ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH. O‘QUVCHILARNING DARSDAN TASHQARI TARBIYABIY JARAYONLARDA MA’NAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH

Annotatsiya

Ushnu maqola umumiy o'rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun mustaqil ishlar tashkil qilish va olib borish haqida . Bundan tashqari sinfdan tashqari tarbiyaviy jarayonlarda ma'naviy ishlarni tashkil qilish haqida gap boradi.


Данная статья посвящена организации и проведению самостоятельной работы учащихся общеобразовательных школ. Кроме того, идет речь об организации духовной работы в образовательном процессе вне классной комнаты.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

JARAYONLARDA MA’NAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH

Omonqulova Zilola Botir qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti boshlang'ich ta'lim

yo'nalishi 3-bosqich talabasi

omonqulovazilola37@gmail.com

Ahmedova Iroda Shoimnazar qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti boshlang'ich ta'lim

yo'nalishi 3-bosqich talabasi

ahmedonairoda807@gmail.com

Husanova Lobar Nurmuhammad qiz

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti boshlang'ich ta'lim

yo'nalishi 3-bosqich talabasi

lobarhusanova04@gamil.com

Annotatsiya Ushnu maqola umumiy o'rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun mustaqil ishlar tashkil qilish va olib borish haqida . Bundan tashqari sinfdan tashqari tarbiyaviy jarayonlarda ma'naviy ishlarni tashkil qilish haqida gap boradi.

Kalit soʻzlar Mustaqil ish, o‘quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish , harakatchanlik , mustaqil ish turlari, didaktik adabiyotlar ,sinfdan tashqari ishlar, didaktik maqsad.

ОРГАНИЗАЦИЯ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ СТУДЕНТОВ.

ОРГАНИЗАЦИЯ ДУХОВНОЙ РАБОТЫ ОБУЧАЮЩИХСЯ В УЧЕБНОМ

ПРОЦЕССЕ ВНЕ КЛАССА

Аннотация Данная статья посвящена организации и проведению самостоятельной работы учащихся общеобразовательных школ. Кроме того, идет речь об организации духовной работы в образовательном процессе вне классной комнаты.

Ключевые слова Самостоятельная работа, организация самостоятельной работы студентов, мобильность, виды самостоятельной работы, дидактическая литература, внеклассная работа, дидактическая цель.

ORGANIZING STUDENTS' INDEPENDENT WORK. ORGANIZING

SPIRITUAL WORK OF STUDENTS IN EDUCATIONAL PROCESSES

OUTSIDE THE CLASSROOM

Abstract This article is about organizing and conducting independent work for students of general secondary schools. In addition, there is talk about the organization of spiritual work in educational processes outside the classroom.

Key words Independent work, organization of students' independent work, mobility, types of independent work, didactic literature, extracurricular work, didactic purpose.

Mustaqil ish – oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtiruvchi vositadir. Mustaqil ish katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. U oʻquvchilarda ta’lim jarayonida mustahkam va ongli bilim olishni, mahorat va malakaning shakllanishini, oʻzlashtirilgan bilimlardan foydalanishni, oʻzgargan sharoitlarda mahorat va malakalarni qoʻllashni, bilim orttirish qobiliyatini (kuzatuvchanlik, harakatchanlik, mantiqiy fikrlash, sinfiy faollik va hokazo) rivojlanishini, aqliy va jismoniy mehnat madaniyatiga koʻnikishini, kelgusida mustaqil bilim olish bilan samarali shugʻullanishni faollashtiradi. Oʻquvchilarning mustaqil ishlarini turli olimlar turlicha talqin qilishadi. Ayrimlar uni oʻqitish metodi sifatida qarashsa, ba’zilari oʻqitish vositasi, shuningdek oʻqitishni tashkil etish shakli sifatida talqin qilishadi. Zero, oʻqituvchi va oʻquvchilarning birgalikdagi faolligidan kelib chiqib uni oʻqitish metodi sifatida, oʻquv jarayonini tashkil etish nuqtai nazarida oʻqitishni tashkil etish shakli koʻrinishida, oʻquvchi oʻquv-biluv faoliyatinifaollashtirish jihatidan uni oʻqitish vositasi sifatida oʻrganish mumkin.Mustaqil ishni turli olimlar turlicha talqin qilishar ekan, unga turlicha ta’riflar keltirilgan. Shular ichidan pedagog olim B.P.Esipovning mustaqil ishga bergan ta’rifini kengroq deb qarash mumkin. Ushbu olim mustaqil ishga quyidagicha ta’rif beradi: “Oʻquvchilarning mustaqil ishi – bu oʻqituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo oʻqituvchining topshirigʻi boʻyicha bajariladigan mehnatdir. Bunda oʻquvchilar oʻz kuchini sarflab, u yoki bu shaklda aqliy yoki jismoniy ( yoki: birgalikda ) harakat natijasini koʻrsatgan holda maqsadga erishishga ongli ravishda intiladilar” Boshlangʻich ta’lim nazariyasida kichik yoshdagi oʻquvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish yuzasidan juda koʻp tadqiqot ishlari olib borilgan. Ammo oʻquvchi mustaqil ishi tushunchasining maqsadi va mohiyati, uni tashkil etish usuliyotining barcha qirralari ochib berilmagan.

