KASALLIKLARINING UCHRASH PROGNOZI
Samarqand Davlat tibbiyot Universiteti
Terapiya kafedrasi magistratura rezidenti
Ibodullayeva Dilrabo
rustamovna_d@mail.ru
+998901594515
Ilmiy rahbar: PhD. v.v.b dots Maxmatmurodova N.N
Samarqand davlat tibbiyot Universiteti
4-son Ichki kasalliklar kafedrasi assisenti. Kirish Nospetsifik yarali kolit (NYK) – bu surunkali va autoimmun xususiyatga ega bo‘lgan yallig‘lanishli ichak kasalligi bo‘lib, asosan yo‘g‘on ichakni zararlaydi. Oxirgi yillarda olib borilgan tadqiqotlar NYK bilan kasallangan bemorlarda yurakqon tomir tizimi kasalliklari (YQTK)ning ortishi bilan bog‘liq ko‘plab holatlarni qayd etmoqda. Surunkali yallig‘lanish holati, metabolik o‘zgarishlar, qon ketishlarning uzviy davom etishi, immun tizimning disbalansi yurak faoliyatini ham izdan chiqaradi. Shu sababli NYK bilan kasallangan bemorlarda yurak kasalliklarini erta aniqlash va profilaktik yondashuvlarni shakllantirish dolzarb hisoblanmoqda Tadqiqot maqsadi, Nospetsefik yarali kolit bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklarining uchrashini oldindan baholash Materiallar va usullar Nospetsefik yarali kolit bilan kasallangan 50 nafar bemor, ulardan olingan umumiy qon tahlili, EKG ma’lumotlari, Arterial qon bosimi ko’rsatgichlarini statistik va korrelyatsiya usulidan foydalangan holda tahlil qilish Tadqiqot natijalari. Shifoxonada Nospetsefik yarali kolitning turli og’irlik darajali tashxisi bilan davolanayotgan bemorlarning 50 nafari tekshirildi. Tekshirish uchun olingan tadqiqot natijalariga ko’ra ularning umumiy qon tahlilida Gemoglobulin va eritrotsitlar sonida o’zgarishlar kuzatildi. Ulardan 45 nafari (90%) da qon yo’qotish, ovqat o’zlashtira olmaslik natijasida og’ir darajali anemiya aniqlandi. 3 nafari (6%) da o’rta o’g’ir darajali, 2 nafari (4%) da yengil darajali anemiya aniqlangan bo’lsa, EKG va ExoKG natijalariga ko’ra, 76% (38ta bemor) da yurakda chap, o’ng qorincha kengayishlari bilan birgalikda metabolik o’zgarishlar qayd etildi. 24% (12nafar) bemorda esa taxiaritmiya bilan birgalikda chap qorincha giperkinetik holati qayd etildi. Arterial qon bosim ko’rsatgichlari 16% (8 nafar) bemorda og’ir gipotoniya holati (sistolik <80 mm.Hg.ustuni, diastolik <50 mm.Hg.ustuni), 84% (42 nafar) bemorda gipotoniya (sistolik <90 mm. Hg. ustuni, diastolik <60 mm.Hg.ustuni) kuzatildi. Buzilishlarning o’g’ir darajada o’zgarish sababi esa kasallikning qo’zg’alish davrida kuchli qon ketish va bu bosqichda bemorlarning o’zboshimchalik bilan uyda davo choralarini mustaqil ko’rganliklari sabab bo’lmoqda. Chunki o’rganishimiz natijasida 88% (44 nafar) bemor kasallikni uyda mustaqil davolamoqchi bo’lishgan bo’lsa, atigi 12% (6nafar) bemor o’z hududida mavjud birlamchi tibbiyot bo’g’inlariga murojaat qilgan. Xulosa Nospetsifik yarali kolit yurak-qon tomir tizimi uchun xavfli fon kasalligi hisoblanadi. Surunkali yallig‘lanish yurak mushaklari va qon tomirlarining zararlanishiga olib keladi. Shuning uchun bunday bemorlarda yurak kasalliklarini erta aniqlash — EKG, exokardiografiya, laborator ko‘rsatkichlar asosida — yurak asoratlarini kamaytirish va bemorning umr sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Tizimli monitoring, multidisipliner yondashuv (gastroenterolog, kardiolog) va profilaktika choralarini ko‘rish zamonaviy tibbiyotning asosiy yo‘nalishi bo’lib qolmoqda. Bu esa bemorlar hayot sifatini oshirish, kasalliklar asorati kamayishiga olib keladi
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.