ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

DORIAN GREY – FOJIALI QAHRAMONMI YOKI AXLOQSIZ JINOYATCHIMI?

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oskar Uayldning “Dorian Grey portreti” asaridagi bosh qahramonning badiiy-qahramonlik tabiati ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi Dorian Greyning fojiali qahramon sifatidagi talqini bilan axloqsiz jinoyatchi sifatidagi obrazini qiyoslab, uning haqiqiy badiiy mohiyatini ochib berishdan iborat. Metod sifatida matn tahlili, qiyosiy adabiyotshunoslik yondashuvi hamda psixologik tahlil usullari qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Dorian Grey xarakterida fojialilik unsurlari mavjud bo‘lsa-da, uning ongli ravishda axloqiy me’yorlarni buzishi uni jinoyatchi sifatida baholashga imkon beradi. Muhokama jarayonida qahramonning ruhiy inqirozi, jamiyat ta’siri va shaxsiy tanlov omillari izohlanadi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

JINOYATCHIMI?

Tojimurodova Xurshida Rashidovna

Termiz davlat pedagogika instituti talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada Oskar Uayldning “Dorian Grey portreti” asaridagi bosh qahramonning badiiy-qahramonlik tabiati ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi Dorian Greyning fojiali qahramon sifatidagi talqini bilan axloqsiz jinoyatchi sifatidagi obrazini qiyoslab, uning haqiqiy badiiy mohiyatini ochib berishdan iborat. Metod sifatida matn tahlili, qiyosiy adabiyotshunoslik yondashuvi hamda psixologik tahlil usullari qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Dorian Grey xarakterida fojialilik unsurlari mavjud bo‘lsa-da, uning ongli ravishda axloqiy me’yorlarni buzishi uni jinoyatchi sifatida baholashga imkon beradi. Muhokama jarayonida qahramonning ruhiy inqirozi, jamiyat ta’siri va shaxsiy tanlov omillari izohlanadi.

Kalit so‘zlar: Dorian Grey, fojiali qahramon, axloq, jinoyat, psixologik tahlil, viktoriya jamiyati.

Abstract: This article examines the complex nature of the protagonist in Oscar Wilde’s “The Picture of Dorian Gray” from a scholarly perspective. The study aims to determine whether Dorian Gray should be interpreted primarily as a tragic hero or as an immoral criminal by analyzing his psychological development, moral choices, and social influences. The research employs textual analysis, comparative literary methodology, and psychological interpretation as primary methods. The findings indicate that although elements of tragedy exist in Dorian’s character, his conscious moral corruption and deliberate wrongdoing position him closer to the image of a criminal. The discussion highlights the interplay between inner conscience, societal pressure, and personal responsibility in shaping his ultimate downfall.

Keywords: Dorian Gray, tragic hero, morality, criminality, psychology, Victorian society.

Аннотация: В данной статье рассматривается художественная природа главного героя романа Оскара Уайльда «Портрет Дориана Грея» с научной точки зрения. Цель исследования — определить, является ли Дориан Грей трагическим героем или безнравственным преступником, сопоставив его нравственное падение, психологическое состояние и влияние общества. В качестве методов использованы текстовый анализ, сравнительно-литературный подход и психологическая интерпретация. Результаты показывают, что несмотря на наличие трагических черт, осознанное нарушение Дорианом моральных норм позволяет рассматривать его как преступную личность. В ходе обсуждения анализируются духовный кризис героя, социальные факторы и роль личного выбора в его гибели.

Ключевые слова: Дориан Грей, трагический герой, мораль, преступление, психология, викторианское общество.

KIRISH

Ingliz adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lgan Oskar Uayldning “Dorian Grey portreti” romani XIX asr Viktoriya davri jamiyatining axloqiy qarashlari, estetik qadriyatlari va inson ruhiyati bilan bog‘liq murakkab masalalarni yoritib bergan muhim badiiy asarlardan biridir. Asar qahramoni Dorian Grey tashqi go‘zallik, abadiy yoshlik va zavqlanish tamoyillariga berilib ketgan, shu bilan birga ichki axloqiy tanazzulni boshdan kechiruvchi obraz sifatida talqin qilinadi. Uning portreti esa nafaqat badiiy detal, balki ruhiy va axloqiy inqirozning ramzi sifatida xizmat qiladi.

