ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

MEDIA AXBOROT VOSITALARI TA’SIRIDA − JAMOATCHILIK FIKRINI TASHKILLASHTIRISH, BOSHQARISH VA NAZORAT QILISH IMKONIYATLARI

Annotatsiya

Maqolada jamoatchilik fikri fenomeniga media axborot vositalarining ta’sir etish omillari ko‘rib chiqilib, uni boshqarish psixologiyasi – tashkillashtirish va nazorat qilish mexanizmlari kesimida tahlil etilgan


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

IMKONIYATLARI

Taniqulov Jonibek Ashirkulovich

Samarqand davlat universiteti “Falsafa va milliy g‘oya” kafedrasi dotsenti

Annotatsiya. Maqolada jamoatchilik fikri fenomeniga media axborot vositalarining ta’sir etish omillari ko‘rib chiqilib, uni boshqarish psixologiyasi – tashkillashtirish va nazorat qilish mexanizmlari kesimida tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar: media axborot vositalari, jamoatchilik fikri, uni tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish mexanizmlar.

Аннотация. В статье рассматриваются факторы влияния СМИ на феномен общественного мнения и дается его анализ с точки зрения психологии управления - механизмов организации и контроля.

Ключевые слова: СМИ, общественное мнение, его организация, управление и механизмы контроля.

Abstract. In the article, the factors influencing the phenomenon of public opinion are considered and analyzed in the section of psychology of management - mechanisms of organization and control.

Key words: mass media, public opinion, its organization, management, control mechanisms.

Jamiyat hayotida jamoatchilik fikri qanday ehtiyoj, maqsad, manfaat yo‘lida shakllanishidan qatiy nazar, namoyon bo‘lish darajalariga ko‘ra tashkillashtiriladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Bu uning asosiy qonuniyatidir[1].

XX asrning ikkinchi yarmi, XXI asr boshlaridan etiboran media axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi asosiy mezonga aylanib ulgurdi. Uning tasir ko‘lami ham, tashkilotchilik mexanizmlari ham inson omili ustidan to‘liq hukmronlikni o‘z qo‘liga oldi deyish mumkin. Masalan, media axborot yetkazuvchi vositalar bo‘lmish: gazeta, radio, televideniya, internet kabilarning barchasida vazifaviy umumiylik bitta, yani jamoatchilik fikrini tashkillashtirish, boshqarish va uning nazoratini ushlab turish metodologiyasiga tayanadi. Bundan tashqari, jamoatchilik fikrini boshqarish mexanizmlari o‘rtasidagi funksional integrasiyalashuvni aniqlashda «medialashuv» prinsipi o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Xususan, jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarni media vositalar tasirida rivojlanish tendensiyalarini korrelyasion bog‘liqlik darajasini ijtimoiy falsafa kategoriyalar (umumiylik va xususiylik) asosida ochib berishi mumkin[2]. Buning uchun jamoatchilik fikrini boshqarishning umumiy (universal) tamoyillariga amal qilish talab etiladi. Bunga quyidagilarni kiritish mumkin:

Birinchidan, jamiyatdagi universal rivojlanishning subyekti bo‘lgan jamoatchilik fikrini, inson omilida mavjud bo‘lgan: ruhiy-emosional kuchdan, yani tashqi media axborot tasir imkoniyatlaridan himoya qilish, muammoga o‘ziga xos yondashuvni ko‘rsatadi. Jumladan, media axborot shakli − «ko‘makchi-vositachi», «usulchivositachi» uslubida ishtirok etib, media axborot vositalari va jamoatchilik fikri o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni tartibga solib turadi.

Ikkinchidan, jamiyat o‘z o‘zini tashkillashtiruvchi murakkab mexanizm sifatida namoyon bo‘lsada, uni boshqaruvchi subyektiv omil jamoatchilik fikri hisoblanadi. Demak, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tizimini media axborot vositalari boshqarmoqda deb qarasak, konkretlashgan ijtimoiy uyushmada jamoatchilik fikrining o‘rniga aniqlik kiritiladi.

Uchinchidan, media axborot shakllariga ijtimoiy birliklar faoliyatini boshqarish obyekti va subyekti tarzida qaralsa, jamoatchilik fikrini kompleks-sistemali tahlil qilish jarayonida ularning funksional-integrasiyalashuv nuqtasi konkretlashadi[3].

To‘rtinchidan, bugungi shiddat bilan keskinlashib, qarama-qarshiliklar avj olib borayotgan globallashuv davrida, jamoatchilik fikrini media axborotning tasir kontekstida boshqarish, ijtimoiy-siyosiy, manaviy-madaniy munosabatlarning integrativ xarakteriga bog‘liq bo‘lib[4], institutsional tizimini tashkil qilgan milliy va mintaqaviy elementlar, funksional jihatdan differensiallashib, uning samaradorligini belgilaydigan omil bo‘lib qolmoqda.