Didaktikaga oid adabiyotlarda mustaqil ishlarning turlari keltirilgan. Bular: 1) didaktik maqsadga koʻra beriladigan mustaqil ishlar maqsadlar oʻquvchilarning yangi materialni oʻzlashtirishlariga, yoki malaka va koʻnikmalarni mustahkamlashga, oʻquvchi bilim, malaka va koʻnikmalarini koʻpaytirish va takomillashtirishga qaratilgan boʻlishi mumkin. Amaliyotda koʻpincha oʻqituvchi oʻquvchilarning mavjud bilim, malaka va koʻnikmalarini mustahkamlashga qaratilgan mustaqil ishlaridan koʻp foydalanadilar. Ammo shuni ta'kidlash joizki, yangi materialni oʻzlashtirishga qaratilgan mustaqil ishlar oʻquvchi ijodkorligini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 1000 ichida uch xonali sonlarni yozma qoʻshish va ayirish bilan oʻquvchilar tanishayotgan davrda, oʻquvchilarning 100 ichida 2 xonali sonlarni yozma qoʻshish va ayirishga doir bilim, koʻnikma va malakalariga tayangan holda oʻquvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish, 3 xonali sonlarni yozma qoʻshish va ayirish yoʻli toʻgʻrisidagi bilimlarni oʻzlashtirishlari mumkin. Yangi bilimlarni oʻzlashtirish boʻyicha mustaqil ishlarni shunday tashkil etish va uni nazorat qilish kerakki, mustaqil ishni barcha oʻquvchilar faol ishtirok etib bajarishsin, va yangi material barcha oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirib olinsin.

2) oʻquvchilar mustaqil ishlayotgan material boʻyicha: darslik bilan, didaktik material bilan, bosma asosli daftar bilan, tarqatma materiallar bilan.

3) oʻquvchilardan talab qilinadigan faoliyat xarakteri boʻyicha: Masalan, mazmuniga qarab, yoki biror qoidasini formula boʻyicha beriladigan mustaqil ishlar.

4) Oʻquvchi oʻquv faoliyatini tashkil etish shakli boʻyicha: umumsinf mustaqil ishlar, guruhdagi mustaqil ishlar va yangi tartibdagi mustaqil ishlar.

Maktabning o`quvchilar bilan olib boradigan o`quv mashg`ulotlaridan tashqari xilma-xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini yo`lga qo`yish shakllaridan biridir.

Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko`ngillilik asosida tashkil qilinadi. O`quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o`zlarini qiziqtiradigan mashg`ulotlarni tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi. Maktab va sinfdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinfdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo`lishi lozim: pedagoglar va o`quvchilar o`rtasida o`zaro hurmat munosabatlarini shakllanganlikning o`ziga xos an’ana vositalariga tayanish; ulg`ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o`smir va yosh yigitning betakror va o`ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur. Sinfdan tashqari ishlarni to`la qamrab olgan to`garaklar bir necha xilda bo`lishi mumkin: a) fan to`garaklari; b) mohir qo`llar to`garaklari; v) duradgorlik to`garaklari; g) sport to`garagi; d) badiiy havaskorlik to`garagi.

O`rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to`garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo`lgan o`z o`quvchilarini biror to`garakka a’zo bo`lishga chorlaydi. Sinfdan tashqari tashkil qilingan ishlar o`quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to`ldiradi. Ularni dunyo qarashini to`g`ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko`maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog`lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko`p qirralidir. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish; o`quvchilarning sinfdan tashqari ko`p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o`quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo`lga qo`yish; sinfdan tashqari ishlar yo`nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o`qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, o`quvchilar tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko`rsatish; umummaktab va maktablararo o`tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish; o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish; Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko`rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.

O`quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o`z mazmuniga ko`ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. O`quvchilar sinfdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch keladilar. Shuning uchun ham o`quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo`lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o`sishi samarali bo`ladi. Sinfdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o`quvchilar jamoada ishlashni o`rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo`shiladilar, jamoatchilik fikriga bo`ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Sinfdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko`ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo`lsa-da, o`sha maktablarning o`ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko`rinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. R. Mavlonova, O.To`raeva, K.Xoliqberdiev. Pedagogika. -T., “O`qituvchi”, 2002.

2. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. Учебные методы организаци спортивно оздоровительных мероприятий в образовательных учреждениях // ВЕСТНИК

НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38-41

3. Khamraev, A. R. (2019). Modeling Teacher's Activity in Designing Students’ Creative Activities. Eastern European Scientific Journal, (1). 4. Hamroev, A. R. (2019). Modeling activities of teachers when designing creative activities of students. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 2019.

5. Kamroev, A. (2019). STUDENTS’CREATIVE ACTIVITIES IN DESIGNING

MOTHER TONGUE EDUCATION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(7), 285-296.

6. Хамраев, А. (2018). Моделирование деятельности учителя при проектировании творческой деятельности учащихся. Педагогічні інновації: ідеї, реалії, перспективи, (2), 23-26.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.