Adabiyotshunoslikda Dorian obraziga turli nuqtai nazardan baho berilgan: ayrim tadqiqotchilar uni jamiyat bosimi va g‘oyalar qurboni bo‘lgan fojiali qahramon sifatida ko‘rsalar, boshqalar uni ongli ravishda tubanlik yo‘lini tanlagan axloqsiz jinoyatchi deb talqin qiladilar. Shuning uchun ham mazkur obrazning haqiqiy mohiyatini aniqlash, uning shaxsiy tanlovi, jamiyat ta’siri va ruhiy jarayonlari o‘rtasidagi murakkab munosabatni ilmiy asosda tahlil qilish dolzarb hisoblanadi.

Mazkur tadqiqotda Dorian Greyning badiiy xarakteri estetik, axloqiy va psixologik mezonlar asosida o‘rganilib, uning fojialigi va jinoyatchiligi o‘rtasidagi chegaralar aniqlashtiriladi. Shu orqali nafaqat qahramon tabiatining ikki qirrali mohiyati ochib beriladi, balki romanning umumiy g‘oyaviy-badiiy ahamiyati ham qaytadan talqin qilinadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Oskar Uayldning “Dorian Grey portreti” romani yaratilgan davrdan boshlab adabiyotshunoslik ilmida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan asarlardan biridir. XIX asr oxiridan boshlab tadqiqotchilar Dorian obrazining badiiy mohiyati, uning axloqiy inqirozi va fojialilik darajasini turli nazariy yo‘nalishlar doirasida tahlil qilib kelmoqdalar. Dastlabki tadqiqotlarda romanga estetizm oqimi va “san’at san’at uchundir” tamoyili nuqtai nazaridan yondashilgan bo‘lib, Dorian obrazida insonning go‘zallik, lazzatlanish va zavq uchun kurashuvchi timsol sifatida ko‘rsatishga harakat qilingan. Bu yo‘nalish vakillari qahramonni jamiyat ta’siri va axloqiy stereotiplar qurboni deb baholaydilar.

Keyingi tadqiqotlarda esa qahramonning axloqiy javobgarligi masalasi asosiy e’tiborga tushdi. Ayrim adabiyotshunoslar Dorianning yovuzlik sari ongli ravishda intilishi, o‘z nafsini ongli ravishda ustuvor qo‘yishi va bu yo‘lda boshqalarga yetkazgan zararlarini asos qilib, uni axloqsiz jinoyatchi sifatida talqin qiladilar. Ushbu yondashuv yashirish vositasi sifatida izohlanadi.

Psixologik va psixoanalitik yondashuvlarda Dorianning xarakteri ruhiy ichki bo‘linish, “men” va “soxta men” o‘rtasidagi ziddiyat, ayb hissining bostirilishi bilan bog‘liq holda tushuntiriladi. Bu nuqtai nazar uni nafaqat yovuzlik egasi, balki ruhiy iztirob ichida yashashga majbur bo‘lgan fojiali shaxs sifatida ham ko‘rsatadi. Shuningdek, zamonaviy tadqiqotlarda Viktoriya davri jamiyatining ikkiyuzlamachiligi, axloqiy me’yorlarning tashqi ko‘rinishga bog‘lab baholanishi va yoshlik kultining kuchayishi Dorian xarakterining shakllanishida muhim omil sifatida qayd etiladi.

Umuman olganda, mavjud ilmiy manbalar Dorian Grey obrazining biryoqlama talqinini emas, balki murakkab, ko‘p qatlamli, ziddiyatli badiiy timsol ekanini ko‘rsatadi. Shu bois ham ko‘plab tadqiqotchilar uning fojialigi va jinoyatchiligi bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lgan, o‘z tanlovi va jamiyat ta’siri oralig‘ida yo‘qolib qolgan murakkab insoniy xarakter sifatida qarash zarurligini ta’kidlashadi.

METODOLOGIYA

Mazkur tadqiqot “Dorian Grey portreti” romanidagi bosh qahramon obrazini ilmiy asosda tahlil qilish, uning fojiali qahramon sifatidagi va axloqsiz jinoyatchi sifatidagi talqinlarini aniqlashga qaratildi. Tadqiqot sifat jihatdan tahliliy xarakterga ega bo‘lib, asosan adabiy matnni o‘rganish, mavjud ilmiy manbalarni tahlil qilish hamda qiyosiy adabiyotshunoslik yondashuvlariga tayandi.

Birinchi bosqichda romanning badiiy matni chuqur o‘rganilib, Dorian Grey obrazining xarakter rivoji, axloqiy tanazzuli, ruhiy kechinmalari hamda portret obrazining ramziy funksiyalari aniqlab chiqildi. Ikkinchi bosqichda asar bo‘yicha yaratilgan ilmiy maqolalar, monografiyalar va adabiyotshunoslik tadqiqotlari tahlil qilinib, turli ilmiy pozitsiyalar qiyoslandi. Uchinchidan, psixologik va psixoanalitik yondashuvlar asosida qahramonning ichki dunyosi, ayb hissi, ruhiy bo‘linishi hamda ongli tanlov mexanizmlari izohlandi.

