ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

MAKTABGACHA YOSH DAVRI BOLALARIDA IRODAVIY FAZILATLARINI TARBIYALASH YOʻLLARI

Annotatsiya

Bolalar irodalarini rivojlantirish uchun muhim omillardan biri bu  didaktik, qoidali o'yinlardir. Bu o'yinlarda bolalar, o'yin yakuniga qo'yilgan yutuqqa erishish uchun yoki boshqalardan o'tish va o'yin natijasiga qiziqqani uchun  qoidaga rioya qilishi kerak va shu joyda bolaning irodasi kerak bo'ladi.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda iroda  kun davomida shakllantirib, rivojlantirib boriladi. Ush bu maqolada bolalarda iroda sifatlarini shakllantirishda ota-ona va pedagoglarga turli tavsiyalar berilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

FAZILATLARINI TARBIYALASH YOʻLLARI

Nazarova Dilnoza Oʻrazaliyevna

Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

Yazdankulova Jasmina, Mirsaidova Zaynura

Zarmed universiteti 1-kurs talabalari

Annotatsiya. Bolalar irodalarini rivojlantirish uchun muhim omillardan biri bu didaktik, qoidali o'yinlardir. Bu o'yinlarda bolalar, o'yin yakuniga qo'yilgan yutuqqa erishish uchun yoki boshqalardan o'tish va o'yin natijasiga qiziqqani uchun qoidaga rioya qilishi kerak va shu joyda bolaning irodasi kerak bo'ladi.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda iroda kun davomida shakllantirib, rivojlantirib boriladi. Ush bu maqolada bolalarda iroda sifatlarini shakllantirishda ota-ona va pedagoglarga turli tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: maktabgacha yosh, irodaning shakllanishi, irodali bola, didaktik oʻyinlar, ertak va hikoyalar.

Аннотация. Одним из важных факторов развития воли у детей являются дидактические игры, основанные на правилах. В этих играх дети должны следовать правилам, чтобы в конце игры достичь цели или превзойти других, быть заинтересованными в результате игры, и здесь необходима воля ребенка. У детей дошкольного возраста воля формируется и развивается в течение всего дня. В статье даются различные рекомендации родителям и педагогам, способствующие формированию волевых качеств у детей.

Ключевые слова: дошкольный возраст, формирование воли, волевой ребенок, дидактические игры, сказки и рассказы.

Abstract. One of the important factors for the development of children's will is didactic, rule-based games. In these games, children must follow the rules in order to achieve the goal set at the end of the game or to pass others and be interested in the result of the game, and this is where the child's will is needed. In preschool children, the will is formed and developed throughout the day. In this article, various recommendations are given to parents and educators in the formation of will qualities in children.

Key words: preschool age, the formation of will, a strong-willed child, didactic games, fairy tales and stories,

Iroda - bu odamning o'z faoliyati va psixik jarayonlarini o'zi boshqarishda namoyon bo'ladigan qobiliyati. Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam irodani talab qiladi.Iroda-insonning o'z hatti-harakatlarini ongli ravishta boshqari, nazorat qilib tartibga solish. Iroda bu insonni bir ish qilishda o'sha ishni bajarishga undovchi,oxiriga yetkazishga turtki bo'luvchi ongli hissiyot.

Insonda irodani rivojalntirish va kuchaytirish bolalikdan boshlanadi. Bu esa bosqichma - bosqich amalga oshiriladi. Bolalikdan boshlab irodani rivojlantirish uchun e'tibor qaratilmasa, bu keyinchalik o'z ta'sirini koʻrsatadi va bola ulg'aygan sari oldidan chiqqan to'siqlarga irodasi zayiflik qilib bola o'zini oʻrtga tortishi ham mumkin va o'zi uchun oson va doim jonining qiynalmasligini, mashaqqat chekmasligini o'ylashni boshlaydi va bu bora - bora yomon oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.

Irodali bola deganda – barcha oʻyin turladida mashaqqatlarga chidamli, doim oldinga intiluvchi, har kimning ham so'zini o'ziga olib ortga chekinmaydigan, xatosini bilib tan oluvchi va uni tuzatishga chin dildan harkat qiluvchi, kattalarni hurmat qiluvchi, kichiklarni izzat qiluvchi, qisqa qilib aytganda oʻz maqsadi yoʻlida chekinmaydigan shaxslarga aytishimiz mumkin.

