ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NEYROPSIXOLOGIYASI ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI

Annotatsiya

Ushbu maqolada inson psixikasining mohiyati, uning materiyaning yuksak rivojlangan shakli sifatidagi xususiyatlari hamda ob’ektiv borliqni faol aks ettirish jarayoni tahlil qilinadi. Psixikaning o‘tgan, hozirgi va kelajak hodisalarini o‘zida mujassamlashtirishi, xotira, aqliy jarayonlar, hissiy kechinmalar, niyat va fantaziyalar orqali tartibga solinishi yoritiladi. Shuningdek, anglanilgan va anglanilmagan psixika o‘rtasidagi farqlar hamda inson psixikasining hayvon psixikasidan sifat jihatidan ustunligi ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

--⊱⊱ 132 ⊰⊰--

AMALIY AHAMIYATI

Madaminjonov Xojiakbar Saydamin o‘g‘li, Ahmedova Barnoxon Bahtiyorovna

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va

mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti, ”Pedagogika va psixologiya”

kafedrasi katta o’qituvchisi

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani

137 Davlat Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Annotatsiya: Ushbu maqolada inson psixikasining mohiyati, uning materiyaning yuksak rivojlangan shakli sifatidagi xususiyatlari hamda ob’ektiv borliqni faol aks ettirish jarayoni tahlil qilinadi. Psixikaning o‘tgan, hozirgi va kelajak hodisalarini o‘zida mujassamlashtirishi, xotira, aqliy jarayonlar, hissiy kechinmalar, niyat va fantaziyalar orqali tartibga solinishi yoritiladi. Shuningdek, anglanilgan va anglanilmagan psixika o‘rtasidagi farqlar hamda inson psixikasining hayvon psixikasidan sifat jihatidan ustunligi ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: psixika, ong, anglanilgan psixika, anglanilmagan psixika, xotira, tafakkur, hissiyot, fantaziya

Psixika - bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi (xususiyati), sub'ekt tomonidan ob'ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzalarini sub'ekt o’zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmishning, hozirgi davr va kelasizamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir. O’tmish hodisalari inson xotirasida mujassamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon bo’ladi. Hozirgi zamon aqliy jarayonlar, hissiy kechinmalar, obrazlar va tasavvurlar majmuasida ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu niyatlarda, shuningdek, fantaziya,vijdon azobi, armon va tushlarda aks etadi. Inson psixikasi ham anglanilmagan, ham anglanilgan xususiyatga ega bo’lib, anglanilmagan psixika o’z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan keskin tafovutga va ustuvorlikka ega. Tashqi ob'ektlarning psixika shaklida maxsus tana a'zolari qurilmasining faolva ilgarilab in'ikos etishi harofati bilan mazkur ob'ektlarning xususiyatiga mutlaqo mutanosib harakatlarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Shu bilan birga psixikaning vaziyat ustuvorligi va qidiruv faolligi tufayli organizmning tarkiblari o’rtasida yashash uchun kurash ro’yobga chiqadi.

Xuddi shu boisdan psixikani aniqlovchi asosiy belgilari mavjuddir: predmet muhiti obrazini aks ettirish, tirik tana a'zolarining harakat qilish, ularning mazkur muhitda orientatsiyasi, u bilan aloqaga kirishish ehtiyojidan qoniqish, to’g’ri aloqalar teskari aloqa qilish printsipi bo’yicha aks ettirish to’g’riligini nazoratqilishkabilar. Insonning nazorat instantsiyasi sifatida ijtimoiy amaliyot xizmat qiladi. Teskari aloqa harofati tufayli obraz bilan harakat natijasini taqqoslash amalgaoshiriladi, paydo bo’luvchi holat bu natijasidan oldinroq sodir bo’ladi, chunki u borliqning o’ziga xos modeli sifatida yuzaga kelish imkoniyatiga ega. Genetik kelibchiqishiga binoan, psixika o’zining reflektor tipiga va tarixiga ega bo’lgan alohida siklli tizim sifatida ro’yobga chiqqan. Reflektorlik organizm hayotining ob'ektiv haroitlari birlamchiligini bildiradi. Idrok qilinuvchi mazkur tizimning tarkibiy qismlari ijro etuvchanligi, harakatlarning maqsadga yo’nalganligiga, obraz ta'siriga "teskari" qonuniy o’tish jarayoni hisoblanadi. Psixikaning reflektor tabiatining birinchi shunday ilmiy talqini rus fiziologi I.M.Sechenov tomonidan amalga oshirilgan

