglashlarini ta’minlaydi. Shuningdek, bu yondashuv oʻquvchilarning mustaqil ishlash koʻnikmalarini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega.

Fanlararo integratsiya - bu oʻquvchilarga turli fanlarni birlashtirib, ular orasidagi bogʻliqliklarni koʻrsatish orqali chuqurroq bilim berish usulidir. Integratsiyani fanlar orasida qoʻllaganimizda texnologiya fani yuzasidan koʻrib chiqsak boʻladi. Texnologiya fani darslariga integratsion yondashuvni qoʻllash, oʻquvchilarning fanlararo tushunchalarini mustahkamlashga va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Avvalo, texnologiya fanini qanday yuzaga kelgani va bizni hayotimizda qanday rol oʻynashi haqida tushuncha bersak.

“Texnologiya” fani insonlar hayotida muhim oʻrin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik jarayonidagi bilim va koʻnikmalarni shakllantirish uchun muhimdir. Aytaylik, Texnologiya fandagi bir mavzuni oʻquvchiga tushuntirish uchun uni shunchaki aytib yoki yozdirib tushuntirish ham mumkin, yoki uni atrof-muhit, tabiat va boshqa fanlar bilan bogʻlab tushuntirib berish ham mumkin. Bu ikkala holardan qaysi biri oʻquvchi uchun tushunarli va qiziqarli boʻladi deb oʻylaysiz. Albatta, ikkinchi usulda tushuntirilgan dars sifati yuqori va samarali boʻladi. Chunki, bu jarayon integratsion yondashuvga asoslangan. Texnologiya fani darslarida quyidagi integratsion usullar qoʻllanilishi mumkin:

Amaliy mashgʻulotlar: Oʻquvchilarga turli fanlardan olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllash imkoniyatini berish. Masalan, texnologiya darsida oʻquvchilar qogʻoz va kartondan biror buyum yoki narsani yasashi uchun uni avvalo tasavvur qilishi, tushunishi lozim boʻladi, buning uchun oʻqituvchi shu yasashi kerak boʻlgan buyum yoki narsani oʻquvchilarga atrof-muhit va jamiyatga bogʻlab tushuntirishi ya’ni shu mavzuni boshqa fanlar bilan bogʻlab oʻtishi lozim boʻladi. Keling, tasviriy san’at darsiga bogʻlaylik. Yasalishi kerak boʻlgan buyumni koʻrinishi qanday, uni chizish koʻnikmasi hamda matematika darsida oʻrganilgan hisob-kitob koʻnikmalarini texnologiya darsida loyihalarni rejalashtirish va amalga oshirishda qoʻllash.

Texnologiya fani darslarida amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish va integratsion usullardan foydalanish, oʻquvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunday mashgʻulotlar, oʻquvchilarga fanlararo bogʻliqliklarni tushunish va mustaqil ishlash koʻnikmalarini shakllantirish imkonini beradi. Amaliy mashgʻulotlar quyidagi qadamlarni oʻz ichiga olishi mumkin:

Loyihalarni rejalashtirish: Oʻquvchilar matematika darsida oʻrganilgan hisobkitob koʻnikmalarini qoʻllab, texnologiya darsida loyiha rejasini tuzishadi. Bu jarayonda ular loyiha uchun zarur boʻlgan materiallar miqdorini hisoblash, xarajatlar smetasini tuzish va vaqt jadvalini ishlab chiqish kabi vazifalarni bajaradilar.

Amaliy ishlar: Oʻquvchilar rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadilar. Bu jarayonda ular asbob-uskunalar bilan ishlash, materiallarni qayta ishlash va loyihani yigʻish kabi amaliy koʻnikmalarni rivojlantiradilar.

Fanlararo aloqadorlik: Texnologiya darslarida oʻquvchilar matematika, fizika, kimyo kabi fanlardan olgan bilimlarini qoʻllashadi. Masalan, fizika darsida oʻrganilgan kuch va harakat qonunlarini texnologiya darsida qurilma yaratishda qoʻllash.