Hech kimda iroda tug'ilganidan boshlab rivojlangan bo'lmaydi, bu o'sish jarayonida rivojlantiriladi. Inson tug'ilganda iroda 1-2 % bo'lishi mumkin, masalan bolaning och qolganida ona tomondan berilgan sutni to'yguncha emishi, bunga misol bo'la oladi.

Bola 1-2 yoshga yetganda yurishga harakat qilishi yokida yurishni boshlashi, kattalarning qilma, yema, tegginma, o'tir va shunga o'xshash buyruqlarini oz qismda bo'lsada bajarishi bolaning irodasini rivojlantirishga yordam beradi. 3 yoshda bog'chaga borish davrida bolada yangi muhit bu uning irodasi rivojiga katta ta'sir ko'rsatadi. 3-4 yoshlar kichik guruhlarda xotira yaxshi rivojlanmaganligi uchun bu yoshda bolalar tarbiyachilar tomonidan berilgan og'zaki buyruqni oxirigacha yetkazmasdan o'zlarining ko'zlariga yaxshi ko'ringan ish bilan mashg'ul bo'ladilar.

O'rta va katta guruh bolalari, 5-6 yoshda esa xotira va iroda qisman rivojlanganligi sababli kattalar tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishlari mumkin. Maktabga tayyorlov guruh bolalari esa ulardagi xotira, iroda va qat'iyat jadal rivojlangan bo'ladi shu sababli tarbiyachi va boshqa katta shaxslar tomonidan berilgan topshiriqlarni to'laqonli yakuniga yetkazib bajaradilar.

Bog'cha yoshidagi bolalarda irodaviy harakatlarning rivojlanishida, ular nutqining tobora o'sib borishi, juda katta ahamiyatga ega. Pedagoglar va ota-onalar turli yoshdagi bolalarga og'zaki suratda turli xil vazifalarni topshiradilar, bolalar ayni chog'dagi yoki boshqa qilayotgan ishlarini qo'yib kattalarning topshirgan vazifalarini bajarishlari kerak. Ana shunday topshiriqlar berish orqali bolalarda ixtiyoriy harakatlarni o'stirib borish mumkin. Lekin og'zaki topshiriqlarni bog'cha yoshidagi hamma bolalar ham bir xil bajaravermaydilar. Bolalardagi irodaviy harakatlani rivojlantirish maqsadida ularni o'z-o'ziga xizmat qilish, guruhda navbatchilik qilish, poliz ekinlari, gullarni ekish va ualrni parvarishlash, tabiat burchaklarida navbatchilik qilsih kabi mehnat turlariga jalb qilish zarur.

Bolalar irodalarini rivojlantirish uchun muhim omillardan biri bu didaktik, qoidali o'yinlardir . Bu o'yinlarda bolalar, o'yin yakuniga qo'yilgan yutuqqa erishish uchun yoki boshqalardan o'tish va o'yin natijasiga qiziqqani uchun qoidaga rioya qilishi kerak va shu jog'da bolaning irodasi kerak bo'ladi.Shunda bolaning irodasi qay daraja rivojlanayotganini bilish mumkin.

Bolalardagi irodaviy harakatlarni rivojlantirish maqsadida ularga ertaklar, hikoyalar, xalq og'zaki yoki adiblarimiz asarlarini o'qib berib misol qilib ko'rsatishimiz va sahna ko'rinishi qilib bolalarni shu qahramonlarning o'rnilariga o'zlarini qo'yib ko'rishlariga zamin yaratishim mumkin. Masalan ertaklardan ''Toshbaqa va quyon ''ertagidagi toshbaqa marraga yetib borish yo'lida qilgan sabr va irodasi, o'zbek xalq asarlaridan ''Alpomish'' kabi afsonalarni hikoya qilib berishimiz mumkin.

Iroda, tug'ilganda bo'lmaydi keyinchalik rivojlantiriladi va u bir kunda mustahkamlanmaydi aksincha hayot davomida har doim u rivojlantiriladi va mustahkamlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Sh. Sodiqova “Maktabgacha pedagogika” darslik, T.: 2023 y

2. Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi 2022 y

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.