ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

O’zbekistonda zamonaviy televideniyaning paydo bo’lishi

Annotatsiya

Mutaxasislarning yangi asrga “Axborot asri” degan nisbatni berganliklari bejiz emas. Ulkan armiyalar, qudratli qurollar bajarishi mushkul bo’lgan ishni maxsus yo’naltirilgan axborotlar orqali amalga oshirish osonroq va qulayroq bo’lib qoldi. “Kim axborotga egalik qilsa, o’sha dunyoni boshqaradi”, degan fikr kundalik haqiqatga aylandi. Inson aqliy taraqqiyotga qanchalik moyil bo’lsa, biologik nuqtai nazardan dam olishga ham shunchalik ehtiyoj sezadi. Televizion jurnalistikaning taraqqiy etib borayotgan yo’nalishlarida ham bu yaqqol namoyon bo’lmoqda.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

O’zbekistonda zamonaviy televideniyaning paydo bo’lishi

Jo’rayeva Maftuna Roziqovna

Samarqand Davlat Chet Tillari instituti

Xalqaro jurnalistika yo’nalishi talabasi

Annotatsiya: Mutaxasislarning yangi asrga “Axborot asri” degan nisbatni berganliklari bejiz emas. Ulkan armiyalar, qudratli qurollar bajarishi mushkul bo’lgan ishni maxsus yo’naltirilgan axborotlar orqali amalga oshirish osonroq va qulayroq bo’lib qoldi. “Kim axborotga egalik qilsa, o’sha dunyoni boshqaradi”, degan fikr kundalik haqiqatga aylandi. Inson aqliy taraqqiyotga qanchalik moyil bo’lsa, biologik nuqtai nazardan dam olishga ham shunchalik ehtiyoj sezadi. Televizion jurnalistikaning taraqqiy etib borayotgan yo’nalishlarida ham bu yaqqol namoyon bo’lmoqda.

Kalit so’zlar: Televideniya, mafkura, global, kanal.

Jurnalistika nazariyasining asosiy qonuniyatlari va tizimidan kelib chiqilsa, ma’lum bo’ladiki, hozirgi kunga qadar mutaxassislar tomonidan televideniyaning an’anaviy funksiyalari sifatida axborot tarqatish, madaniy-ma’naviy, integrativ, ijtimoiy-pedagogik, tashkilotchilik, ta’limiy, rekreativ va boshqalar ko’rsatib kelingan.

Televideniyaning jamiyat taraqqiyotiga hamda jamiyatning OAVga , xususan TVga ta’siri ham ko’tarilib bormoqda. Jahon amaliyotida mutaxassislar oynai jahonga nafaqat mafkura yaratadigan, uni shakllantiradigan dargoh, qurol sifatida, balki turli ijtimoiy –siyosiy qarashlarni tomoshabinga yetkazadigan, ma’rifat tarqatadigan ommaviy axborot vositasi sifatida qarashadi.

Televideniyaning huquqiy-demokratik davlat va fuqarolar jamiyati qurishda tutgan o’rni yuqori bo’lib, mamlakat o’tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqida haqqoniy va yuqori saviyadagi ko’rsatuvlar tayyorlash bugunning eng muhim vazifalariga aylanmoqda. OAV tizimidagi eng tezkor, eng xalqchil, eng ta’sirchan bo’lgan elektron aloqa vositasi TV oldida ham qator dolzarb va zalvorli vazifalar turibdi.

Televideniyaning shitob bilan har bir jamiyat va insonlar hayotiga kirib borishi natijasida auditoriyaning mamlakatimizda va jahonda sodir bo’layotgan voqeahodisalar haqidagi axborotga talabi oshib bormoqda. Aholi fikrini xolisona shakllantirishdagi o’rni ko’tarilmoqda. Aholini turli voqea-hodisalardan voqif qilish, aholi madaniyatini oshirish, ma’naviyatini boyitish, dunyoqarashini to’g’ri shakllantirishda televideniyaning axborot tarqatish, madaniy-ma’naviy, birlashtiruvchi(integrativ), tashkilotchilik, ma’rifiy, mafkuraviy, rekreativ kabi vazifalarining ahamiyat ko’lami kengayib bormoqda.

Televideniyaning taraqqiyotiga e’tibor qaratigan bo’lsak, telejurnalistikaning axborot janrlari dastlabki yillarda juda tez rivojlandi. Yangilik topish, uni qayta ishlash va uzatishda kuchli raqobat muhiti vujudga keldi. Agar butun dunyo axborot xizmatlari faoliyatiga nazar tashlansa, bu yaqqolroq ko’rinadi. “BBC”, CNN”, “Al-Jazira” telexizmatlari o’rtasida axborot topish, uni tayyorlash va tarqatish borasida keng ko’lamli raqobat yuzaga kela boshladi.

