ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Profilaktika inspektorining favqulodda vaziyatlardagi faoliyati

Annotatsiya

Favqulodda vaziyat - avariya, tabiiy ofat, falokat, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida odamlarning qurbon bo'lishiga, odamlarning sog'lig'iga yoki atrof-muhitga zarar etkazishi, katta moddiy yo'qotishlar va huquqbuzarliklar natijasida yuzaga kelgan vaziyat.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Profilaktika inspektorining favqulodda vaziyatlardagi faoliyati

IIV akademiya, Tayyorlovchi 310-guruh kursanti

Tuygunov Sardor Umid o’gli

Qisqa vaqt davomida insoniyat tarixini o’zgartirib yuboradigan hodisalar mavjud. Bunday hodisalar inson sivilizatsiyasini yangi bosqichga olib chiqishi yoki mazkur sivilizatsiyani barbod etishi mumkin. Bunday hodisalar ulkan kuchga ega bo’lgan tabiat hodisalaridir. Ularga zilzilalar, suv toshqinlari, vulqon otilishlari, sunami, qurg’oqchilik , global isish va boshqalar kiradi. Tabiat hodisalari insoniyat uchun kutilmaganda ro’y berganligi tufayli insoniyat uni favqulodda hodisa deb qabul etgan.

Favqulodda vaziyat - avariya, tabiiy ofat, falokat, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida odamlarning qurbon bo'lishiga, odamlarning sog'lig'iga yoki atrof-muhitga zarar etkazishi, katta moddiy yo'qotishlar va huquqbuzarliklar natijasida yuzaga kelgan vaziyat.

Favqulodda vaziyatlarni oldini olish, uning natijasida yetkazilgan zararlarni bartaraf etish, shaxslarning hayoti, xavfsizligi, mol-mulkini himoya qilish uchun davlat va uning organlari mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi. Davlat o’z hududida sodir bo’lgan favqulodda vaziyatlar yuzasidan tezkor tashkiliy chora-tadbirlarni ko’rishi lozim. Bunday vazifalarni amalga oshirish uchun maxsus vakolatli davlat organlari tashkil etilgan va ularning faoliyati qonunlar bilan mustahkamlangan.

Ichki Ishlar Vazirligi o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalardan biri sifatida Respublika fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va xavfsizliklarini amalga oshirish maqsadida favqulodda vaziyatlarda ma’lum bir vazifalarni bajarishi zarur. Bunday vazifalarni sohaviy xizmatlar o’z funksiyalaridan kelib chiqib amalga oshiradi. Funksional vazifasiga ko’ra aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlovchi faoliyat -bu huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatidir. Huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari, aholi bilan ishlash jarayonida ularni har qanday vaziyatda huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini muhofaza etishlari lozim.

Profilaktika inspektori o'z xizmat faoliyatini bir qator normativ hujjatlarga amal qilgan holda amalga oshiradi. Jumladan O'zbekiston Respublikası Konstitutsiyasi, "Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi qononi, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonuni, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2833-sonli Qarori, Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6196-son Farmoni va boshqa shu kabi ichki idoraviy hujjatlar orqali o'z faoliyatlarini amalga oshirishadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29-noyabr kunidagi "O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini ta’minlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 27-son farmoni qabul qilinishi orqali profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatlariga kiruvchi aniq vazifalar belgilab berildi. Mazkur vazifalar 22 tani tashkil qilib profilaktika inspektorlarining o'z ma'muriy hududlarida huquq tartibot, aholi tinch totuvligi va farovonligini ta'minlashga qaratilgan vazifalardir.

Profilaktika inspektorlari vazifalari mazkur farmon orqali tizimlashtirildi. Bu orqali o'z faoliyatiga halaqit beruvchi boshqa vazifalardan xalos etildi. Lekin bu profilaktika inspektorlari zimmasidagi mahalla hududidagi huquq tartibot, aholi tinch hayotini ta'milashdek faoliyatiga to'sqinlik qila olmaydi

Farmonda ko'rsatilmagan vazifalardan biri bu favqulodda vaziyatlardagi profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlashga qaratilgan faoliyatidir.

Profilaktika inspektorlari o'zlariga biriktirilgan ma'muriy hududda aholini favqulodda holatlar vaqtida himoya qilish ularning salbiy oqibatlarga olib kelish xavfini oldini olish yoki ta'sir darajasini maksimal kamaytirishga qaratilgan kompleks tadbirlar amalga oshirishi va bu borada favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan chuqur hamkorlik qilishi kerak.

Aholini favqulodda holatlardan himoyalash samarasiga favqulodda holatlarda xavfsizligini taminlash prinsiplarini to'liq hisobga olish va uning barcha vositalari hamda usullaridan unumli foydalanilgandagina profilaktika inpektorlari bu borada samarali natijalarga erishiladi.

2020-yil 1-may kuni tonggi soat 4-5larda Sirdaryo viloyati janubiy Mirzacho’l kanalidan 2017-yil sun’iy hosil etilgan 930mln m.kv suv sig’imiga ega Sardoba suv omborining to’g’oni buzilishi natijasida 1-4-may oralig’ida ulkan suv oqimi Sirdaryo viloyatining “Yangi qishloq, Zominlik, Navoiy, Uchtom, Navbahor, Chinobod, Shodlik, Baliqchi, Nayman” kabi aholi punktlari va qo’shni Qozog’iston Respublikasining Jenes, Jantaqsay, Nurlijol aholi punktlarini vayron etdi. Natijada Sirdaryo viloyatida 70 ming aholi, Qozog’istondan 10 ming aholi istiqomat qiladigan hudud zarar ko’rdi. Bunday ulkan tabiiy ofatdan aholini evakuatsiya qilish choralarini erta ko’rish juda muhim hisoblanadi. Bunga birgina misol Yangi qishloq aholi punkti profilaktika inspektori Otabek Begmatovning birr o’zi 624 ta xonadon, 5 ming aholini Sardoba suv ombori buzilishi va suv toshqini yuzaga kelishi xavfi bilan zudlik bilan ogohlantirgan. Natijada profilaktika inspektori va aholi birgalikda harakat qilib, suv oqimi yetib kelguncha xavfsiz hududga o’tib olishgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib profilaktika inspektori o’z faoliyatida turli xil vaziyatlarga to’g’ri baho bergan holda fuqarolarning xavfsizligi, huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini o’ylab chora-tadbirlar ko’rishi lozim.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.