ushbu maqolada prodyuserlik faoliyati ijtimoiy-madaniy sohaga xos
professional amaliyot sifatida ko‘rib chiqiladi. Unda prodyuserlikning ko‘p yo‘nalishli tabiati,
uning menejer, marketolog, rejissyor, imijmeyker kabi kasblar bilan o‘zaro aloqasi va
farqlari tahlil qilinadi. Shuningdek, prodyuserlikning funksional jihatlari — kreativlik,
tashkilotchilik, rejalilik, tijorat, tadbirkorlik, marketing va o‘zini-o‘zi moliyalashtirish
tamoyillari doirasida yoritiladi. Muallif prodyuserlikni san’atkor va auditoriya, ijodiy jarayon
va iste’molchi o‘rtasida muvozanatni ta’minlovchi ijtimoiy-madaniy vosita sifatida asoslab
beradi. Maqola san’at va madaniyat sohasida prodyuserlik kasbining o‘ziga xosligi va
dolzarbligini falsafiy, iqtisodiy va tashkiliy nuqtayi nazardan tahlil etadi.
в данной статье рассматривается продюсерская деятельность как
форма профессиональной практики в социально-культурной сфере. Анализируется
её многопрофильный характер, а также связь и различие между продюсером и
такими профессиями, как менеджер, маркетолог и имиджмейкер. Особое внимание
уделяется функциональным аспектам: креативности, организаторским
способностям, планированию, коммерческой направленности,
предпринимательской инициативе, маркетингу и принципу самоокупаемости. Автор
обосновывает продюсерскую деятельность как социально-культурный механизм,
обеспечивающий взаимодействие между артистом и аудиторией, творческим
процессом и потребителем. В статье комплексно раскрывается специфика и
значимость профессии продюсера в сфере искусства и культуры с философской,
экономической и организационной точек зрения.
Maqolada maktabdagi nizolar tipologiyasi va ularning konfliktologik tahlili yoritiladi. Insoniyatdagi xilma-xillik, turli qarash va qadriyatlar maktab muhitida o‘z ifodasini topishi, bu esa ijtimoiy ziddiyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi ko‘rsatiladi.
Ushbu maqolada talabalarda shaxsiy rivojlanish jarayonida hayotiy strategiyalarni shakllantirishning psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Insonning hayotiy maqsadlari va qadriyatlarini belgilashda ijtimoiy-madaniy muhit, individual psixologik xususiyatlar hamda ta’lim jarayonining o‘rni alohida yoritilgan. Shuningd…
Bugungi kunda stress va stressga bardoshlilik muammosi zamonaviy psixologiyaning dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Stress inson organizmining tabiiy reaksiyasi bo‘lsa-da, uning kuchli va davomli shakllari sog‘liq hamda ijtimoiy faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Stressni kamaytirishda musiqa terapiyasi muhim omil sif…
Maqolada internet qaramligi asosida yuzaga keluvchi “Zamonaviy Maugli sindromi’’ ning klinik-psixologik xususiyatlari, uning kelib chiqish sabablari va psixikaga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Ushbu sindrom shaxsning real hayotdan uzilib, virtual muhitga haddan ortiq bog‘lanishi natijasida yuzaga k…
Mazkur maqolada refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishda psixologik treninglar va interaktiv metodlarning samaradorligi tahlil qilingan. Refleksiya – shaxsning o‘zini anglash, o‘z fikr va xatti-harakatlarini tahlil qilish qobiliyati bo‘lib, uning rivojlanishi shaxsiy o‘sish, ijtimoiy moslashuv va muammoli vaziyatlarda…