ushbu maqolada pedagogik faoliyatda uchraydigan emotsional zo‘riqish
holatlari va ularni yengishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik modelning nazariy asoslari
yoritilgan. Emotsional zo‘riqishning pedagog shaxsiga ta’siri, uning kasbiy motivatsiyasi,
hissiy barqarorligi va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqasi tahlil qilinadi. Maqolada
o‘qituvchilarning stress holatlarini aniqlash, ularni baholash va profilaktik choralar ko‘rishga
yo‘naltirilgan tizimli yondashuvlar bayon etiladi. Xususan, psixologik yordam,
kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi va o‘z-o‘zini
boshqarish strategiyalari asosida shakllantirilgan modelning pedagog amaliyotiga ta’siri
ilmiy asosda o‘rganilgan. Mazkur tadqiqot natijalari asosida emotsional zo‘riqishni
kamaytirish bo‘yicha aniq takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola psixologlar,
pedagoglar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va kasbiy rivojlanish bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga egadir.
в статье рассматриваются теоретические основы социально-
психологической модели преодоления эмоционального стресса в педагогической
деятельности. Анализируется влияние эмоционального стресса на личность
педагога, его профессиональную мотивацию, эмоциональную устойчивость и
взаимодействие с социальной средой. В статье описываются системные подходы,
направленные на выявление, оценку и проведение профилактических мероприятий
по стрессу педагогов. В частности, научно изучается влияние модели,
сформированной на основе психологической помощи, развития коммуникативных
компетенций, системы социальной поддержки и стратегий самоуправления на
педагогическую практику. По результатам данного исследования разработаны
конкретные предложения и практические рекомендации по снижению
эмоционального стресса. Статья имеет практическое значение для психологов,
учителей, преподавателей высших учебных заведений и специалистов,
занимающихся профессиональным развитием.
Maqolada maktabdagi nizolar tipologiyasi va ularning konfliktologik tahlili yoritiladi. Insoniyatdagi xilma-xillik, turli qarash va qadriyatlar maktab muhitida o‘z ifodasini topishi, bu esa ijtimoiy ziddiyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi ko‘rsatiladi.
Ushbu maqolada talabalarda shaxsiy rivojlanish jarayonida hayotiy strategiyalarni shakllantirishning psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Insonning hayotiy maqsadlari va qadriyatlarini belgilashda ijtimoiy-madaniy muhit, individual psixologik xususiyatlar hamda ta’lim jarayonining o‘rni alohida yoritilgan. Shuningd…
Bugungi kunda stress va stressga bardoshlilik muammosi zamonaviy psixologiyaning dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Stress inson organizmining tabiiy reaksiyasi bo‘lsa-da, uning kuchli va davomli shakllari sog‘liq hamda ijtimoiy faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Stressni kamaytirishda musiqa terapiyasi muhim omil sif…
Maqolada internet qaramligi asosida yuzaga keluvchi “Zamonaviy Maugli sindromi’’ ning klinik-psixologik xususiyatlari, uning kelib chiqish sabablari va psixikaga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Ushbu sindrom shaxsning real hayotdan uzilib, virtual muhitga haddan ortiq bog‘lanishi natijasida yuzaga k…
Mazkur maqolada refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishda psixologik treninglar va interaktiv metodlarning samaradorligi tahlil qilingan. Refleksiya – shaxsning o‘zini anglash, o‘z fikr va xatti-harakatlarini tahlil qilish qobiliyati bo‘lib, uning rivojlanishi shaxsiy o‘sish, ijtimoiy moslashuv va muammoli vaziyatlarda…