ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

HARBIY-PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK OFITSERLARDA “SOFT SKILLS” KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI.

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak yosh ofitserlarning “Soft Skills” (yumshoq) ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyatli tomoni, bo‘lajak ofitserlarni tayyorlashda ularning o‘rni va roli shuningdek oliy harbiy ta’lim muassasalarda ta’lim olayotgan bo‘lajak ofitserlarning “Soft Skills” (yumshoq) ko‘nikmalarini shakllantirishning asosiy tamoyillari yoritib berilgan. 


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

SOXIBOYEV Z.E.

dotsent, podpolkovnik, Chirchiq OTQMBYU Taktika kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak yosh ofitserlarning “Soft Skills” (yumshoq) ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyatli tomoni, bo‘lajak ofitserlarni tayyorlashda ularning o‘rni va roli shuningdek oliy harbiy ta’lim muassasalarda ta’lim olayotgan bo‘lajak ofitserlarning “Soft Skills” (yumshoq) ko‘nikmalarini shakllantirishning asosiy tamoyillari yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar: Bilim, malaka, ko‘nikma, qobiliyat, tarbiya, ta’lim, ofitser, “Soft Skills”, xususiyat, psixologik holat, emotsiya, tahlillar.

Аннотация. В данной статье рассмотрены особенности и значение развития “Soft Skills” у будещих молодых офицеров в высших военных учебных заведениях, их цель и роль в подготовке будещих офицеров, а также основные принципы формирования, выделены “Soft Skills” будещих офицеров, обучающихся в вузах.

Ключевые слова: навыка, способности, знания, компетентность, подготовка, оброзование, офицер, “Soft Skills”, черта характера, психологическое состояние, эмоция, анализ.

Annotation. This article discusses the features and significance of the development of “Soft Skills” among future young officers in higher military educational institutions, their purpose and role in the training of feature officers, as well as the basic principles of formation, “Soft Skills” of feature officers studying at universities are highlighted.

Keywords. skill, ability, knowledge, swimmer competence, education, officers, “Soft Skills”, character trait, psychological characters.

Oliy harbiy ta’lim muassasalarida harbiy-pedagogik ta’lim jarayonida ta’lim tizimi shaxsni shakllantirishi va rivojlantirishi uchun, davlat standarti talablari asosida hamda jahon ta’lim tizimi darajasida kadrlar yetishtirish uchun avvalo pedagog shaxsining har tomonlama mukammal bo‘lishini talab qiladi.

Pedagogika fanining hozirgi zamon yutuqlariga asoslanib, davr talabiga mos keladigan yosh bo‘lajak ofitserlarga ta’lim va tarbiya berishda ularning boshqaruvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishda “Soft Skills” yumshoq ko‘nikmalarini va mahoratini shakllanish yo‘llari va uning ayrim nazariy asoslarini yaratish juda muhimdir. Barkamol avlodni rivojlantirish va shakllantirish vazifalarining serqirraligi va murakkabligi, ta’limtarbiya nazariyasi va amaliyoti uchun o‘ta zarurligini hisobga olganda eng dolzarb masaladir. O‘zbekiston Respublikamiz Qurolli kuchlariga har tomonlama yetuk, mustahkam bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan o‘z bo‘ysunuvidagi shaxsiy tarkibni mohirona boshqara oladigan komandirlar nihoyatda zarur.1 Shu jihatdan oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyani optimallashtirishning kasbiy ko‘nikma va malakalari tizimi hisoblanib, asosan, yosh avlodni maqsadga muvofiq yo‘naltirish, ularning ma’naviy e’tiqodini, dunyoqarashini, qobiliyatini ijtimoiy ehtiyoj nuqtai nazardan har tomonlama rivojlantirish va takomillashtirishdan iborat.

Ushbu maqolani dolzarbligi shundaki va undan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘lajak yosh komandirlarning madaniy tafakkuri, o‘z bo‘ysunuvidagi shaxsiy tarkib bilan muomala qila olish ko‘nikmasi, o‘z xulqini o‘zi boshqara olish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat tizimini ishlab chiqishdan iborat2.