Ijodiy yechimlar: Oʻquvchilarni turli muammolarga ijodiy yechimlar topishga undash. Ular oʻz loyihalarida yangi gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllash orqali noyob mahsulotlar yaratishga harakat qiladilar.

Taqriz va baholash: Oʻquvchilar amalga oshirilgan loyihalarni taqriz qilish va baholash jarayonida ishtirok etadilar. Bu jarayonda ular oʻzaro hamkorlik qilish, konstruktiv tanqid berish va oʻz ishlarini takomillashtirish koʻnikmalarini rivojlantiradilar. Amaliy mashgʻulotlar orqali oʻquvchilar nazariy bilimlarni amaliyotda qanday qoʻllash mumkinligini tushunib, mustaqil fikrlash va ijodiy yechimlar topish qobiliyatlarini oshiradilar. Shuningdek, bu jarayon ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga poydevor qoʻyadi va hayotiy muammolarni hal qilishda zarur boʻlgan koʻnikmalarni shakllantiradi.

Oʻquvchilarni turli fanlar boʻyicha bilimlarini birlashtirib, biror muammo yoki vazifani hal qilish uchun loyihalar yaratishga ragʻbatlantirish. Loyihaviy ishlar, boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarni turli fanlar boʻyicha bilimlarini birlashtirib, muammolarni hal qilish va ijodiy yechimlar topish uchun moʻljallangan darslardir. Ushbu yondashuv, oʻquvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga va ularni amaliy vazifalarni hal qilishga tayyorlashga yordam beradi. Natijalarni Baholashda oʻquvchilar loyiha natijalarini baholash va ularning samaradorligini tahlil qilish jarayonida ishtirok etadilar.

Loyihaviy ishlar orqali oʻquvchilar oʻz bilimlarini amaliyotda qanday qoʻllash mumkinligini tushunib, mustaqil fikrlash va ijodiy yechimlar topish qobiliyatlarini oshiradilar. Shuningdek, bu jarayon ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga poydevor qoʻyadi va hayotiy muammolarni hal qilishda zarur boʻlgan koʻnikmalarni shakllantiradi. Fanlararo mavzular va ijodiy yondashuvlar.

Tabiatshunoslik, matematika, ona tili kabi fanlarni texnologiya bilan bogʻliq mavzular orqali oʻrgatish. Masalan, ekologiya mavzusida texnologiya va tabiatshunoslikni birlashtirish. Oʻquvchilarni turli fanlardan olgan bilimlarini ijodiy tarzda ifodalashga undash. Masalan, rassomlik san'ati yoki she’riyat orqali texnologik gʻoyalarini tasvirlash. Ijodiy yondashuvlar, oʻquvchilarni turli fanlardan olgan bilimlarini ijodiy tarzda ifodalashga undaydi. Masalan, rassomlik san’ati yoki she’riyat orqali texnologik gʻoyalarini tasvirlash jarayoni quyidagicha amalga oshirilishi mumkin. Ushbu yondashuvlar, oʻquvchilarning bilimlarini faqat 5 nazariy emas, balki amaliy jihatdan ham chuqurroq oʻzlashtirishlariga yordam beradi va ularni hayotda duch keladigan turli vaziyatlarga tayyorlaydi. Bunday integratsion yondashuvlar, oʻquvchilarning oʻz bilimlarini turli sohalarda qoʻllay olish qobiliyatini oshiradi va ularni kelajakda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar bilan qurollantiradi.

