ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

ICHAK GELMINTOZLARI VA ASKARIDOZNING LABORATORIYA TEKSHIRISH USULLARI

Annotatsiya

Hozirgi kunda odamlar orasida eng keng tarqalgan kasalliklardan  biri bu parazitar kasalliklardir. Parazitar kasalliklar deyarli hamma mamlakatlarda uchraydi. Sayyoramiz aholisining  uchdan bir qismi parazitar kasalliklari qoʻzgʻatuvchilari bilan zararlangan. JSST ning 2020-yil 2-martdagi maʼlumotiga koʻra butun dunyoda 1,5 milliarddan ortiq dunyo aholisining 24 foizi tuproq orqali yuqadigan gelmint infeksiyalari bilan kasallangan. 267 milliondan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar va 568 milliondan ortiq maktab yoshidagi bolalar ushbu parazitlar intensiv tarqaladigan hududlarda yashaydilar hamda ular davolash va profilaktika choralariga muhtoj.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

TEKSHIRISH USULLARI

Toshpoʻlatov A.Y., Rasulov Sh.M., Quchqorov O.Oʻ.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat

salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi

Oʻzbekiston, Termiz shahar Hozirgi kunda odamlar orasida eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bu parazitar kasalliklardir. Parazitar kasalliklar deyarli hamma mamlakatlarda uchraydi. Sayyoramiz aholisining uchdan bir qismi parazitar kasalliklari qoʻzgʻatuvchilari bilan zararlangan. JSST ning 2020-yil 2-martdagi maʼlumotiga koʻra butun dunyoda 1,5 milliarddan ortiq dunyo aholisining 24 foizi tuproq orqali yuqadigan gelmint infeksiyalari bilan kasallangan. 267 milliondan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalar va 568 milliondan ortiq maktab yoshidagi bolalar ushbu parazitlar intensiv tarqaladigan hududlarda yashaydilar hamda ular davolash va profilaktika choralariga muhtoj. Oʻtkir askaridoz invaziyalari yiliga 60000 ga yaqin oʻlimga olib keladi, asosan bolalarda ichak tutilishi tufayli oʻlim holati kuzatiladi. Askaridoz erkaklarda ham, ayollarda ham uchraydi, lekin bolalar kattalarga qaraganda infeksiyaga koʻproq moyil boʻladi, ayniqsa 3 yoshdan 8 yoshgacha boʻlgan bolalarda bu koʻproq namoyon boʻladi. Bu kasallik asosan issiq, nam iqlimi boʻlgan hududlarda tarqalgan. Askaridoz dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida keng tarqalgan. Askaridozning tarqalishi shuni koʻrsatadiki, kasallanishning 8,3% Janubiy Amerika, Markaziy Amerika va Karib havzasida, 16,7% Afrika va Yaqin Sharqda, 75% hollarda Markaziy va Janubi – Sharqiy Osiyo va Okeaniya mintaqasida. Dunyo boʻylab 0,8 dan 1,2 milliardgacha odam askaridozdan aziyat chekadi. Askaridoz tuproqli gelmintozlarning eng keng tarqalgan turi. Har yili askaridoz bilan jahon miqyosida 12,3 mln. kishi xastalanadi. Jahon miqyosida gelmintozlar bilan 4,5 milliard kishi kasallangan ulardan 1269 mln. askaridoz, 932 mln. ankilostomidozlar, 637 mln. trixotsefaliozlar, 353 mln. enterobiozlar, 77 mln. teniarinxozlar, 39 mln. gimenolepidozlar, 15 mln. difillobotriozlar, 10 mln. rishta bilan kasallanganlarni tashkil etadi. Koʻpchilik hududlarda askaridozning endemikligi ijtimoiy iqtisodiy, tarixiy va demografik jarayonlar bilan bogʻliq. Shuning uchun bu kasallik ham iqtisodiy, ham siyosiy jixatdan dolzarb hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida gelmintozlarning 10 – 12 turi