Yangilik olimlar va tadqiqotchilar tomonidan “eng qimmat va eng tez eskiradigan mahsulot”, degan xulosaga kelingan. Yangilik insonlar uchun kundalik ehtiyojga aylandi. Ma’lum darajada jamiyatda mavjud bu istakni qondirish va buning negizida mo’may daromad orttirish, axborot bozorida o’z manfaatlariga xizmat qiluvchi g’oyalarni ilgari surish television yangiliklar dasturlarining birlamchi maqsadi etib belgilandi. To’g’rirog’i, har qanday davlat bugun o’z nufuzini, salohiyatini, u yoki bu hodisaga munosabatini internet bilan bir qatorda , aynan television yangililar dasturlari orqali targ’ib qilishga asosiy kuchini tashlagan. Axborot bozorida esa allaqachon yetakchilar shakllanib ulgurdi. Axborot yetkazish bobida bozorda chaqqon kompaniyalar sifatida tadqiqotchi V.V.Orlovaning “Глобальный телесети новостей на информационном рынке” (Informatsiya bozorida yangiliklar global tarmoqlari) risolasida axborot va uning jamiyatimiz hayotida tutgan o’rni to’g’risida bir qancha fikrlar aytilgan va quyidagi jadval keltirilgan:

Dunyo axborot bozoridagi global television yangiliklar tarmog’i Teletarmoq

Yangililar

uzatish

ko’lami

Tili Auditoriyasi

Tashkilotchisi

yoki rahbari CNN 212 mamlakat

Ingliz,

Ispan,

Turk

Nemis

200 mln.dan

ortiq

obunachilari

bor

AOL-Taym

Uorner Ted

Terner

BBC

Uorld

200 mamlakat

Ingliz

270 mln.

Obunachi BBC Blumberg 126 mamlakat

Ingliz,

Fransuz,

Nemis,

Blumberg El-

Pi asoschisi va TV Italyan,

Yapon,

Portugal,

Ispan

200 mln.

Obunachi

egasi Maykl

Blumberg CNBC 84 mamlakat Ingliz

180 mln.

obunachi CNBC

Zamonaviy radio va telekanallar ham yanada kengroq auditoriyaga yetib borishi uchun o’z mahsulotlarini tez sur’atlarda o’sayotgan texnika va texnologiya bilan barobar olib borishga harakat qilyaptilar. Onlayn televideniyalar soni ham ortib boryapti. www.webtvlist.com sayti orqali 300dan ortiq onlayn kanallarni to’g’ridan - to’g’ri tomosha qilish mumkin.

O’zbekistonda television ko’rsatuvlar rasman 1956 yil 5noyabrda Toshkentda boshlandi. Shu yili Toshkent televideniya studiasi tashkil etildi. Bu studia o’z ko’rsatuvlarini 180m balandlikdagi Toshkent television minorasi (1956 yili foydalanishga topshirilgan) orqali ko’rsatdi. Shu tarzda muntazam ko’rsatuvlar boshlandi. 1958 yili ko’chma television stansiya (KTS) orqali birinchi marta studiya tashqarisidan ko’rsatuv olib borildi.

Axborot dasturlarining bugungi holati , axborot tayyorlash, qayta ishlash va uzatish borasidagi tajribalarni oshirish ustida harakat davom ettirilyapti. Bular:

Birinchidan , O’zMTRK tarixida ilk bor raisning axborot siyosati bo’yicha o’rinbosari lavozimi joriy etildi.

Ikkinchidan , jonli efir masalasiga e’tibor kuchaymoqda. Bu haqda dia.uz electron nashri “O’zbekiston telekanalining “Axborot” dasturi 14:00 da jonli efirda namoyish etildi. Tanqid toshlaridan so’ng “Axborot” dasturi jonli efirda chiqa boshlagani katta o’zgarishdir” , deb yozadi.

Uchinchidan, ko’rsatuvlarda stend-aplarga alohida e’tibor qaratilib, tanqidiytahliliy chiqishlarga e’tibor kuchaydi. Joylardagi turli sohalarga taalluqli muammolar jurnalistlar tomonidan olib chiqilmoqda.

To’rtinchidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 mart kungi videoselektor davomida televideniya faoliyatini tanqid qilib, “ura –urachilik zamoni o’tdi” deb aytgan gapidan so’ng mahalliy telekanallar, xususan “O’zbekiston” telekanali xususida tanqidiy fikrlar chop etilgan edi. Jurnalist Fozil Farhod ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Tahlilnoma”dagi o’zgarishlar xususida fikrlarini quyidagicha yozib qoldirgan: “16 aprel kuni kech soat 9:00da efirga uzatilgan dasturning yangi formati, ayricha qiyofasi 9 aprel kungi ruscha-o’zbekcha sonlaridagiday ko’nglimni ko’tardi: sahifalash davomida nuqtai nazar, tahlil va baholash mezonlariga urg’u berildi. Demak, ko’rsatuv yangi formatda efir yuzini ko’rmoqda”.

Beshinchidan, shu paytga qadar “Uzreport TV” 24 soat mobaynida efirga chiqishi, informatsion kanal sifatida namoyon bo’layotgandi. Endilikda O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi yangi formatdagi “O’zbekiston 24” deb ataluvchi milliy axborot-tahliliy teleradiokanal tashkil etildi. U xorijiy mamlakatlarda faoliyat yurituvchi o’z muxbirlar tarmog’iga ham ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Кузнецов Г.В., Цвик В.Л., Юровский А.Я. Телевизионная журналистика. 4-

е изд. М.: Изд-во МГУ, 2004-С.36-52.

2. http://uza.uz/oz/politics/tan-idiy-ta-lil-atiy-tartib-intizom-va-shakhsiy-

zhavobgarlik-16-01-2017,11.05.2017.

3. http://kun.uz/news/2017/04/04/uzmtrk-raisiga-urinbosar-tajinlandi,11.05.2017

4. http://dia.uz/uz/yangiliklar/ozbekiston/2017/04/04/prezident-tanqididan-song-

jonlanish-axborot-jonli-efirda,11.05.2017.

5. http://sputniknews-uz.com/news/20170417/5211239/Tahlilnomadagi-nouxau-

ozbekistonliklarni-hayratlantirdi.html,11.05.2017.

6. http:/kun.uz/news/2017/05/04/uzbekistonda-angi-uzbekiston-24-ahborot-talilij-

telekanali-taskil-etiladi,11.05.2017.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.