Beshinchidan, jamoatchilik fikrini boshqarish tizimi, tarixiy davrda sayqallashib, umuminsoniy rivojlanishining barqaror sharti sifatida, turli millatlar va davlatlarning amaliy tajribalarida, nazariy bilimlarida, ma’naviy qadriyatlari va ajdod-avlodlaridan meros bo‘lib kelayotgan simvollarni transformasiya qilish mexanizmlarini yaratish, media axborot vositalarining har bir shaklida qaror topib, ijtimoiy taraqqiyotning vorisiyligiga va uzviyligini taminlaydigan kompleks sistemaning xarakteriga bevosita bog‘liq bo‘lib qolmoqda[5].

Xususan, jamoatchilik fikri qarashlarini, tizimli funksionallashuvida, muayyan darajadagi qarorlarini qabul qilinishida, malum qonun ishlab chiqarilish jarayonida, davlat va jamoatchilik o‘rtasidagi huquqiy tenglikka rioya qilinishida, erkinlikni ro‘yobga chiqishi media tasirdan qochib bo‘lmaslikni hayotni o‘zi isbotlamoqda. Tadqiqot jarayonida olingan ilmiy-nazariy natijalar: – jamoatchilik fikri boshqaruviga jarayon sifatida yondashish, obyektiv va subyektiv qarashlarda (o‘zaro korrelyasion tasirda) murakkab dinamik xususiyatlarni yuzaga keltiradi; – ijtimoiy boshqaruvda o‘zaro bog‘liq funksiyalarni bajarish, uzluksiz jarayoni, yani boshqaruv tadrijiyligini taminlaydi; – jamoat boshqaruvi asosan: rejalashtirish, tashkil etish, topshiriqlar berish (mamuriy boshqaruv), motivlashtirish, rahbarlik, koordinasiya, nazorat, tadqiqotlar, kommunikatsiya, baholash, qaror qabul qilish, personal tanlash, muzokaralar olib borish va vakolat berish kabi yo‘nalishlarda olib boriladi. Tadqiqotdan olingan xulosalar quyidagilardan iborat:

Jamoatchilik fikri dinamik jarayon sifatida bosqichma-bosqich shakllanadi. Jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi asosiy elementlarga: ehtiyojlar, qarashlar, motivasiyalar, turli media axborot vositalar orqali harakatga keltirish hamda targ‘ibot qilinish natijasida deformasiyaga uchratish evaziga, uni tashkillashtirish, boshqarish yoki nazorat qilish imkoniyatini yaratish mumkin

Insoniyatni yangi davrga o‘tishi – texnika va texnologiyalar bilan bevosita bog‘liq holda yashashini ko‘rsatib bergan bo‘lsada, uzoq yillardan buyon jamoatchilik fikrini tashkillashtiruvchi, boshqaruvchi yoki nazorat qiluvchi bo‘lib kelayotgan gazeta va jurnallar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, dunyodagi ijtimoiy taraqqiyot bir tekisda rivojlanmagan.

Jamoatchilik fikriga tasir o‘tkazish uchun global kiber qo‘shin boshqaruvchisi hisoblangan internet orqali, cheksiz auditoriyani tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish mumkin. Barcha media axborot vositalari internet tizimidan kuch olgan holda harakat qiladi. Shu bois bu tizimni media axborot manipulyatori deyish to‘gri bo‘ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Yazdonov, U. T., & Babajanov, S. B. (2021). Iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarni joriy etish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish zarurati. Development issues of innovative economy in the agricultural sector, 147. 2. Yazdanov, U. T. (2015). Global problems: historical forecasting and necessity of developing of the public opinion. Theoretical & Applied Science, (9), 76-82. 3. Ulug‘bek Toshmurotovich Yazdonov qishloq xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlarida o‘tiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar (muammo va yechimlar) // Pedagogik fanlar bo'yicha akademik tadqiqotlar. 2022. №Konferentsiya. URL: tiladigan-ijtimoiy-gumanitar-fanlar muammo-va-yechimlar (maʼlumotlar: 15.12.2022) ). 4. Yazdonov, U. T., & Tanikulov, J. A. (2021). Public opinion formation means (on the example of media information).48(12). 5. Tashmuratovich, Y. U., & Ashirkulovich, T. J. (2020, November). Philosophical sciences. In The 5 th International scientific and practical conference―Actual trends of modern scientific research‖(November 8-10, 2020) MDPC Publishing, Munich, Germany. 2020. 577 p. (p. 431). 12. Formation of civil esponsibility at young people today - society is sustainable is an important factor of development // Conferencea International Database, hosted online from Batumi, Georgia on October 11th 2021. 6. The concept of civil responsibility in young people and its peculiarities // The American Journal of Social Science and Education Innovations (lSSN-2689 юох)Published: May 31, 2021 Pages: 438-441 :mpactFactor 2021:5.857 OCLC1121105668 7.The role and role of public control in the fight against corruption // Published in international scientific and practice conference on ―international experience in increasing the effectiveness of distance education: problems and solutions‖ issue "www.ieird.com 2021sjif: 7.169

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.