Mazkur «Fiziologiya fanidan amaliy ko‘nikmalar va laboratoriya mashg‘ulotlari» nomli o‘quv qo‘llanma tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada normal fiziologiya fanining asosiy bo‘limlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish tartibi tizimli ravishda yoritilgan. Har bir mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulotning maqsadi, nazariy asoslari, ishni bajarish tartibi, zarur asbob-uskunalar va reaktivlar, olingan natijalarni tahlil qilish usullari hamda bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi nazorat savollari keltirilgan. Qo‘llanma talabalarda fiziologik jarayonlarning mexanizmlarini chuqur anglash, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, laboratoriya ko‘nikmalarini shakllantirish va mustaqil ta’lim olish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘quv qo‘llanma tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrantlar, fiziologiya fani o‘qituvchilari hamda ushbu yo‘nalishga qiziquvchi mutaxassislar uchun tavsiya etiladi.
Maqolada o‘zbek teatrida Shekspirshunoslikning yanada rivojlanishi, teatrning 1940-yili Shekspir dramaturgiyasiga ikkinchi bor murojaati va “Otello” tragediyasi 1941-yil rejissyor N.V.Ladigin va Mannon Uyg‘ur hamkorligida sahna yuzini ko‘rish jarayonlari o‘rganiladi. “Otello” tragediyasining sahnalashtirilgan varianti,…
Ushbu ilmiy maqolada tasviriy san’atni o‘qitishda talabalarning rang sezgisi va kompozitsion ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lum ranglar gammasida gips rozetka bilan qo‘yilgan natyurmortni ishlash – talabalarni rang tushunchasi, yorug‘lik va soya, shakl va faktura kabi muhim elementlarni o‘z…
Fizika-matematika fanlariOliy matematikaAmaliyotga bog‘liq o‘qitishMetodika
A. Darmonova
Ushbu maqolada oliy matematika kursini talabalarning amaliy hayoti va kasbiy faoliyatiga bog‘lab o‘qitish metodikasi ishlab chiqilib, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar taklif qilinadi. Amaliyotga asoslangan o‘qitish uslublarining nazariyasi va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish usullari ko‘rib ch…
Fizika-matematika fanlariO’smirlarAqliy faollikPedagogik hamkorlik
N.U. Ummatqulova
Ushbu maqolada o’smirlarning aqliy faolligini rivojlantirishda oila va maktab hamkorligining pedagogik va psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Oila muhitining o’smirlarning intellektual rivojlanishiga ta’siri, maktabda ta’lim berish usullari va bu jarayonning o’zaro bog’liqligi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, o’q…