Tadqiqot davomida qiyosiy tahlil, mazmuniy-tizimli tahlil, psixologik interpretatsiya, shuningdek, kontekstual yondashuv metodlari qo‘llanildi. Ushbu metodlar Dorian Greyning badiiy timsolini faqat bitta nuqtai nazardan emas, balki estetik, axloqiy va psixologik mezonlar asosida kompleks tarzda baholash imkonini berdi.

Metodologik yondashuv natijasida qahramonning jinoyatchiligi va fojialigi o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlik, shuningdek, uning xarakterining shakllanishida shaxsiy tanlov, jamiyat talablari va falsafiy qarashlarning ta’siri tizimli tarzda aniqlashga harakat qilindi.

NATIJALAR

Tadqiqot davomida olib borilgan matnshunoslik, qiyosiy va psixologik tahlillar asosida quyidagi natijalarga erishildi:

Birinchidan, Dorian Greyning xarakterida fojialilik unsurlari mavjudligi aniqlandi. U dastlab beg‘ubor, hayotga go‘zallik va estetik qadriyatlar prizmasidan qaraydigan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyatning bosimi, Lord Genrining falsafasi va cheksiz lazzatlanishga asoslangan hayot tarzi uning ruhiy dunyosida ichki ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Shu jihatdan u ma’lum ma’noda tashqi omillar ta’sirida halokat sari yo‘naltirilgan fojiali qahramon sifatida talqin qilinishi mumkin.

Ikkinchidan, tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Dorianning ruhiy tanazzuli faqat tashqi sabablar bilan bog‘lanmaydi. U ongli ravishda axloqiy me’yorlarni buzishga qaror qiladi, o‘z nafsini ustuvor qadriyat sifatida tanlaydi va qilgan harakatlari uchun mas’uliyatni rad etadi. Bu esa uning shaxsiy tanlovi markaziy o‘rinda ekanini, ya’ni Dorianning xatti-harakatlari tasodifiy emas, balki ongli jinoyat yo‘li ekanini tasdiqlaydi.

Uchinchidan, romandagi portret obrazi qahramon ruhiyatining aks-sadosi sifatida namoyon bo‘lib, vijdon, ayb hissi va ichki azoblarning tashqi timsoliga aylanadi. Portretdagi o‘zgarishlar Dorianning ma’naviy buzilishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan bo‘lib, uning ichki dunyosida kechayotgan jinoyatkorlikni badiiy shaklda yoritadi.

To‘rtinchidan, tahlillar natijasida Dorian Grey obrazini faqat fojiali qahramon yoki faqat axloqsiz jinoyatchi sifatida baholash biryoqlama yondashuv ekanligi ma’lum bo‘ldi. Unda bu ikki qirra bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lib, fojialilik uning ruhiy parchalanishida, jinoyatchilik esa uning ongli ravishda yovuzlik yo‘lini tanlashida namoyon bo‘ladi.

Umuman olganda, tadqiqot natijalari Dorian Grey obrazining murakkab, ko‘p qatlamli va ziddiyatli badiiy timsol ekanini ko‘rsatdi. Uning fojialigi va jinoyatchiligi o‘zaro bog‘liq holda shakllanib, inson ruhiyati va axloqiy tanlov masalalarini chuqur badiiy talqin etishga xizmat qiladi.

MUHOKAMA

Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Dorian Grey obrazi adabiyotshunoslikda ko‘p marotaba talqin etilgan murakkab badiiy timsollardan biridir. Uni faqat Viktoriya davri jamiyati qurboni sifatida talqin qilish ham, uni mutlaq yovuz shaxs sifatida baholash ham yetarli asos bermaydi. Aslida, Dorian obrazida insonning ichki ruhiy kurashi, axloqiy tanlov, vijdon azobi va lazzatparastlik falsafasining halokatli oqibatlari bir butun holda mujassam.

Dastlab Dorian tashqi go‘zallikni hayotning eng asosiy qadriyatiga aylantirgan jamiyat muhitida shakllanadi. Lord Genri ta’siridagi falsafiy qarashlar uning dunyoqarashini tubdan o‘zgartirib, uni cheksiz lazzatlanish, axloqiy chegaralarni rad etish va hayotni faqat zavq olish vositasi sifatida ko‘rishga undaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Dorian ma’lum darajada tashqi mafkuraviy bosimning mahsuli sifatida fojiali qahramon sifatida namoyon bo‘ladi.