Integratsion yondashuvning afzalliklari va texnologiya fanini oʻqitishdagi ahamiyati. Integratsion yondashuv, turli fanlararo bogʻliqliklarni oʻrnatish orqali oʻquvchilarning bilimini chuqurroq va amaliyotga yoʻnaltirilgan qilishga yordam beradi. Bu yondashuv, oʻquvchilarga bilimlarni hayotiy vaziyatlarga qoʻllash imkonini beradi va shu orqali ularning tushunchalarini mustahkamlashga yordam beradi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun texnologiya fanini oʻqitishda integratsion yondashuvning ahamiyatini koʻrishimiz mumkin bular koʻnikmalar va bilimlarni birlashtirishda boshlangʻich sinf oʻquvchilari turli fanlardan olgan bilimlarini texnologiya fanida qoʻllash orqali oʻzlarining tushunchalarini mustahkamlashadi. Bu ularning oʻrganish jarayonini yanada samarali va ma’noli qiladi. Ijodkorlik va innovatsion fikrlashni rivojlantirishjarayonoda integratsion yondashuv oʻquvchilarga turli fanlararo bogʻliqliklarni koʻrish va yangi gʻoyalar yaratish imkonini beradi.

Bu esa ularning ijodiy va innovatsion fikrlash qobiliyatlarini oshiradi. Muammolarni hal qilish koʻnikmalarini shakllantirishda texnologiya fanida integratsion yondashuv oʻquvchilarga murakkab muammolarni tahlil qilish va ularni hal qilish uchun turli yechimlarni izlash koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari oʻzaro hamkorlik va jamoa ishini qoʻllab-quvvatlashda oʻquvchilar turli fanlar bilan integratsiya qilingan darslar orqali bir-birlari bilan hamkorlik qilish va jamoa sifatida ishlash koʻnikmalarini oshiradilar va hayotiy koʻnikmalarni oʻrgatishda integratsion yondashuv oʻquvchilarga hayotda duch keladigan turli vaziyatlarda oʻz bilim va koʻnikmalarini qoʻllash imkonini beradi.

Maqolaning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek, kelajakdagi tadqiqotlar uchun takliflar. Boshlangʻich sinflarda integratsion yondashuvni qoʻllash, oʻquvchilarning bilimini yanada chuqurroq va amaliyotga yoʻnaltirilgan qilishda muhim rol oʻynaydi. Texnologiya fani asosida amalga oshirilgan integratsion yondashuv, oʻquvchilarga fanlararo bogʻliqliklarni koʻrish va ularni hayotiy vaziyatlarga qoʻllash imkonini beradi. Bu esa, oʻquvchilarning tushunchalarini mustahkamlash va ularning ijodiy yechimlar topish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ilmiy va amaliy ahamiyati haqida keladigan boʻlsak ushbu maqola, boshlangʻich sinflarda texnologiya fanini oʻqitishda integratsion yondashuvning ilmiy asoslarini yoritib beradi.

Amaliy jihatdan esa, oʻqituvchilarga dars jarayonini yanada samarali va oʻquvchilarga qiziqarli qilish boʻyicha aniq yoʻnalishlar taklif etadi. Shuningdek, bu yondashuv oʻquvchilarning koʻnikma va malakalarini rivojlantirishda yangi metodlar joriy etish imkonini beradi.

Xulosa qilib aytganda, umumta’lim maktablarida texnologiya ta`limi darslarida mavzularni oʻqitishda va amaliy oʻrgatish jarayonida albatta boshqa fanlar bilan aloqadorlik asosiy oʻrinni egallaydi

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻgʻrisidagi qonuni. //www.ziyonet.uz 2. Anarkulova G.va boshq. “Texnologiya” ta’limi praktikumi.–Toshkent, 2019 3. “Oʻzbekiston-2030” strategiyasida ta’lim-tarbiya masalalari https://yuz.uz/uz 4. Tashpulatova D “Технология” фанини ўрганиш зарурияти. Fargʻona davlat universiteti “Maktabgacha va boshlang`ich ta’limning dolzarb masalalari: muammo, yechimlar va rivojlanish istiqbollari” Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. 18 noyabr 2022 yil 5. Sodiqova.A.H. Boshlangʻich ta’limda integratsiyalashgan ta’limning pedagogik asoslari va tadqiqot metodlari. Ped.mahorat. 2024 yil, avgust. 6. Sodiqova.A.H. Педагогические основы и научные методы исследования интеграционного подхода в начальном образовании. Ped.mahorat. 2025 yil, fevral.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.