DARSLARINI INGLIZ TILI BILAN INTEGRATSIYALASH YO‘LLARI
Qurbonova Madina Safar qizi
Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti 2-bosqich magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda ona tili darslarini ingliz tili darslari bilan integratsiyalash yo`llari ko’rsatilgan.
Kalit so’zlar: Ona ili, integratsiya, ingliz tili, boshlang’ich sinf.
Boshlang’ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo’g’in vazifasini o’qituvchining o’zi amalga oshiradi. U bolaning arifmetikaga, yozishga, tabiat ko’pgina boshlang’ich tushunchalarga va yana ko’pgina narsalarga o’rgatadi. O’z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang’ich sinflarda bir o’qituvchining dars berishini, integratsiyaning bir usuli deb hisoblasak ham bo’ladi.
Integratsiya so’zi lotincha integration-tiklash, “integer” butun so’zidan kelib chiqqan. Ta’lim mazmunini integratsiyalash – dunyo tendensiyasi (g’oya, fikr, intilish). Integrativ yondashishi turli darajadagi tizimli aloqalarning obyektivyaxlitligini aks ettiradi. Integratsiya ilgari bo’lingan qismlarni bir butunga birlashtirish bilan bog’liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi.
Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog’liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o’rganish obyektlarining yaxlitligini tartibga soladi.
Integrativ ta’limni tashkil etish haftasiga ikki soatga mo’ljallangan. Hafta oxirida ikki soatlik dars o’qish maqsadga muvofiqdir, bunda bolalar, bir tomondan, asosiy darslardan ancha dam olishadi, ikkinchi tomondan, keyingi haftasiga darslarga tayyorlanishadi. Bunday ikki soatlik darsni “Ijod soati”, “Xayol darsi” deb nomlash mumkin.
Integratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi yoki yomon bo’lishi mumkin, muammoning mohiyati shundaki, usullarning har biridan yuz o’girib, ikkinchisidan barcha darajalarida o’qituvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga oladigan integratsion choralar tuzishni kiritishidir. Muammoning bunday qo’yilishi integratsiysaning turli ta’lim pog’onalarida turli xususiyatlarga ega. Boshlang’ich maktabda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko’rish
Boshlang’ich sinf o’quvchilarning yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan, maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir.
Ona tili va o`qish savodxonligi darslarini ingliz tili fani bilan yaqinligi bu ularning tilni o’rgatishidadir. Tilga xos barcha xususiyatlar, hodisalar, yozish, talaffuz qilish, gap tuzish va boshqalar bir-biriga juda yaqindir. Farqli tomoni shuki, bu tillarning biri o’quvchining o’z ona tilisi bo’lsa, ikkinchisi unga umuman begona bo’lgan ingliz tilidir. Bu fanlarni integratsiyalash o’quvchilar ikki tilni taqqoslab, o’xshash va farqli jihatlarini ajratib o’rganishlariga imkon yaratib, o’quvchilarni bir paytning o’zida ikki tilni o’zlashtirishiga yordam beradi.
Bugungi kunda ona tili va va o`qish savodxonligi darslari ingliz tili fani 1- sinfdan boshlab o’tilmoqda. Ona tili va va o`qish savodxonligi darsini boshlang’ich ta’limni tugallagan o’qituvchi, ingliz tilini esa shu yo’nalishni tamomlagan o’qituvchilar olib borishmoqda. Zamon talabi esa har bir jamiyat a’zosini ingliz tilini bilishini taqazo etmoqdadir. Boshlang’ich talimni tamomlagan yosh kadrlar esa ingliz tilini boshlang’ich sinf o’quvchilariga yetkazib bera oladigan darajada bilishlari shart hisoblanadi. Shunday ekan, ular bu fanni ham o’zlari o’tishlari mumkinligini tasdiqlaydi. Ana shundagina ular bemalol bu ikki til sohasini o’zaro bog’lashlariga zamin yaratishadi.
Ammo bu ikki fanlarni bir-biriga bog’lash o’qituvchiga hamda o’quvchilarga ayrim qiyinchiliklarni tug’diradi. Ya`ni ingliz tilini o’rganilishidagi ayrim murakkabliklarning mavjudligidir. Bu murakkablik tilning grammatika qismiga xos bo’lib, ingliz tilida o’rgatiladigan mavzu ona tilida shu sinfda o’rgatilmasligidadir. 1- sinf o’quvchilariga ingliz tilida quyidagi mavzular o’rgatiladi: kishilik olmoshi, shaxssiz gaplar, buyruq mayli, sanaladigan va sanalmaydigan otlar. Bu mavzular ona tilida: kishilik olmoshi 4-sinfda, shaxssiz gaplar, buyruq mayli, sanaladigan va sanalmaydigan otlar umuman boshlang’ich sinfda o’tilmaydi. 3-sinf ingliz tili darslarida sifatlarning qiyosiy, orttirma darajalari o’tiladi. Ona tili darslarida faqat sifat haqida ma’lumot beriladi.
Yana ingliz tilida hozirgi zamon davom fe’li o’rgatiladi, ona tilida davom fe’li umuman o’rgatilmaydi.
Bu murakkabliklarni hal qilish albatta o’qituvchidan ijodiy fikrlashni, rejalashtishni talab qiladi. Quyidagi mavzular bo’yicha boshlang’ich sinflarda ona tili va va o`qish savodxonligi darslarini ingliz tili fani bilan integratrsiyalash mumkin: alifboni o’rganish, so’roq gap, son, sifat, son, fe’l, otlar va boshqalar.
Bu fanlarni bog’laganda o’qituvchi aslo qiynalmaydi. Chunki ingliz tilining grammatikasini tushuntirish o’zbek tilida olib boriladi. Bu o’qituvchi va o’quvchiga qulaylikni keltirib chiqaridi. Dars konspetining o’zbek tilida yozish mumkinligi
Ona tili va o`qish savodxonligi darslarini ingliz tili fani darslari integratsiyasining tarbiyaviy ahamiyati shuki, bu ikki fanning alohidaligi davridagi tarbiyaviy jihatlarining uyg’unlashishidadir.
Ona tili darslarida o’zbek tiliga muhabbat va so’zga ehtiyotkorlik bilan munosabatni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Buning uchun matn puxta tanlanadi. Tilni o’ganish jarayonida leksik-uslubiy ishlarga katta o’rin beriladi.
O`qish savodxonligini o’qitish jarayoni ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga qaratiladi. O`qish savodxonligi darslarida har bir kishi uchun zarur bo’lgan saranjom- sarishtalik, mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaydi. O`qish savodxonlii o’quvchilar ongini o’stirishga, ularga g’oyaviysiyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yo’naltirilgan.
Ingliz tilini o’rganish: ingliz tilida suhbat olib borish, ingliz tilida yozilgan ma’lumotlarni ravon o’qib, mazmunini to’la tushunish; chet mamlakatlarga chiqib o’z faoliyatini yurishitishga imkon beradi.
Adabiyotlar
1. S.D.Kurnov. Toshkent-2023-yil Ona tili o`qish savodxonligi (2-sinf uchundarslik).
2. O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2023- y.
3. M.E.Toirova. Ona tili kitobi (3-sinf uchun darslik). — Тoshkent. 2023-yil
4. Ona tili o`qish savodxonligi (4-sinf uchun darslik)- Toshkent
• 5.alolov J. Chet tili o'qitish metodikasi - Toshkent.O'qtuvchi, 1996.
• 6.Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o'qitish metodikasi.-TNoshir, 2009-B. 194
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.