Biroq muhokama jarayoni ko‘rsatadiki, Dorian Grey faqat tashqi omillar ta’sirida boshqariladigan passiv qahramon emas. U o‘z tanlovlarini ongli ravishda amalga oshiradi, qilgan jinoyatlari va axloqsiz xatti-harakatlari uchun javobgarlikni qabul qilmaydi, hatto o‘z aybini yashirish uchun portretning mavjudligiga tayanadi. Demak, uning halokati faqat ijtimoiy sabablar bilan emas, balki shaxsiy mas’uliyatsizlik va ongli ravishda yovuzlikni tanlash bilan bog‘liq.

Muhokama davomida yana bir muhim jihat shundaki, portret obrazi oddiy badiiy detal emas, balki Dorianning vijdoni, ichki ruhiy azobi va yashirilgan jinoyatlarining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Portretdagi o‘zgarishlar qahramonning ichki dunyosidagi halokatni ochib beradi, bu esa uni ruhiy azob chekayotgan, o‘z tanlovi bilan azoblanayotgan fojiali shaxs sifatida ham ko‘rsatadi.

Natijada, Dorian Grey obrazida fojialilik va jinoyatchilik kategoriyalari o‘zaro qarama-qarshi emas, balki bir-biri bilan uzviy bog‘liq tushunchalar sifatida shakllanadi. U bir vaqtning o‘zida ham jamiyat mafkurasi qurboni, ham o‘z jinoyatlarining yaratuvchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun qahramonni biryoqlama talqin qilish emas, balki kompleks yondashuv asosida baholash ilmiy jihatdan asosli hisoblanadi.

XULOSA

Yuqorida olib borilgan tahlillar asosida “Dorian Grey portreti” romanidagi bosh qahramon obrazi murakkab va ko‘p qirrali badiiy timsol ekanligi aniqlandi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Dorian Grey xarakterida fojialilik va jinoyatchilik unsurlari bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lib, ular o‘zaro uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Uning halokati faqat tashqi muhit ta’siri, jamiyatning go‘zallik va lazzatga sig‘inish mafkurasi bilan emas, balki shaxsning ongli ravishda axloqiy me’yorlarni buzishi, mas’uliyatdan qochishi va o‘z nafsini ustuvor qo‘yishi bilan ham bevosita bog‘liqdir.

Dorian bir tomondan Viktoriya davri jamiyatining estetik g‘oyalari, Lord Genrining falsafasi va ijtimoiy mafkura bosimi ta’sirida ruhiy inqirozga uchragan fojiali qahramon sifatida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan ongli ravishda yovuzlikni tanlagan, atrofdagilarga zarar yetkazgan axloqsiz jinoyatchi sifatida talqin etilishi mumkin. Portret obrazi esa uning yashirilgan vijdoni, ruhiy azobi va ma’naviy buzilishining ramzi sifatida bu ikki qirraning ichki aloqasini badiiy ravishda ochib beradi.

Shunday qilib, Dorian Greyni biryoqlama baholash ilmiy nuqtai nazardan to‘liq asosli emas. U nafaqat qurbon, balki jinoyatchi; nafaqat azob chekkan ruhiy timsol, balki o‘z halokatining yaratuvchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan shu murakkablik romanning badiiy va falsafiy ahamiyatini oshiradi hamda inson ruhiyati, axloqiy tanlov va mas’uliyat kabi muhim mavzularni chuqur ochib beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Uayld, O. (2018). Dorian Grey portreti Toshkent: Adabiyot nashriyoti.

2. Gergen, M. M., & Gergen, K. J. (2004). Reflections: Between Narcissus and Dorian

Grey. Journal of Community & Applied Social Psychology, 14(4).

3. SHTEPA, A. (2018). The Role Of Artistic Detail In The Structure Of The Novel

ʺthe Picture Of Dorian Grayʺ By O. Wilde. Філологічні науки, (29), 51-54.

4. Nazokat, A. (2025). Insoniylikning Yemirilishi: Portret Va Ruh O ‘Rtasidagi

Munosabat. Ustozlar uchun, 84(4), 80-82.

5. Qizi, A. Z. B. (2024). Badiiy Asarlarda Simvolik Obrazlarning Demonik

o‘zgarishi. Science and innovation, 3(Special Issue 51), 130-133.

6. Ruziyeva, D. S. (2024, March). Oskar Uayldning “Dorion Greyning Portreti” Va

Isajon Sultonning “Boqiy Darbadar” Romanlarida Mifologik Motivlar.

In Conference On The Role And Importance Of Science In The Modern

World (Vol. 1, No. 2, pp. 39-43).

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.