ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

OʻZBEKISTONDA MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMIDA NODAVLAT TAʼLIM MUASSASALARINING RIVOJLANISHI VA HUQUQIY ASOSLARI

Annotatsiya

ushbu maqolada Oʻzbekistonda nodavlat taʼlim tashkilotlarining ahamiyati, ularning rivojlanish omillari va huquqiy asoslari tahlil qilingan. Nodavlat taʼlim sektoriga boʻlgan talabning ortishi demografik oʻsish va zamonaviy taʼlimga boʻlgan ehtiyoj bilan bogʻliq ekani asoslab berilgan. Milliy qonunchilik asosida nodavlat taʼlim muassasalarining huquqiy maqomi, ularni tashkil etish, litsenziyalash va nazorat qilish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, sohada uchraydigan muammo va toʻsiqlar tahlil qilinib, takliflar bayon etilgan


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

--⊱⊱ 332 ⊰⊰--

MUASSASALARINING RIVOJLANISHI VA HUQUQIY ASOSLARI

Xolmurodov Aʼzam Shaxriyorovich

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor

va mutaxassislarini qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirish instituti

Boʻlim boshligʻi, pedagogika fanlari

doktori (DSc), dotsent

Annotatsiya: ushbu maqolada Oʻzbekistonda nodavlat taʼlim tashkilotlarining ahamiyati, ularning rivojlanish omillari va huquqiy asoslari tahlil qilingan. Nodavlat taʼlim sektoriga boʻlgan talabning ortishi demografik oʻsish va zamonaviy taʼlimga boʻlgan ehtiyoj bilan bogʻliq ekani asoslab berilgan. Milliy qonunchilik asosida nodavlat taʼlim muassasalarining huquqiy maqomi, ularni tashkil etish, litsenziyalash va nazorat qilish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, sohada uchraydigan muammo va toʻsiqlar tahlil qilinib, takliflar bayon etilgan.

Tayanch soʻz va tushunchalar: nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, huquqiy asoslar, litsenziyalash, davlat-xususiy sheriklik, taʼlim xizmatlari.

Аннотaция: В данной стате проанализирована значимост частных образователных учреждений в Узбекистане, факторы их развития и правовые основы. Обосновано, что рост спроса на частное образование связан с демографическим ростом и потребностю в современном образовании. На основе нaционалного законодателства освещены правовой статус частных образователных учреждений, порядок их создания, лицензирования и механизмы контроля. Кроме того, проанализированы существующие проблемы и препятствия в этой сфере, а также предложены соответствующие рекомендaции.

Ключевые слова и понятия: негосударственные дошкольное образовательные учреждения, правовые основы, лицензирование, государственно-частное партнерство, образовательные услуги.

Annotation: This article analyzes the significance of private educational institutions in Uzbekistan, their development factors, and legal foundations. It is substantiated that the growing demand for private education is associated with demographic growth and the need for modern education. Based on national legislation, the legal status of private educational institutions, the procedures for their establishment, licensing, and control mechanisms are highlighted. In addition, existing problems and obstacles in this field are analyzed, and appropriate recommendations are proposed.

Key words and concepts: private preschool educational institutions, legal foundations, licensing, public-private partnership, educational services.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda taʼlim sohasini modernizatsiya qilish, taʼlim sifatini yaxshilash va uning qamrovini kengaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Aholining ortib borayotgan ehtiyojlari, demografik oʻsish, zamonaviy bilim va kompetensiyalarga boʻlgan talab nodavlat taʼlim muassasalariga ehtiyojni keskin oshirdi.

Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, taʼlim tizimining barqaror va samarali rivojlanishi faqat davlat muassasalari faoliyati bilan cheklanib qolmaydi. Hozirgi zamon talablariga mos ravishda

--⊱⊱ 333 ⊰⊰-- taʼlim sohasiga xususiy sektorning kirib kelishi, taʼlim xizmatlarini diversifikatsiya qilish, raqobat muhitini shakllantirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish muhim omil hisoblanadi.

Oʻzbekistonda aholi sonining tez surʼatlar bilan oʻsishi (soʻnggi oʻn yillikda aholi soni 38 mln. dan oshdi), natijasida maktabgacha yoshidagi bolalarning ulushi koʻpaydi, davlat bogʻchalarida navbatlar ortib ketdi, ayrim hududlarda pedagog kadrlarning yetishmasligi kuzatildi. Bu esa, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga boʻlgan talabni oshirdi.

