Osteoporoz kasalligi nima va uning kelib chiqish sabablari
Sattorova Jasmina Nurmuhammad qizi - Termiz iqtisodiyot va servis
universiteti tibbiyot fakulteti talabasi.
jsattorova01@gmail.com
Boyqobilov Soadmurod Shuhrat oʻgʻli - Termiz iqtisodiyot va servis
universiteti Tabiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi.
soatmurad_boyqobilov@tues.uz
ANNOTATSIYA
Maqolada osteoporoz suyak to‘qimasi kasalligi ekanligi, suyak to’qimasida dekalsifikatsiya jarayoninig sodir bo’lish mexanizmi bilan ta’riflanadi. Bu suyaklarning mo‘rtligiga olib kelishi, suyak toʻqimalarining metabolizmi buzilishi, katabolizmning suyak shakllanishi jarayonlaridan ustunligi, suyak kuchining pasayishi va sinish xavfining oshishiga olib keladi. Biz bu maqolada batafsil kassalikning kelib chiqishi sabablarini to’liq yoritib berdik. Klinik shifokorlar, magistratura va klinik ordinatura talabalari, tibbiyot oliygohi talabalari foydalanishlari mumkin.
Kalit so‘z va iboralar: Osteoporoz, idiopatik, postmenopauzal, yuvenil, senil, raxit, spazmofiliya.
АННОТАЦИЯ
В статье описано, что остеопороз – заболевание костной ткани, с механизмом процесса декальцинации в костной ткани. Это приводит к ломкости костей, нарушению метаболизма костной ткани, преобладанию катаболизма над процессами костеобразования, снижению прочности костей, повышению риска переломов. В этой статье мы подробно объяснили причины возникновения безналичности. Его могут использовать врачи-клиницисты, студенты магистратуры и клинической ординатуры, а также студенты медицинских вузов.
Ключевые слова и фразы: остеопороз, идиопатический, постменопаузаль ный, ювенильный, старческий, рахит, спазмофилия.
ANNOTATION
In the article, it is described that osteoporosis is a disease of bone tissue, with the mechanism of the decalcification process in bone tissue. This leads to bone fragility, bone tissue metabolism disorders, catabolism predominance over bone formation processes, decreased bone strength, and increased risk of fractures. In this article, we have explained in detail the reasons for the origin of cashlessness. It can be used by clinical doctors, master's and clinical residency students, and medical school students.
Key words and phrases: Osteoporosis, idiopathic, postmenopausal, juvenile, senile, rickets, spasmophilia
Osteoporoz (lotincha: osteoporosis) —skeletning surunkali progressivlanuvchi tizimli metabolik (almashinuv) kasalligi yoki klinik sindrom boʻlib, u boshqa kasalliklarda namoyon boʻladi va suyak zichligining pasayishi, ularning mikroarxitektonikasining buzilishi tufayli moʻrtlikning oshishi bilan tavsiflanadi. Suyak toʻqimalarining metabolizmi buzilishi, katabolizm ning suyak shakllanishi jarayonlaridan ustunligi, suyak kuchining pasayishi va sinish xavfining oshishiga olib keladi.
Osteoporoz suyak to‘qimasi kasalligi bo‘lib, kalsiy kamayib ketishi bilan ta’riflanadi, bu suyaklarning mo‘rtligiga olib keladi. Asosiy belgilari:
Suyak massasi va zichligining kamayishi.
Suyaklar ingichka va mo‘rt bo‘lib qoladi, bu hatto kichik jarohatlar yoki yuklamalarda ham sinish xavfini oshiradi.
Og‘irliklarni ko‘tarish kabi harakatlarda sinishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Osteoporoz ko‘pincha sinishdan oldin simptomsiz o‘tadi.Ushbu kasallik sog‘liqni saqlashning jiddiy muammosi bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra yuqumli bo‘lmagan kasalliklar orasida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Kasallik rivojlanishining sababi chekish, spirtli ichimliklarni ortiqcha istemol qilish, metabolik kasalliklari, oshqozon ichak kasalliklari va boshqa omillarning uzoq muddatli ta’siri bo’lishi mumkin. Qariyalarda osteoporoz kaltsiy va ba’zi oziqa moddalarning yomon hazm bo’lishi tufayli rivojlanadi. Osteoporozning idiopatik shakli ham ajratiladi (asosan yoshlarda). Bu juda kam uchraydigan kasallik hisoblanib, uning sababi hozirda no’malum bo’lib qolmoqda. Idiopatik osteoporoz chaqaloqlarda, barcha gormonlarda normal bo’lgan bolalar va yoshlarda rivojlanishi mumkin.
1-rasm. Osteoporoz.
Osteoporozning asosiy turlari:
Birlamchi osteoporoz:
Idiopatik: Aniq sabablarsiz rivojlanadi.