--⊱⊱ 133 ⊰⊰-- bo’lib, bir qacha asrlar davomida psixika alohida tanasiz narsa, uni harakatga keltiruvchi, uni nerv jarayonibilan almashtiruvchi, unga tenglashtiruvchi mexanik materialistik yo’nalishga kuchli zarba edi. Psixikaning faolligi reallik bilan bevosita muloqotga kirihish jarayonida namoyon bo’ladi, chunki nerv apparatlarida harakatlanuvchi fizikaviy, kimyoviy qo’zg’atuvchilarni qayta qurish ko’zda tutildi. Qo’zg’ovchilarda, ularning doirasidagi xatti-harakatlarga kuch-quvvat beruvchi, uzluksiz ravishda intiluvchi, xulq-atvor dasturi bajarilishini ta'minlovchi, unga qidiruv jarayoni va variantlar tanlashni o’zida qamrab oluvchi faollikning xususiyatlaridir. Psixika biologik evolyutsiyaning ma'lum bir bosqichida vujudga kelgan bo’lib, uning o’zi omillarning biri sifatida organizmni ularning yashash haroitiga tobora kuchayib boruvchi moslashuvni ta'minlab turadi. Psixikaning insonda paydo bo’lishi sifat jihatdan mutlaqo yangi tuzilishga ega, chunki u ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qonuniyatlari bilan shartlangandir. Faoliyat regulyatsiyasining yuksak darajasi sifatida ong vujudga keladi, psixika faolliginingyuksak ko’rinishi manbai tariqasidaesa shaxs shakllanadi. Bizningcha, metodologik nuqtai nazardan psixika tahlil qilinganda, albatta biosferik va neosferik aloqalar natijalari, ularning ta'sirchanlik kuchi, vaziyat, muhit hamda holatlar (hodisalar) fazoviy joylashuvi, "sun'iy miya"ning vujudga kelishi imkoniyati yuzasidan fikr bildirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Chunki,inson aql-zakovatining quvvati yetmaydigan, payqash imkoniyatiga ega bo’lmagan borliqning mo'jizalari, sirlari mavjuddir, uni hisobga olmasdan ilojimiz yo’q. Shuningdek, qarama-qarshilik mavjud ekanligini tan olish bilan birga, murosa-yu madora, xaotik (betartib) harakatlar hukm surishini unutmaslik lozim.Aks ettirish materiyaning umumiy xususiyatidan iborat bo’lib, ob'ektlarning belgilari va alomatlarini turli darajada adekvat (to’g’ri) idrok qilishga qobiliyatliligi, boshqa ob'ektlarning munosabatlari va tuzilishining tavsiflarini ifodalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Vygotskiy L.S. Psixika va ongning rivojlanishi. – Moskva: Pedagogika, 1982.

2. Luriya A.R. Inson psixikasi va oliy psixik funksiyalar. – Moskva: MGU, 1977.

3. Rubinshteyn S.L. Inson va uning psixik faoliyati. – Moskva: Nauka, 1989.

4. Zimnyaya I.A. Psixologiya: asosiy tushunchalar va jarayonlar. – Moskva: Logos, 2001.

5. Abdurahmonova Q., To‘xtayev N. Umumiy psixologiya. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.

6. Abdullayeva N.Sh. Improving the preschool education system on the basis of cluster technologies// Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation, B. 36872-36886 2021 y

7. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical Conditions for the Development of Artistic Perception in Children of the Fifth Year of Life in the Process of Familiarization with Works of Fine Art// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643-9840, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323

8. Valiyeva F.R., Sharipova G.N. Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations//International Journal of Early Childhood Special Education

(INT-JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022

9. Valiyeva F.R., Raximova S.S. Innovative approaches to preschool education management// International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECS) ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 04 2022

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.