ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

NASAL ANGIOFIBROMA: KLINIK TASVIR VA DAVOLASH USULLARI

Annotatsiya

 Nasal angiofibroma — bu asosan yosh erkaklarda uchraydigan, yuqori qon tomirli va lokal invaziv xususiyatga ega bo‘lgan, burun va nasofaringeal hududda rivojlanadigan yaxshi sifatli o‘sma hisoblanadi. Kasallik odatda 10 - 25 yoshdagi erkaklarda ko‘proq uchraydi. Bu kasallikning kelib chiqishi aniq o`rganilmagan, lekin bu androgen garmonlarga bog`liq degan taxmin bor, chunki ushbu kasallik ko`pincha pubertat davrdan boshlab rivojlanadi. Kasallikning asosiy klinik belgilari burundan qon ketishi ba`zan takroran qon oqishi kuzatilishi mumkin, burun obstruksiyasi, quloq bosimi va yuz sohasida shish paydo bo`lishi mumkin.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

USULLARI

2-kurs talabasi Axmadxonov Firdavsxon Eldorxon o`g`li

Ilmiy rahbar: Axatova Guljahon Xakimovna

Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti (KIUT), O`zbekiston Annotatsiyasi: Nasal angiofibroma — bu asosan yosh erkaklarda uchraydigan, yuqori qon tomirli va lokal invaziv xususiyatga ega bo‘lgan, burun va nasofaringeal hududda rivojlanadigan yaxshi sifatli o‘sma hisoblanadi. Kasallik odatda 10 - 25 yoshdagi erkaklarda ko‘proq uchraydi. Bu kasallikning kelib chiqishi aniq o`rganilmagan, lekin bu androgen garmonlarga bog`liq degan taxmin bor, chunki ushbu kasallik ko`pincha pubertat davrdan boshlab rivojlanadi. Kasallikning asosiy klinik belgilari burundan qon ketishi ba`zan takroran qon oqishi kuzatilishi mumkin, burun obstruksiyasi, quloq bosimi va yuz sohasida shish paydo bo`lishi mumkin. Maqsad: O`zbekiston Respublikasi miqyosida nasal angiofibromaning tahlili. Tadqiqot materiali va metodlari: Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va Respublika maxsus ilmiy-amaliy markazi. Olingan natijalar: O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri miqyosida nasal angiofibroma bo‘yicha bir nechta ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Masalan, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va Respublika maxsus ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlarda 23 nafar erkak bemorlarning barchasiga endonazal endoskopik rezektsiya usuli qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgan va faqat bitta bemorda 19 oy o`tgach qaytalanish kuzatilgan. Nasal angiofibromaning tashxisi uchun kompyuter tomografiyasi (KT), magnitrezonans tomografiyasi (MRT) va angiografiya kabi usullar qo‘llaniladi. Davolashning asosiy usuli — jarrohlik yo‘li bilan o‘smani olib tashlashdir. Endonazal endoskopik rezektsiya usuli, ayniqsa o‘sma kichik va lokalizatsiyalangan bo‘lsa, samarali hisoblanadi. Biroq, o‘sma kattalashgan va atrofdagi to‘qimalarga tarqalgan bo‘lsa, an'anaviy jarrohlik usullari yoki radioterapiya qo‘llanilishi mumkin.

Xulosa: Nasal angiofibroma asosan androgen garmonlarga bog`liqligi va faqat erkaklarda aniqlanishi kuzatildi. Kasallikning erta aniqlanishi va davolanishi bemorning prognozini ijobiy ta'sir qiladi. Biroq, qaytalanish xavfi hali ham mavjud, shuning uchun muntazam tibbiy nazorat zarur.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.