Postmenopauzal: Menopauzadan keyin estrogenlar tanqisligi tufayli paydo bo‘ladi.
Yuvenil: 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda aniqlanadi.
Senil: Yosh o‘zgarishi bilan bog‘liq, asosan keksa odamlarda.
Ikkilamchi osteoporoz: Boshqa surunkali kasalliklar fonida yoki ma’lum doridarmonlarni uzoq vaqt qo‘llash natijasida rivojlanadi, masalan:
Gormonal buzilishlar (steroid osteoporoz, gipertireoz).
Oshqozon ichak kasalliklari.
Immobilizatsion osteoporoz.
Yatrogen sabablar (kortikosteroidlarni uzoq vaqt qo‘llash).
Ovqatlanish buzilishi va alkogolizm.
1. Sekundar osteoparoz:
Gormonal muvozanati: Gipertiroidizm, adrenal gormonal (masalan, Cushing sindiromi) yoki testosteron yetishmovchiligi osteoporozga sabab bo’lishi mumkin.
Dorilar: Uzoq muddatli kortikosteroidlar, antikonvulsantlar va antikoagulyantlar suyak zichligini kamaytirishi mumkin.
Xronik kasalliklar (masalan: revmatoid artrit, oshqozon-ichak kasalliklari) osteoporoz kasalligi rivojlanishiga olib keladi.
2. Yoshlar osteoporozi:
Yoshlarda va o’smirlar orasida ham osteoporoz ko’rinishi mumkin, bu asosan genetik omillar, ovqatlanish va jismoniy faollik bilan bog’liq havf omili deb hisoblash mumkin.
2-rasm.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, 21 yosh atrofida maksimal suyak zichligimizga yetamiz. Suyaklar osteoporozi suyak massasining deminerallanishi va mo‘rtligining ortishi bilan ta’riflanadigan jiddiy kasallikdir. Bu hatto minimal yuklamalarda ham sinish xavfining oshishiga olib keladi. Kasallik asta-sekin rivojlanadi va ko‘pincha erta bosqichlarda aniq alomatlar bilan namoyon bo‘lmaydi, bu esa uni tashxislashni qiyinlashtiradi. Osteoporoz yashirin kechishi va hayot sifatiga sezilarli ta’siri tufayli ba’zan "sukutli epidemiya" deb ataladi. Osteoparoz kasalligining belgilari asosan sekin rivojlanadi va ko’pincha daslabki belgilarda sezilmaydi. Biroq, kasallik rivojlanganida quydagi belgilar paydo bo’lishi mumkin:
Suyaklarning qattiqlashishi: Suyaklar oson shikaslanadi.
Og’riq: Bel va bo’yin og’rig’i.
Qiyshiq pozitsiya: Qiyshiq orqa va pastki tananing o’zgarishi.
Bo’yinning yirtilishi: Pastki suyaklar va bo’yin suyaklarining shikastlanishi.
Suyaklar sinishi: Tabiiy hollarda yoki kichik zarbalarda suyaklarning sinishi.
Xulosa
Osteoporoz kasalligi bu ko’p tarqalganigan bo’lishiga qaramasdan hozirgi kunda ko’plab davo choralari mavjud va bu hollarda insonlar o’z salomatliklariga e’tiborli bo’lishligini va buning oldini olishlari tavsiya etiladi. Xulosa, qilib aytganda avvalo ovqatlanishimizga e’tiborli bo’lishimiz kerak. Parxezlarni ham meyorida qilish Ca li pereparatlarga nisbatan tabbiy ozuqalar, sabsavot, mevalarni meyorida istemol qilish tavsiya etiladi. Kalsiy preparatlariga boy bo’lgan mahsulotlar: brokoli, qovoq, ismaloq, bodiring, anor, apelsin, limon, yashil no’xat, kivi, don mahsulotlari va sut mahsulotlarida ko’proq. Lekin ko’p hollarda kalsiyli moddalarning ortiqcha miqdordagi istemoli buyrak va o’tda tosh paydo bo’lishiga olib keladi. Shunday ekan albatta har bir narsaning meyorida bo’lishi va shifokor maslahati bilan bo’lishi juda muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Alixodjayeva N.T Toshkent <<IJOD-PRINT>>2019/89-114b
2. https://med24.uz/uz/bolezn/osteoporoz
3. https://mymedic.uz/kasalliklar/ortopediya/osteoporoz/
4. https://uz.yourwebdoc.com/osteoporosis.php
5. Tadjiyeva X.S Toshkent <<IJOD-PRINT>>2019
6. Ayxodjaev B.K Toshkent 2019
7. Arifdjanov S.Z Toshkent 2019/105-107b
8. https://t.me/Tibbiy_fiziologiya
9. https://t.me/ANATOMIYA_UZ
10. ChatGPT suniy intelekt
11. https://t.me/kasalliklar.tv
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.