DORIVOR TUR
D.A. Rustamqulova, M.R. Nasriddinova
Qarshi davlat universiteti, m.nasriddinova@mail.ru
Annotatsiya. Maqolada Qarshi sharoitida manzarali oʻsimlik sifatida ekiladigan dorivor tur – Calendula officinalis L. toʻgʻrisida ma'lumot keltirilgan. Tadqiqot uchun tanlangan turlarning botanik tavsifi, tarqalishi, kimyoviy tarkibi, ahamiyati tahlil qilingan, urug‘ unuvchanligi o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar: manzarali, dorivor, tabobat, damlama, dorivor preparat.
Аннотация. В статье представлена информация о Calendula officinalis L. – лекарственном виде, возделываемом как декоративное растение в Каршинском районе. Были проанализированы ботаническое описание, распространение, химический состав и значимость видов, отобранных для исследования, а также изучена всхожесть семян.
Ключевые слова: декоративный, лекарственный, медицина, настойка, лекарственный препарат.
Abstract. The article presents information about Calendula officinalis L., a medicinal species cultivated as an ornamental plant in the Karshi district. The botanical description, distribution, chemical composition and significance of the species selected for the study were analyzed, and seed germination was studied.
Key words: decorative, medicinal, medicine, tincture, medicinal preparation.
Manzarali-dorivor turlarni introduksiya qilish orqali hududlarning ekologik barqarorligini oshirish va oʻsimlik resurslarining boyligini ta’minlash mumkin. Hozirgi kunda tibbiyotdagi dori preparatlarining asosini dorivor o‘simliklardan olinadigan xom-ashyo tashkil etadi. Dorivor o‘simliklar xomashyosining inson salomatligiga salbiy ta’siri yo‘qligi sabab ularga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Shundan kelib chiqqan holatda manzarali va dorivor o‘simliklarni introduksiya qilish va iqlimlashtirish, hamda ilmiy asoslangan tarzda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega [1, 2].
Ilmiy tadqiqotlarimizda koʻkalamzorlashtirishda keng qoʻllanilayotgan, ham manzaralilik, ham dorivorlik xususiyati muhim ahamiyatli boʻlgan Calendula officinalis L. turining bioekologik xususiyatlarini Qarshi vohasi sharoitida oʻrganish maqsad qilindi.
C. officinalis – dorivor tirnoqgul Asteraceae (qoqio’tdoshlar) oilasiga mansub, bo‘yi 30-60 sm ga yetadigan o‘simlik. Vatani Janubiy Yevropa va Oʻrtayer dengizi mamlakatlari. Poyasi sershox. Ildizi o‘q ildiz, sovuqqa chidamli, qurg‘oqchilik sharoitida yaxshi rivojlanadi. Barglari cho’ziq tuxumsimon yoki lansetsimon, tuk bilan qoplangan, poyaga ketma-ket joylashgan. Gulqo‘rg‘oni murakkab, 3-7 sm diametrli savatcha shaklida, rangi sariq yoki to‘q sariq. Tashqi gultojbarglar katta va yorqin rangli, til shaklida. Ichki gulbarglar mayda, naychasimon shaklda. Mevasi yoyilgan, egilgan yoki halqasimon yong‘oqcha. Urug‘lari sarg‘ish yoki jigarrang [3, 4].
Oʻsimlik gullarida karotin, efir moylari, azotli shilimshiq moddalar, qatronlar, organik kislotalar, yer ustki qismida kalenden degan achchiq modda, oshlovchi moddalar, tri-terpendiollar va saponinlar, urugʻlarida yogʻli moy va bir oz miqdorda alkaloidlar bor.
Dorivor tirnoqgul preparatlari markaziy nerv sistemasini tinchlantirib, qon bosimini pasaytirish, yurak ishiini me’yoriga keltirish, kasallik tugʻdiruvchi bakteriyalarga qarshi ta'sir koʻrsatib, jigar, taloq, buyrak, me'da, oʻt yoʻllari kasalliklari, gipertoniya, ateroskleroz, ba'zi yurak kasalliklari, klimaksni davolashda foydalaniladi. Xalq tabobatida siydik haydovchi, balgʻam koʻchiruvchi va terlatuvchi, badanning dogʻ tushgan joylari, gush kasalligi, mastit (sut bezi yalligʻlanishi) ni davolovchi sifatida qoʻllaniladi [5, 6]. Respublikamizning barcha hududlarida manzarali o‘simlik sifatida ham ekiladi.
