ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

KICHIK MAKTAB DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Annotatsiya

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning maktabga tayyorgarlikjarayonida sodir bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. 7–10 yoshoralig‘idagi bolalarning bilish jarayonlari, ko‘nikmalari, moslashuvchanligi,emotsional-irodaviyholati hamda ijtimoiy munosabatlaridagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bu davrda diqqat, xotira,tafakkur va nutq kabi psixik jarayonlarning rivojlanish xususiyatlari ilmiy asosda yoritiladi


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

KICHIK MAKTAB DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI.

Xushboqova Shaxnoza Ravshan qizi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.

Ilmiy raxbar: Badalov Dilmurod Abdixalilovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o’qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning maktabga tayyorgarlik jarayonida sodir bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. 7–10 yosh oralig‘idagi bolalarning bilish jarayonlari, ko‘nikmalari, moslashuvchanligi,emotsional-irodaviy holati hamda ijtimoiy munosabatlaridagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bu davrda diqqat, xotira, tafakkur va nutq kabi psixik jarayonlarning rivojlanish xususiyatlari ilmiy asosda yoritiladi.

Kalit so‘zlar.Kichik maktab yoshi,psixik faollik, shaxsini rivojlanishi, ta‘lim motivatsiyasi, jismoniy rivojlanish, ijtimoiy hayot, muloqot.

Аннотация. В данной статье представлены сведения о психологических изменениях, происходящих у детей младшего школьного возраста в процессе подготовки к школе. Анализируются познавательные процессы, навыки, адаптивность, эмоционально-волевое состояние, а также изменения в социальных отношениях детей в возрасте 7–10 лет. В этот период на научной основе освещаются особенности развития таких психических процессов, как внимание, память, мышление и речь.

Ключевые слова: младший школьный возраст, психическая активность, развитие личности, учебная мотивация, физическое развитие, социальная жизнь, общение.

Abstract. This article provides information about the psychological changes that occur in children of primary school age during the process of preparing for school. It analyzes the cognitive processes, skills, adaptability, emotional-volitional state, as well as changes in social relationships of children aged 7–10. During this period, the developmental features of such mental processes as attention, memory, thinking, and speech are explained on a scientific basis.

Keywords: primary school age, mental activity, personality development, learning motivation, physical development, social life, communication.

Kirish. Kichik maktab yoshi – bu bolaning psixik rivojlanishidagi maʼlum bir davrni anglatadi. Ushbu davr odatda 7-8 yoshdan 9-10 yoshgacha bo‘lgan vaqtni qamrab oladi va bola hayotida yangi faoliyat turi – o‘quv jarayonining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Psixolog-olimlar (L.S. Vygotskiy, D.B. Elkonin, A.N. Leontyev va boshqalar) ta’kidlaganidek, o‘quv faoliyati yetakchi faoliyat turi hisoblanib, bola psixikasining barcha jihatlarini rivojlantirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi.

Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o'qishi ko'p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog'liq. Bolaning maktabda o'qishga tayyorligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

Shaxsiy tayyorgarlik . Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqishning mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o'zining maxsus o'rni bolishiga intilish, muhim baholanadigan faoliyatni bajarish ya'ni o'quvchi bo'lish.[1.23-b]

Kichik maktab yoshidagi bilish jarayonlarini taraqqiyoti. O‘qish faoliyati kichik maktab rivojlanishidagi o‘quvchining aql-idroki, sezgilari, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushurish imkoniyatlarining rivojlanish uchun muhim shart sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Shu rivojlanishdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, xayolining yorqinligi, xotiraning kuchliligi, tafakkurning yaqqolligi o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi bilan boshqa rivojlanishdagi boshqa bolalardan ajralib turadi.[ 2. 99-100 b.]

Asosiy qism. Kichik maktab yoshi shaxsini rivojlanisi. O‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxs xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrida bola shaxsining rivojlanishi davom etadi. O‘quvchining maktabdagi muvofaqqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining rivojlanishiga to‘liq ijobiy asos bo‘ladi.buning natijasida bola o‘z-o‘zidan oilasi, o‘qiyotgan sinfi va boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin.

Kichik maktab yoshi — bolalikning muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, bu davrda bolaning psixik rivojlanishi faol tarzda kechadi. Aynan shu davrda bolada diqqat, xotira, tafakkur va nutq kabi kognitiv jarayonlar shakllanadi va rivojlanadi. Ushbu jarayonlar esa bolaning o‘quv faoliyatiga jalb qilinishi va uni samarali o‘zlashtirishida muhim rol o‘ynaydi.[ 3.20–40-b.)] O‘quv jarayoni nafaqat bilim berish, balki bolaning shaxsiy fazilatlarini, muloqot malakalarini va ijtimoiy muhitga moslashuvchanligini shakllantiradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishiga bir vaqtning o‘zida biologik (nasliy xususiyatlar, jismoniy rivojlanish), ijtimoiy (oila, jamiyat, muhit), pedagogik (o‘qitish metodlari, o‘qituvchi shaxsi) va shaxsiy (bolaning ichki motivatsiyasi, qiziqishlari) omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham ushbu davrda bolalarga nisbatan individual yondashuv, ularning psixologik holatini hisobga olgan holda o‘quv jarayonini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. [ 4.224 b.] Mazkur yondashuvlar orqali bola o‘zining intellektual, axloqiy va ijtimoiy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga qodir bo‘ladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, aynan kichik maktab yoshi bola rivojining asosiy poydevorini yaratadi, kelgusidagi o‘quv muvaffaqiyati va shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Metadologik qismi.(olib borilgan ishlar, tadqiqotlar, ilmiy ishlar, maqolalar)

