KIRISH: bugungi kunda zamonaviy energetika sohasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan quyosh energetikasidan samarali foydalanish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim mazmunini fanlararo integratsiya asosida tashkil etishni taqazo etmoqda. Shu sabab, maqolada oliy ta’lim muassasalarida “Quyosh issiqlik qurilmalari va tizimlari” fanini o‘qitish samaradorligini oshirishning, pedagogik va metodik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Integrativ yondashuvning mazmun mohiyati, uning quyosh issiqlik qurilmalari va tizimlarini o‘qitish jarayonida qo‘llashning didaktik imkoniyatlari hamda fanlararo aloqalarni shakllantirish mexanizmi yoritilgan. MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi “Quyosh issiqlik qurilmalari va tizimlari” fanini integrativ yondashuv asosida o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, fanlararo aloqalarni tizimlashtirish hamda ta’lim samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan metodik mexanizmlarni ishlab chiqishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot nazariy-metodik xarakterga ega bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining qayta tiklanuvchi energiya va fizika ta’limini rivojlantirishga oid normativ hujjatlari, mahalliy va xorijiy olimlarning (UNESCO, Duffie & Beckman, Kalogirou va b.) ilmiy ishlari tahlil qilindi. Tadqiqotda tizimli, kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan va integrativ yondashuvlarga tayangan holda nazariy tahlil, kontent-tahlil hamda qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijasida “Quyosh issiqlik qurilmalari va tizimlari” fanini fizika, matematika, muhandislik, raqamli texnologiyalar, ekologiya va iqtisodiyot fanlari bilan bog‘lovchi 6 ta asosiy integratsiya yo‘nalishi hamda "Quyosh kollektorining issiqlik samaradorligini aniqlash" mavzusi misolida 6 bosqichli integrativ ketma-ketlik mexanizmi ishlab chiqildi. Ushbu yondashuv talabalarning quyosh radiatsiyasi, issiqlik almashinuvi, matematik modellashtirish, sensorlar va raqamli monitoring, ekologik hamda iqtisodiy samaradorlikni har tomonlama tahlil qilish ko‘nikmalarini takomillashtiradi. XULOSA: integrativ yondashuv asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarni tayyor bilimni passiv qabul qiluvchidan bilimlarni mustaqil izlovchi, tahlil qiluvchi va amaliyotda qo‘llovchi faol subyektga aylantirib, ularda tizimli fikrlash va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantiradi. Istiqbolda taklif etilgan fanlararo integratsiya bosqichlarining samaradorligini tajriba-sinov va nazorat guruhlari bazasida diagnostika qilish va amaliyotda tekshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
INTRODUCTION: currently, the training of highly qualified specialists in the modern energy sector, capable of efficiently utilizing renewable energy sources, particularly solar energy, requires the organization of educational content based on interdisciplinary integration. In this regard, the article explores the pedagogical and methodological potential for improving the effectiveness of teaching the course “Solar Thermal Installations and Systems” in higher education institutions. It discusses the essence and content of the integrative approach, its didactic potential for application in the teaching process of solar thermal installations and systems, as well as the mechanisms for establishing interdisciplinary connections. AIM: the primary objective of the study is to determine the pedagogical conditions for teaching the course “Solar Thermal Installations and Systems” based on an integrative approach, systemize interdisciplinary connections, and develop methodological mechanisms aimed at improving educational efficiency. MATERIALS AND METHODS: the study is theoretical and methodological in nature, analyzing regulatory documents of the Republic of Uzbekistan on renewable energy and physics education, alongside research by national and international scholars (UNESCO, Duffie & Beckman, Kalogirou, etc.). Utilizing systemic, competency-based, activity-oriented, and integrative frameworks, the study applied theoretical analysis, content analysis, and comparative analytical methods. DISCUSSION AND RESULTS: the study identified 6 key integration directions (physical, mathematical, engineering, digital, environmental, economic) and established a 6-stage integrative sequence mechanism using the topic "Determining the thermal efficiency of a solar collector" as a practical model. This framework enhances students'