Islohotlar boshlangan dastlabki yillarda maktabgacha taʼlim sohasida ham maktabgacha yoshdagi bolalarning bogʻchalarga qamrov darajasi 27–30 foizni tashkil etgan boʻlsa, nodavlat bogʻchalarning kirib kelishi natijasida bu koʻrsatkich qisqa muddatda sezilarli darajada oshdi. Hozirda, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 38 058 tani tashkil etgan. Shundan, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari 28 729 ta oilaviy, 624 ta xususiy, 2 080 dan ortiq davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etadi.14

Oʻzbekistonda nodavlat maktabgacha taʼlim tizimining shakllanishi va barqaror rivojlanishi avvalo uning mustahkam huquqiy asosga ega boʻlishi bilan bevosita bogʻliqdir.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining yangi tahririda nodavlat taʼlim tashkilotlarining maqsad va vazifalari, taʼlim jarayonini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar va ularning javobgarlik asoslari belgilangan:

- nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻz faoliyatini litsenziya asosida amalga oshirishi va litsenziya talablariga muvofiq taʼlim xizmatlari koʻrsatishi;

- normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;

- xizmatlarini shartnoma (oʻqitish muddatlari, shartlari va toʻlovlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari va boshqalar) asosida amalga oshirishi kabilar.15

Mazkur qonunning muhim jihati shundan iboratki, taʼlimning davlat va nodavlat shakllarini huquqiy jihatdan teng deb eʼtirof etadi.

Nodavlat maktabgacha taʼlim tizimining muhim huquqiy asoslaridan yana biri bu - “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonun hisoblanadi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatning 10 dan ortiq moddalarida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining huquqiy maqomi, ularning faoliyat yoʻnalishlari asoslari xususida batafsil qoidalar belgilangan:

- nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyati uchun litsenziya asosida amalga oshirishi;

- jismoniy shaxslar tomonidan maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasida taʼlim xizmatlari koʻrsatish;

- nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash (berish, qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish, bekor qilish va h.k)16.

Nodavlat taʼlim tizimidagi islohotlarni jadal amalga oshirishda Prezident farmon va qarorlari muhim ahamiyat kasb etib, muassasalarni qoʻllab-quvvatlash, soliq va bojxona imtiyozlari hamda litsenziyalash jarayonlarini yengillashtirishni nazarda tutadi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentyabrdagi «Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3276- son qarori bilan:

- nodavlat taʼlim muassasalariga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish;

14 https://zamin.uz/uzbekiston/167803-ozbekistonda-bogchalar

15 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. 31-modda.

16 O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni. 19, 20, 21-moddalar.

--⊱⊱ 334 ⊰⊰--

- ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga bepul taʼlim xizmatlari koʻrsatish kabi masalalar yoritilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qoʻllabquvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-316-sonli qarori qabul qilinib, unda respublikamizda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi va ularning tarmogʻi kengaytirildi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizom” tasdiqlandi. Ushbu nizomda nodavlat taʼlim muassasalarini elektron tizim orqali litsenziyalashni markazlashtirish va soddalashtirish belgilab berildi17. Keltirilgan normativ-huquqiy bazalar nodavlat taʼlim muassasalarining huquqiy maqomini aniq belgilab, ularning faoliyat yuritishi uchun asosiy zamin yaratadi hamda ularga oʻz faoliyatini mustaqil tarzda olib borish imkonini beradi va javobgarligini taʼminlaydi. Bu esa davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlik, raqobat va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun samarali huquqiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Garchi respublikamizda bu kabi normativ-huquqiy baza yaratilgan boʻlsa-da, amaliyotda bir qator mavjud muammo va toʻsiqlar uchrab turibdi:

1. Malakali pedagog kadrlar yetishmasligi. Davlat muassasalarida tajriba toʻplagan kadrlar xususiy sektorga oʻtsa ham, barcha xususiy muassasalar yuqori maosh va ragʻbatlantirish imkoniyatiga ega emas.

2. Aholining moliyaviy imkoniyatlari cheklanganligi. Xususiy taʼlim xizmatlari ayrim aholi qatlamlari uchun maqbul emas.

Xususiy bogʻchalar pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari, seminarlar va koʻchma treninglar tashkil etish, ularning professional salohiyatini oshirish;

Kam taʼminlangan oilalar uchun xususiy muassasalarda bolalarning bepul oʻqishi uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish.

Xulosa qilib aytish mumkinki, nodavlat taʼlim tashkilotlari taʼlim sohasidagi dolzarb muammolarni hal qilishda muhim rol oʻynaydi. Davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi sogʻlom raqobat taʼlim sifatini oshirish, pedagogik yondashuvlarni diversifikatsiya qilish va innovatsiyalarni joriy qilish imkonini beradi. Nodavlat bogʻchalarning koʻpayishi ota-onalarga tanlov imkonini yaratadi va umumiy taʼlim tizimining rivojiga ulkan hissa qoʻshadi.

Adabiyotlar roʻyxati:

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” Qonuni. 2019-yil 16-dekabr. OʻRQ-595-son. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son.

2. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” Qonuni. 2020-yil 23-sentyabr. OʻRQ-637-son. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3276-son qarori. 2017-yil 15-sentyabryu

17 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son qarori. 2022-yil 21-fevral.

--⊱⊱ 335 ⊰⊰--

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-316-sonli qarori. 2023-yil 27-sentyabr.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son qarori. 2022-yil 21-fevral.

6. https://www.uzedu.uz (Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb sayti).

8. https://stat.uz (Milliy statistika qoʻmitasining veb sayti).

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.