Kichik maktab yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishidagi maʼlum bir davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu davr odatda 7 yoshdan 11–12 yoshgacha bo‘lgan vaqtni qamrab oladi. Bola hayotida yangi faoliyat turi – o‘quv jarayonining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Psixolog-olimlar (L.S. Vygotskiy, D.B. Elkonin, A.N. Leontyev va boshqalar) ta’kidlaganidek, o‘quv faoliyati yetakchi faoliyat turi hisoblanib, bola psixikasining barcha jihatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bolaning maktabga borishi bu undagi aqliy, ijtimoiy va axloqiy sifatlar rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Unda bolaning ichki dunyosi faol tarzda shakllanadi, tashqi muhitga nisbatan ongli munosabati kuchayadi. Qo‘yilgan talablar, baholash tizimi, o‘zini tengdoshlari bilan solishtirish kabi omillar bolaning shaxsiy sifatlaridagi o‘zgarishlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Diqqat – barqarorlik, ko‘lam va taqsimlanish xususiyatlariga ega bo‘lib, bu yoshda diqqatni maʼlum bir faoliyatga qaratish chalg‘ituvchi omillarga qarshi kurashish qobiliyati asta-sekin shakllanadi.

Xotira – bola dastlab mexanik eslab qolishga tayanadi, biroq o‘quv topshiriqlari asosida mantiqiy xotira shakllanadi. Reproduktiv va produktiv xotira o‘rtasida muvozanat yuzaga keladi.

Tafakkur – bu davrda mantiqiy, so‘zli tafakkur shakllana boshlaydi. Bola umumlashtirish, taqqoslash, sabab-oqibat munosabatlarini tushunish, tushunchalar hosil qilish ko‘nikmalarini egallaydi!

Nutq – ushbu davrda nutq faol tarzda rivojlanadi. So‘z boyligi ortadi, grammatik jihatdan to‘g‘ri va mazmunli jumlalar tuzishga o‘rganadi. Nutq nafaqat aloqa vositasi, balki tafakkur vositasi sifatida ham namoyon boʻladi! [5. 600 b.]

Kichik maktab yoshidagi bolalarda ijtimoiy moslashuv, o‘z-o‘zini anglash, baholash jarayonlari faollashadi. Ushbu davrda bola o‘zini jamiyat a’zosi sifatida anglaydi, rolini tushunadi. Shu asnoda ijtimoiy me’yorlarga moslashishga harakat qiladi. [6. 116 b.]

Bolaning ijtimoiy rivojlanishida uchta omil muhim ahamiyat kasb etadi:

1. Oila – asosiy tarbiyaviy muhit, emotsional qo‘llab-quvvatlov manbai hisoblanadi. 2. Maktab – bilim berish bilan birga, ijtimoiy muhitga moslashish maydoni sanaladi! 3.Tengdoshlar – shaxslararo munosabatlarda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantiradi!

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, kichik maktab yoshida bolada ko'pgina o'zgarishlar ro'y beradi.Bola o‘qituvchisi bilan yaxshi axloqiy unosabatda bo‘ladi. Bu o'quv faoliyati ko'nikmalarining shakllanishi, o'z o'zini boshqarish,dunyoni bilish munosabati shakllanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola o'z xulq-atvorini boshqara boshlaydi. Uyda va jamoat joylarida o'zini qanday tutish kerakligi haqida xulq atvor normalarini aniq tushunadi, kattalar va tengdoshlari bilan shaxslararo munosabatda o'z emotsiyalariniboshqara oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Tohirova Maftunaxon Zokirjon qizi, Djuxonova Nohida Hayotjonovna “Kichik maktab yoshidagi bolalarda aqliy taraqqiyotning namoyon bo‘lishi” 99-100 b.

2. Tohirova Maftunaxon Zokirjon qizi, Djuxonova Nohida Hayotjonovna “Kichik maktab yoshidagi bolalarda aqliy taraqqiyotning namoyon bo‘lishi”23-b.

3. Lev Vygotskiy — “Pedagogik psixologiya” 20–40-betlar oralig‘i) [ G‘oziyev E.G‘. Yosh davrlari psixologiyasi. – Toshkent: "O‘qituvchi", 2002. – 224 b.

4. Nishanova Z.T., Kamilova N.G. Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya. – Toshkent: "O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati", 2018. – 600 b

5. Davletshin M.G., Do‘stmuhammedova Sh.A. va boshq. Yosh va pedagogik psixologiya. – Toshkent: TDPU, 2007. – 116 b.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.