qayd etilmoqda. Eterobioz, gimenolepidoz, askaridoz, teniarinxoz, trixotsefalioz kabi gelmintozlar baʼzi viloyatlarda ommaviy ravishda tarqalgan. Respublikamizda askaridoz – enterobioz va gimenolepiazdan keyin uchinchi oʻrinni egallaydi. Laboratoriya tekshirish usullari. Kerakli kimyoviy reaktivlar va jihozlar: Glitserin, 6%li fenol eritmasi (100 ml distillangan suv + 6 g fenol), malaxit yashilining 3%li eritmasi (2,5 g malaxit yashili + 75 ml distillangan suv), gigroskopik sellofan, buyum oynachalari, shisha yoki yogʻoch tayoqchalar, rezina qopqoq yoki valik, mikroskop. Kato ishchi eritmasini tayyorlash: 100ml 6%li fenol eritmasi + 100 ml glitserin +1,2 ml malaxit yashili 3%li eritmasi (bu eritmani zich yopiladigan qopqoqli toʻq rangli shisha idishda uzoq vaqt saqlash mumkin). Fenol preparatni zararsizlantiradi, glitserin surtma rangini ochartiradi, malaxit yashili esa mikroskop oʻtkazuvchining koʻz zoʻriqishini kamaytiradi. Fenol va malaxit yashili boʻlmagan holatlarda glitserin eritmasi (50 ml glitserin + 50 ml distillangan suv)dan foydalanish mumkin. Sellofan tasmachalarni tayyorlash: gidrofil sellofandan (gidrofil sellofan yoqilsa yonadi, polietilen plyonka esa yonmay erib ketadi, tekshirish uchun noqulay) buyum oynachasiga mos keladigan 20x40 mm oʻlchamdagi tasmachalar qirqiladi. Qirqilgan tasmalar tekshiruv oʻtkazishdan 24 soat oldin Kato ishchi eritmasiga solib qoʻyiladi. 200 ml ishchi eritma yordamida 5 mingga yaqin yangi tasmalarga ishlov berish mumkin. Tayyor plastinkalar eritmada qopqogʻi yaxshi yopiladigan idishda xona haroratida 6 oygacha saqlanishi mumkin. Tekshiruv oʻtkazish: buyum oynachasiga 30 – 50 mg (noʻxot oʻlchamida) najas qoʻyiladi, alohida shisha yoki yogʻoch tayoqcha bilan yoyiladi. Ustini Kato ishchi eritmasi bilan ishlov berilgan sellofan tasmada yopiladi. Sellofanning usti buyum oynasi kengligida rezina qopqoq yoki maxsus valik bilan yupqa tekis tiniq qatlam hosil boʻlguncha yoyiladi. Preparatni rangsizlangunicha xona harorati qoldiriladi, keyin mikroskopda obyektivi x8 yoki x10, okulyari x7 yoki x10 oʻlchamlarda (gelmint tuxumlarining morfologik tuzilishini aniqlash uchun obyektiv x40 da) koʻriladi. Surtmaning rangsizlanish vaqti havo haroratiga bogʻliq boʻlib, agar xona harorati past boʻlgan holda ham 1soatdan oshmasligi kerak; yilning issiq davrlarida surtma qurib qolmasligi uchun 30 – 40 daqiqadan soʻng mikroskop ostida koʻrish mumkin boʻladi. Usulning samaradorligi: najasni oddiy (nativ) surtib tekshirishdan koʻra, 20 – 30- marta koʻp koʻrish mumkin; ichak va jigar gelmint tuxumlarini invaziyaning yuqori va oʻrta intensivligida aniqlash mumkin; invaziyalarning intensivligi kam boʻlganda bu usulning samaradorligi ancha past. Xulosa. Bu usuldan aholini ichak gelmintozlariga (askaridoz) ommaviy tekshiruvlar oʻtkazishda foydalaniladi, masalan: katta yoshdagi aholining dekretiv guruxi va uyushgan bolalar jamoalaridagi tekshiruvlarda; klinik – diagnostik laboratoriyalarda yoʻllanmasida aniq tashhis qoʻyilmagan yoki bemorni qaysi maxsus usulda tekshirish belgilanmaganda, laborantlar uchun qulay hisoblanib, Kato usuli bilan tayyorlangan preparatlarni xona haroratida uzoq vaqt davomida muzey preparatlari sifatida saqlash mumkin.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.