Maqolaning dolzarbligi shundaki oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak yosh ofitserlarda “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Tadqiqot obyekti va predmeti: va uning oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirish, shakllantirish jarayonini o‘rganish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash. 1 O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni 23.09.2020 y. 2 O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi. 2018-yil 9-yanvar. “Soft Skills” (yumshoq) ko‘nikmalar tushunchasi bu muomala, yetakchilik, qaror qabul qilish va boshqa ko‘nikmalar ofitser faoliyatida muhim jihatlar hisoblanadi.3

Oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak yosh

ofitserlarda “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirishning

o‘ziga xos xususiyatlari shundaki bugungi kunda

qo‘mondonlik va yetakchilikning zamonaviy talablari

asosida harbiy faoliyatda rahbarlar, boshliqlar, komandirlar

nafaqat qo‘mondonlik qiladi yoki boshqaradi balki jamoani

birlashtirish, rag‘batlantirish va o‘zgaruvchan sharoitlarda

tezkor qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi kerak.

“Soft Skills” ko‘nikmalarga ega bo‘lgan rahbar, boshliq o‘z qo‘l ostidagilar bilan samarali muloqot qilib, ularning ishchanligini oshirish mumkin. Shu asosda bir qator ko‘nikmalarni shakllantirish joiz.

Kuchli muloqot ko‘nikmalari- Globallashuv davom etayotgan va xalqaro munosabatlarning butun tizimi o‘zgarib borayotgan sharoitlarda jahondagi harbiy-siyosiy vaziyat xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka xavf-xatar hamda tahdidlar ko‘lami kengayib borayotganligi-geosiyosiy qarama-qarshilikning kuchayishi, mojarolar va tang vaziyatlarni kuch ishlatib hal etishga bo‘lgan yondashuvning ustunlik qilishi, kuch ishlatish, shu jumladan taktik harakatlarning yangi ko‘rinishlari ehtimoli oshganligi, harbiylashtirish, xalqaro terrorizm va ekstremizm faollashganligi, axborot makoni va 3 Anderson, P. “Leadership and “Soft Skills” for Military officers, A Strategic Guide”. Military press. Bo‘lajak ofitserlarda rahbardik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv qo‘llanma. (2018). kibermakonda o‘zaro kurash, tavsiflanib borayotgan davrda ayniqsa global va koalitsiya boshqarishda, turli tillar va madaniyatlar vakillari bilan samarali muloqot o‘rnatish talab qilinadi. Bu borada “Soft Skills”, xususan, madaniy sezgirlik va til bilgichligi muhim ahamiyat kasb etadi.4

Tez o‘zgaruvchan sharoitlarda moslashish ko‘nikmasi- zamonaviy harbiy mojarolarda, turli-xil sharoitlarda tezkorlik va moslashuvchanlik muhim ahamiyatga ega.

Shu borada bo‘lajak yosh ofitserlar tez o‘zgaradigan vaziyatlarga moslashish, murakkab va aniqlanmagan sharoitlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalariga esha bo‘lishi lozim. Bu ko‘nikmalarni rivojlantirish harbiy rahbarlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. “Soft Skills” (yumshoq) ko‘nikmalarni shakllantirish- bu bo‘linmalarga yuklatilgan vazifalarni va topshiriqlarni o‘z vaqtida samarali bajarish va muammolarni hal yetish uchun asosiy vosita hisoblanadi.5

4 Goleman, D. “ Emotional Intelligence Bantam Books”. (1995). Emotsional intellekt va uning “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatli mashhur asar. 5 Katz, R.L. Menejment va rahbarlikdagi “Soft Skills” ko‘nikmalari haqidagi klassik maqola. (1974).

