ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

“KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR BILAN TA’MINLASHNING TUTGAN O‘RNI”

Annotatsiya

Ushbu maqolada iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirilayotgan institutsional o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liqligi, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashning tutgan o‘rni va imkoniyatlarini yaratish masalalari ko‘rsatib berilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

TA’MINLASHNING TUTGAN O‘RNI”

Quldasheva Maftuna Musurmon qizi

“TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya

va agrotexnologiyalar instituti “Yer resurslarini

boshqarish kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi

Ushbu maqolada iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirilayotgan institutsional o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liqligi, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashning tutgan o‘rni va imkoniyatlarini yaratish masalalari ko‘rsatib berilgan.

Kalit so‘zlar: kichik biznes, tadbirkorlik, zamonaviy mini-texnologiya, investitsiya muhiti.

Ma’lumki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, biznes subyektlarini jadal va barqaror rivojlantirish masalasidagi ba’zi salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari mamlakatimizda ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy mini-texnologiyalarni keng jalb etish masalasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminarlar ham tashkil qilinmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati subyektlariga tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, chet el investitsiyalari hamda mini-texnologiyalarini yanada keng jalb etish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalarining o‘rganilishi ijobiy natija bermoqda.

AQShda Federal Agentlik -AQSH kichik biznes ishlari bo‘yicha maxsus ma’muriyat tuzilib, o‘sha kundan boshlab hozirgacha mazkur agentlik kichik biznes manfaatlarini davlat darajasida himoya qilmoqda. Ushbu tashkilot filiallari barcha yirik shaharlarda joylashgan, shu tariqa kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash siyosati AQShning asosiy iqtisodiy markazlarigagina emas, balki barcha shtatlarga tarqalmoqda. Kichik biznes va uning filiallari ishlari bo‘yicha asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

- biznes uchun kredit olishda yordam;

- AQSHda kichik biznesni texnika va axborotlar bilan ta’minlashda qo‘llabquvvatlash;

- biznes uchun kreditlar bo‘yicha kafolatlar taqdim qilish;

- o‘z budjeti mablag‘lari hisobiga kichik biznesni bevosita subsidiyalash va kreditlash.

Kichik biznes korxonalariga nisbatan huquqiy qonunchilikni saqlash uchun Federal agentlik kabi maxsus Advokatlik bo‘limi tuzilib, u sud va Kongressdagi biznes manfaatlarini yoqlamoqda. AQSH hukumati o‘zining iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasida kichik biznesga asosiy rol beradi. AQSH hukumati vazirlarining ma’ruzalarida kichik biznes butun iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning muhim dastagi ekanligi muntazam yoritilib kelinmoqda.

Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, kichik biznesni kreditlash - kichik korxonalarni rivojlantirishning zaruriy omilidir. Singapurda yuzlab imtiyozli kreditlash dasturlari joriy etilmoqda. Bunga foydali sharoitlardagi maxsus zayomlar, kredit risklarini sug‘urtalash, subsidiyalash kabilar kiradi. Bandlar soni 10 kishidan oshmaydigan mikrokorxonalar uchun maxsus imtiyozli kreditlash sharoitlari yaratilgan. Umuman, mamlakat kredit-bank tizimi davlat tomonidan to‘liq qo‘llabquvvatlanmoqda va nazorat qilinmoqda. Bu hol kredit stavkalarini muntazam pasaytirish imkonini bermoqda.

Malakali menejerlar, mutaxassislar, xodimlarni tayyorlash sohasida davlat tuzilmalarining ishini alohida qayd etish lozim. Davlat kichik biznes sohasida band kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlashga xarajatlarning katta qismini o‘z hisobidan qoplaydi. Buning uchun Singapurda davlat va xususiy o‘quv yurtlari amal qilmoqda. Singapurda kichik biznesning turli tarmoqlarida meyor va standartlarga rioya qilinishini kuzatib boradigan davlat nazorat organlari tuzilgan bo‘lishiga qaramay, mamlakatda amaldorlar byurokratiyasi eng kam holatga keltirilgan. Nazorat kichik biznes holatining samarali monitoringi, u yoki bu korxona uskunalarini modernizatsiyalash zarurligini aniqlash, yordam ko‘rsatish uchun zarur. Shuni qayd etish lozimki, amaldor shaxsni sotib olish ehtimoli amalda 100% istisno qilingan. Amaldorlarga qandaydir sovg‘a-salomlar olish, birgalikda restoranlar, kafelarga borish taqiqlanadi.

Xulosa va takliflar. Kichik biznesning rivojlanishi davlat tomonidan qo‘llabquvvatlanayotgan bugungi kunda uning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, innovatsion taraqqiyot talablari bo‘yicha barqaror iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan foydalanilmayotgan imkoniyatlar hali katta. Bu borada rivojlangan va rivojlanayotgan xorijiy mamlakatlarning boy tajribasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi va ushbu maqsadda quyidagi chora-tadbirlarni bajarilishi maqsadga muvofiqdir:

1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimidan oqilona foydalanish;

2. Barcha viloyatlarda ularning hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda Prezidentimiz rahnamoligida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish, mavjudlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlashga alohida e’tibor qaratish;

3. Mutaxassislar tomonidan zamonaviy mini-texnologiyalarni izlab topish;

4. Tijorat takliflari olish va elektron shartnomalar imzolashning tashkiliy masalalari, tadbirkorlik subyektlarining chet eldan texnologiyalar olib kelish tartibiga

Yuqoridagi keltirilgan barcha tadbirlarni amalga oshirish hamda mamlakatimiz tomonidan beriladigan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlaridan, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident Farmonlari va viloyatimizda amalga oshirilayotgan chora- tadbirlarni o‘z vaqtida qo‘llash, moddiy-texnika bazasidan, zamonaviy boshqaruv texnologiyalardan samarali foydalanish, globallashuv jarayonining ijobiy tomonlarini o‘zlashtirish natijasida istiqboldagi vazifalarning bajarilishiga imkon yaratish, huquqiy-meyoriy hujjatlardan o‘z o‘rnida, o‘z vaqtida foydalanish, istiqboldagi yutuqlarga imkon yaratish, iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijasiga erishishga hamda O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik va kichik biznes yuritilishi uchun har tomonlama qulay bo‘lgan investitsiya muhitini yaratish, shu jumladan, huquqiy-meyoriy bazani takomillashtirish, kichik biznes subyektlari hamda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va yengilliklarning yaxlitligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yuritishda yuzaga kelayotgan byurokratik g‘ov va to‘siqlarga barham berish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlari.

2.O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuni.

3.O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, 1996 yil 25 aprel.

4.O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to’g’risida”gi Qonuni. – T.: 14 aprel 1999 yil.

5. “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida”. “Xalq so’zi” gazetasi, 2000 yil 21 mart.

6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Qarori, 23.03.2018 y.

7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4354- sonli Farmoni.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.