Beruniy “Kitob as-Saydana” asarida C. officinalis turining dorivorlik xususiyatlari to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qiladi: bu o‘simlik ko‘z kasalliklari – ko‘zning yallig‘lanishi va yorug‘lik sezgirligini kamaytirishni davolashda, qon to‘xtatuvchi vosita sifatida, sharbatidan yaralarni davolashda foydalaniladi. Tomoq og‘rig‘i va anginada tirnoqgul damlamasi bilan tomoqni chayish tavsiya etiladi. Immunitetni oshirish va kasalliklarga bardoshli qilishda tirnoqgul damlamasi davolovchi vosita sifatida qo‘llaniladi [7].
C. officinalis urug‘larning unuvchanligini o‘rganish uchun laboratoriya sharoitida urug‘lar Petri kosachasiga 100 donadan 3 takroriylikda turli xil haroratda (18+20°C, 20+22°C, 24+25°C) undirildi. Urug‘larning unishi uchun optimal harorat 18+20°C ekanligi aniqlandi. Urug‘lar 3-4 kundan so‘ng una boshladi va urug‘larning unuvchanligi 88 % ni tashkil etdi (jadval).
Javdal
O‘simliklar urug‘larining unuvchanlik ko‘rsatkichlari
O‘simlik
nomi
Laboratoriya sharoitida
harorat,
oC
urug‘ unishi
davomiyligi, kun
unuvchanlik,
%
Calendula
officinalis
18-20 2–8 88
20-22 3–7 70
24-25 3–6 70
Bahorda dala sharoitida urug‘lar unuvchanligini o‘rganish maqsadida tuproqqa 2-3 sm chuqurlikda ekilgan urug‘lar 2-3 kundan keyin yer yuziga o‘sib chiqa boshladi. Urug‘ po‘sti yer ostida qolib ketdi va urug‘larining unishi yer ostki ekanligi aniqlandi. Unib chiqqan nihollar juda nozik bo‘ladi. Nihollar 4-6 juftdan chinbarg hosil qilgandan keyin, ular ehtiyotkorlik bilan doimiy joyiga ko‘chiriladi.
Tadqiqot natijasidan C. officinalis Qarshi vohasi sharoitida muvaffaqiyatli iqlimlashishi va o‘sib rivojlanishini, bu esa uning tabiiy muhitga tez moslashuvchanligini ko‘rsatadi. Ushbu o‘simlik manzarali hamda dorivor xususiyatlari bilan ajralib turadi.
C. officinalis manzarali oʻsimlik sifatida Qarshi vohasining deyarli barcha hududlarida oʻstiriladi. Shuningdek, bu oʻsimliklarning dorivor xomashyolari tabobatda turli kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi.
Xulosa qilib aytganda, C. officinalis turining farmakologik ahamiyati yuqori bo‘lib, uning tarkibidagi biologik faol moddalarning turli kasalliklarni davolashda qo‘llanishi ushbu tur resurslarini yanada kengroq o‘rganish va targ‘ib qilish zaruratini yuzaga keltiradi. Shuningdek, ushbu o‘simlikni ilmiy asoslangan agrotexnik tadbirlar orqali yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish, dorivor o‘simliklar resurslarini boyitishda va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Aliyev B.A. Dorivor oʻsimliklarning biologiyasi va ekologiyasi. –Toshkent, 2018. – 34-35 b.
2. Smith J.D. Medicinal Plants: Biology and Applications. Cambridge University Press, 2019. – 118-120 p.
3. Флора Узбекистана. Том 6. – Ташкент, 1962. – 577 с.
4. Plants of the World Online (POWO): открытый онлайн атлас-определитель растений. https://powo.science.kew.org/
5. Jean M. Bokelmann. 34 - Calendula (Calendula officinalis): Flower. Elsevier, 2022. 263-267 p. https://doi.org/10.1016/B978-0-323-84676-9.00034-9.
6. Холматов Ҳ.Х., Қосимов А.И. Доривор ўсимликлар. – Тошкент, 1994. – 368 б.
7. Абу Райхан Беруни. Избранные произведения. Т. IV. - Фармакогнозия в медицине (Китаб ас-Сайдана фи-т-тиб(б) //Отв. ред. А.К. Аренде. Исслед., пер., прим. и укз. У.И. Каримова. - Ташкент: Фан, 1974.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.