“Soft Skills” ko‘nikmalar

tanqidiy fikrlash

qaror qabul qilish moslashuvchanlik Harbiy faoliyatda qo‘l ostidagilar bilan ishlash va undagi ijtimoiy ko‘nikmalarharbiy faoliyatda rahbar muvaffaqiyatli bo‘lish uchun harbiy jamoa bilan samarali ishlash, ishonchli munosabatlar o‘rnatish, hamkorlik va hamjihatlik muhimdir. Aynan shu nuqtai nazarda “Soft Skills”, ko‘nikmalarning rivojlanishning yuqori darajasi qo‘l ostidagi bo‘ysunuvchi shaxsiy tarkib o‘rtasida ishonch va o‘zaro hamkorlikni oshirishga yordam beradi.

Stressni boshqarish va emotsional barqarorlik- Hozirgi vaqtda zamonaviy qurolli to‘qnashuvlarda, jang harakatlaring yangicha taktik ko‘rinishlari davomida shaxsiy tarkib orasida katta stressga duch kelishi aniq. Shu borada stressni boshqarish, emotsional barqarorlik va o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qilishda “Soft Skills” harbiy faoliyatda rahbar va boshliqlar uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish orqali harbiy jamoalar uchun yengilroq va samaraliroq qarorlar qabul qilishlariga yordam beradi.6 6 Maxwell, J.C. Liderlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar to‘plami. (2007).

shaxsiy tarkibga e’tibor

loyihalarni boshqarish

murabbiylik

zo‘ravonsizlik aloqa

qatiyatlik

muammolarni yechish

kreativlik

Hissiy boshqaruv

tejamkorlik

bilmilarni nazorat qilish

stressga qarshilik

Jamoa bilan ishlash

“Soft Skills” (yumshoq) ko‘nikmalarni kelajakdagi harbiy faoliyatda qo‘llashHarbiy xizmatdan keyingi hayotda ham “Soft Skills” yumshoq ko‘nikmalarni rivojlantirish ofitserlarga fuqarolik jamiyatiga integratsiyalashni, yangi faoliyatda muvaffaqiyat qozonishda katta ahamiyat kasb etadi.7

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, “Soft Skills” yumshoq

ko‘nikmalarni rivojlantirish harbiy sohada nafaqat ofitserlar va

harbiylar uchun, balki butun harbiy tizim uchun muhim

ahamiyat kasb etadi. Bu ko‘nikmalarni oliy harbiy ta’lim

muassasalarida bo‘lajak ofitserlarning harbiy-kasbiy faoliyatida

zamonaviy turli xil turdagi kundalik va jangovar vazifalarni o‘z

vaqtida sifatli aniq bajarish va o‘z jamoasi bilan samarali

muloqot o‘rnatish imkoniyatlarini yaratib beradi, shuningdek,

ularni zamonaviy harbiy qiyinchiliklarga tayyorlaydi. 8

Shu nuqtai nazarda harbiy-pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak yosh ofitserlarni kompetentlikni shakllantirish bo‘lajak harbiy pedagoglarda kasbiy mohirlik, ijod, ko‘nikmalarini hosil qilish, muomala madaniyati, pedagogik texnika malakalarini shakllantirish, rahbarlik, tarbiyachilik mahoratining dastlabki malakalarini tarkib toptirishni asosiy maqsad qilib belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni 23.09.2020 y. 7 Abdurahimova D.Harbiy pedagogika. Darslik.T.: Akademiya, 2022. 8 Abdurahimova D.A., Abidjanova M.A. Harbiy ta’lim tizimida innovatsion ta’lim

2. O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi. 2018-yil 9-yanvar.

3. Anderson, P. “Leadership and “Soft Skills” for Military officers, A Strategic Guide”. Military press. Bo‘lajak ofitserlarda rahbardik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv qo‘llanma. (2018).

4. Goleman, D. “ Emotional Intelligence Bantam Books”. (1995). Emotsional intellekt va uning “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatli mashhur asar.

5. Katz, R.L. Menejment va rahbarlikdagi “Soft Skills” ko‘nikmalari haqidagi klassik maqola. (1974).

6. Maxwell, J.C. Liderlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar to‘plami. (2007).

7. Abdurahimova D.Harbiy pedagogika. Darslik.T.: Akademiya, 2022.

8. Abdurahimova D.A., Abidjanova M.A. Harbiy ta’lim tizimida innovatsion ta’lim

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.