KIRISH: ushbu maqolada kibersportchilarni tayyorlash, kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida kibersport turlari bo‘yicha chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarni o‘tkazish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boorish yuzasidan ma’lumotlar berilgan.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi lazertag o‘yini bilan shug‘ullanuvchi talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan maxsus mashg‘ulotlar metodikasini ishlab chiqish hamda ushbu metodikaning samaradorligini amalda aniqlashdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida kibersport, lazertag va jismoniy tarbiya sohasidagi ilmiy-uslubiy manbalar tahlil qilindi. Metodologik asos sifatida 8–10 haftalik mashg‘ulot mezosikli rejalashtirilib, haftasiga 2–3 marotaba (60–80 daqiqa) tizimli mashg‘ulotlar o‘tkazildi; shuningdek, nazorat testlari (30 m va 4x10m yugurish, 1000 m yugurish, reaksiya testi), sotsiologik so‘rovnomalar va statistik tahlil usullaridan majmuaviy foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijasida lazertag o‘yinchilarini tayyorlashning haftalik mashg‘ulot sikli va ularning jismoniy va psixologik tayyorgarlik modeli (nazariy, texnik, taktik, jismoniy va psixologik) ishlab chiqildi. Tizimli mashg‘ulotlar natijasida talabalarning tezkorlik ko‘rsatkichlari o‘rtacha 9–12% ga, chidamliligi 10–15% ga, koordinatsiya va chaqqonligi 7–10% ga oshgani hamda motivatsiya darajasi (85% ijobiy ko‘rsatkich) sezilarli darajada yuqori bo‘lgani aniqlandi.
XULOSA: Lazertag o‘yiniga asoslangan mashg‘ulotlar metodikasi talabalarning jismoniy va psixofizik ko‘rsatkichlarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirish hamda baholab borish imkonini beruvchi samarali vositadir. Taklif etilgan tayyorgarlik modeli kelajakda kibersportchilarni professional tayyorlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan IT-xizmatlarini loyihalash uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
INTRODUCTION: this article provides information on the training of esports athletes, the further development and popularization of esports disciplines, and scientific research on the mechanisms of conducting championships, tournaments, and other competitions in esports among youth.
AIM: the main objective of this study is to develop a comprehensive physical training methodology for students involved in lasertag and to empirically verify its effectiveness in improving their physical performance parameters.
MATERIALS AND METHODS: the research involved an extensive review of scientific literature in esports, physical education, and sports training. The methodological framework incorporated an 8–10 week training mesocycle (2–3 sessions per week, 60–80 minutes each), pedagogical fitness tests (30m sprint, 4x10m shuttle run, 1000m run, reaction time tests), participant surveys, and comparative statistical analysis.
DISCUSSION AND RESULTS: the study yielded a structured weekly training cycle and an integrated preparation model for lasertag players encompassing theoretical, technical, tactical, physical, and psychological components. Experimental results demonstrated an average improvement of 9–12% in speed, 10–15% in endurance, and 7–10% in agility and coordination, alongside a notable increase in student motivation (85% positive engagement).
CONCLUSION: Incorporating lasertag into systematic physical education provides an effective approach for enhancing students' physical qualities, tactical thinking, and psychological resilience. Furthermore, the proposed structural model serves as a foundation for designing automated IT tools and digital monitoring systems for phygital sports training.
Pedagogika fanlariGeoaxborot tizimlariLoyihalash metodikasiRaqamli texnologiyalar
Bayimbet Iskandarov
Mazkur maqolada uch o‘lchamli geovizualizatsiya, fazoviy munosabat va dalillash masalasi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga geoaxborot tizimlarini loyihalashni o‘qitish uchun tekshiriladigan pedagogik yechimni asoslashdan iborat. Adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, o‘quv …
San'atshunoslik fanlariO‘zbek milliy musiqa san’atiDoiraAn’anaviy ijrochilik
To‘rayev Qahramon Fayzullayevich
Mazkur maqolada o‘zbek an’anaviy doira ijrochiligida usul tushunchasi, uning ritmik-intonatsion xususiyatlari, ijro texnikasi va badiiy-estetik imkoniyatlari ilmiy- nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Doira usullarining xalq musiqasi, maqom san’ati, marosim musiqasi va ansambl ijrochiligidagi funksional ahamiyati yoritil…
Pedagogika fanlariLearning analyticsStudent engagementTeacher education
Akbarova Sevarakhon Khusanboy qizi
This article examines methodological perspectives on using learning analytics to monitor and support student engagement in teacher education. The central problem is that traditional assessment and attendance-based control systems do not adequately reveal future teachers’ behavioural, cognitive, emotional, social and pr…
Pedagogika fanlariIjodkorlikIjodkorlik ko‘nikmasiBo‘lajak pedagog
Madiyev Otamurod Bobomurodovich
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagogning kasbiy faoliyatida ijodkorlikning namoyon bo‘lish shakllari — dars loyihalash, muammoli vaziyatni hal qilish, metod tanlash, ta’limiy topshiriq yaratish hamda refleksiya va baholash jarayonlari misolida tahlil qilingan. Ijodkorlik statik xususiyat emas, balki faoliyatning turli bosqi…
K mexanizmlari uchta ilmiy manbaning qiyosiy tahlili asosida yoritiladi. Diqqatni boshqaruvchi neyron tarmoqlar, ish xotirasi, tormozlovchi nazorat va kognitiv moslashuvchanlikning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Diqqat mashqlari, qoidali o‘yinlar va kognitiv murakkabligi bosqichma-bosqich oshiriladigan topshiriql…