ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

KATTALAR VA BOLALARDA TUBERKULOZNING FARQLARI VA ATIPIK HOLATLAR

Annotatsiya

Tuberkuloz bugungi kunda global miqyosda eng xavfli infeksion kasalliklardan biri bo‘lib, uning ijtimoiy ahamiyati va yuqori darajadagi o‘lim ko‘rsatkichlari sog‘liqni saqlash tizimi oldida jiddiy muammolar tug‘dirmoqda. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili 10 milliondan ortiq yangi tuberkuloz holatlari qayd etilib, shundan 1,3 millionga yaqini o‘lim bilan yakunlanadi. O‘zbekiston Respublikasida ham oxirgi yillarda kasallik ko‘rsatkichlari asta-sekin pasayish tendensiyasiga ega bo‘lsa-da, bolalar va kattalarda uchraydigan klinik shakllarning xilma-xilligi, ayniqsa atipik ko‘rinishlar tashxisiy murakkablik tug‘dirmoqda. Bolalarda immun tizimining yetarlicha shakllanmaganligi sababli kasallik tez-tez generalizatsiyalashgan shakllarda kechadi, kattalarda esa dori-darmonlarga chidamli tuberkuloz shakllarining ko‘payishi davolash samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

ATIPIK HOLATLAR

Junaydulloev Shohro’z

Toshkent Tibbiyot Universiteti Termiz filiali Ftiziatriya mutaxasisligi ordinatori

Xolbaev A.Y.

Toshkent Tibbiyot Universiteti Termiz filiali yuqumli kasalliklar,

dermatovenerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi assistenti Dolzarbligi:Tuberkuloz bugungi kunda global miqyosda eng xavfli infeksion kasalliklardan biri bo‘lib, uning ijtimoiy ahamiyati va yuqori darajadagi o‘lim ko‘rsatkichlari sog‘liqni saqlash tizimi oldida jiddiy muammolar tug‘dirmoqda. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili 10 milliondan ortiq yangi tuberkuloz holatlari qayd etilib, shundan 1,3 millionga yaqini o‘lim bilan yakunlanadi. O‘zbekiston Respublikasida ham oxirgi yillarda kasallik ko‘rsatkichlari asta-sekin pasayish tendensiyasiga ega bo‘lsa-da, bolalar va kattalarda uchraydigan klinik shakllarning xilma-xilligi, ayniqsa atipik ko‘rinishlar tashxisiy murakkablik tug‘dirmoqda. Bolalarda immun tizimining yetarlicha shakllanmaganligi sababli kasallik tez-tez generalizatsiyalashgan shakllarda kechadi, kattalarda esa doridarmonlarga chidamli tuberkuloz shakllarining ko‘payishi davolash samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot maqsadi: Kattalar va bolalarda uchraydigan tuberkuloz shakllarining klinik va radiologik xususiyatlarini, atipik kechish holatlarini, shuningdek tashxis qo‘yishdagi asosiy qiyinchiliklarni aniqlash hamda ularni qiyosiy tahlil qilish. Materiallar va usullar: Tadqiqot 2024-2025-yillar davomida Surxondaryo viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazida sil kasalligi tashxisi qo’yilgan 100 nafar bemorlar (70 nafar katta yoshli bemorlar va 30 nafar bolalar)da klinik kuzatuvlar o’tkazildi. Bemorlarning anamnestik ma’lumotlari, laborator ko‘rsatkichlari (mikroskopiya, GeneXpert MTB/RIF, madaniy usul), radiologik tekshiruvlari (rentgenografiya, KT), shuningdek immunologik testlar natijalari o‘rganildi. Ma’lumotlar JSSTning rasmiy statistikasi bilan qiyosiy tahlil qilindi. Natijalar: Kattalarda tuberkulozning 65% hollarda infiltrativ, 20% hollarda kavernoz va 15% hollarda disseminatsiyalashgan shakllari qayd etildi. Bolalarda esa 60% hollarda intratorakal limfa tugunlari tuberkulozi, 25% hollarda plevral shakl, 10% hollarda generalizatsiyalashgan (miliar tuberkuloz), 5% hollarda tuberkuloz meningiti kuzatildi. Kattalarda klinik simptomlar aniq va klassik ko‘rinishda bo‘lsa, bolalarda simptomatika ko‘pincha o‘chgan, yashirin shaklda kechib, tashxis qo‘yish jarayonini kechiktirdi. Atipik holatlar sifatida kattalarda suyak-bo‘g‘im va urogenital tuberkuloz ko‘proq qayd etildi, bolalarda esa generalizatsiyalashgan va meningial shakllar ustunlik qildi. Bundan tashqari, kattalarda MDR-TB (multidori chidamli tuberkuloz) bemorlar ulushi 14% ni tashkil etdi. Xulosa: Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, kattalar va bolalarda tuberkulozning klinik va tashxisiy ko‘rinishlari tubdab farq qiladi. Bolalarda kasallik ko‘pincha atipik, yashirin yoki generalizatsiyalashgan shakllarda namoyon bo‘lsa, kattalarda infiltrativ va kavernoz shakllar ustunlik qiladi. Bu esa bolalarda erta BCG immunizatsiyasi, muntazam profilaktik ko‘riklar, zamonaviy molekulyardiagnostik usullarni keng qo‘llash zarurligini, kattalarda esa skrining dasturlarini kuchaytirish, MDR-TBga qarshi samarali strategiyalar ishlab chiqish va individual davolash rejimlarini joriy etish muhimligini ko‘rsatadi. Shu tariqa, yosh guruhlari bo‘yicha differensial yondashuv tuberkulozga qarshi kurash samaradorligini oshiradi.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.