RANGTASVIR
Botirova Shohidahon Odiljonovna
Andijon Davlat Pedagogika Instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar va san’at
fakulteti Tasviriy san’at fan o’qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu berilgan maqolada rangtasvirning kelib chiqishi berilgan. Va unga chuqur kuzatish olib borilgan. Rangtasvirning har bir turi haqida ma’lumot keltirib o’tilgan. Masalan manumental, dastgohlik,miniatyura, dekorativ va teatr-dekorativ turlari haqida yoritilgan. Kompozitsiya haqida tushuncha.
Kalit so'zlar: dastgohlik, yog', bo'yoq texnologiyasi, zamonaviy san'at, akril bo'yoqlar, Tasviriy san'at.
АННОТАЦИЯ
Происхождение картины указано в данной статье. И за ним внимательно следили. Дана информация о каждом виде росписи. Например, охватываются монументальный, скамеечный, миниатюрный, декоративный и театральнодекоративный виды. Концепция композиции.
Ключевые слова: масляная живопись; холст; технология масляной живописи; современное искусство; акриловые краски; изобразительное искусство.
Abstract. The origin of the painting is given in this given article. And he was closely followed. Information about each type of painting is given. For example, monumental, bench, miniature, decorative and theater-decorative types are covered. Concept of composition.
Keywords: oil painting; canvas; oil technology; contemporary art; acrylic; visual art.
KIRISH
Rang-tasvir — tasviriy sanʼat turi; biror qattiq yuzada rangli ashyolarda, Masalan, boʻyoqlar yordamida yaratiladigan badiiy asar. Rangli. voqelikni badiiy tasvirlash va talqin qilish; tomoshabin fikri va tuygʻulariga taʼsir etishning muhim vositasi; muhim ijtimoiy mazmun va rang-barang gʻoyaviy vazifalarga ega. Rangli asarining goyaviy mazmuni uning mavzu va syujetida mujassamlashadi, syujetni rassom Rangli ifoda vositalari (kompozitsiya, rasm, rang, ritm va h.k.) orqali roʻyobga chiqaradi. Yaratilgan asarlar asosi (maxsus ishlov berilgan mato, yogʻoch, qogʻoz, karton, shisha, metall va h.k.), rang qatlami (moyboʻyoq, guash, tempera, akvarel, rangli shisha, rangli tosh va h.k.), ayrim hollarda uni saqlash uchun ustidan berilgan yupqa lok qatlamidan iborat boʻladi. Rasimning muhim tasviriy va taʼsir vositasi — rang (kolorit). Rang orqali borliq yoki xayoliy dunyoni koʻrinarli shakllarda tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini hajm va fakturasini koʻrsatishi, harakat, inson ruhiyatidagi oʻzgarishlar, murakkab hissiy kechinmalar, oʻy-xayollarni aks ettirishi mumkin. Rangning tasviriy ifoda vositasi va ishlash uslubi ishlatiladigan rang, qurollar xususiyati, rang eritgichlari, asosi (funt)ga bogʻliq (Mas, yuzasi silliq yoki gʻadirbudir berilishiga qarab asar koʻrinishi turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin).
Zamonaviy rangtasvir- zamonaviy rangtasvir orqali ijodkor borliqda bo’layotgan voqea hodisalarni va jarayonlarni o’z ijodi namunasida belgilab beradi. Shu jihatlari bilan insonlarga tasir o’rkazish jixatidan boshqa san’at turlaridan yuqoriroq turadi. Rangtasvir shunday tushunchaki uning maxsulini inson tinglamaydi yoki o’qimaydi balki ko’rish orqali ongli ravishda idrok etadi.
RANGTASVIRNING KELIB CHIQISHI
Rangli tasvir qadimda soʻnggi paleolit (miloddan avvalgi 40— 8ming yilliklar)da paydo boʻlgan. Janubiy Fransiya (Fon de Gom, Lasko), Shimoliy Ispaniya (Altamira), Oʻrta Osiyo va boshqalarda Rangli asarlari saqlanib qolgan; soz tuproqli boʻyoqlar, qorakuya, pista kumir bilan ishlangan, rasmlar tekis sharpa sifat (siluet), baʼzilarida esa hajmli kilib ishlashga harakat qilinganligi seziladi, mezolit va neolit davrida bajarilgan ibtidoiy rasmlarda murakkab kompozitsiyalar, abstrakt tushunchalar paydo boʻla boshlagan. Quddorlik davrida rivojlangan texnik vositalarga boy obrazlar tizimi shakllandi. Qad. Sharq mamlakatlari (Misr, Hindiston, Oʻrta Osiyo), janubiy sharqiy Yevropa (Yunoniston, Italiya), shuningdek, Amerika qitʼasi (Markaziy Amerika)da monumental Rangtasvir rivojlandi. Maqbara ibodatxona, saroy va boy zodagonlarning uylari devorlariga turli mavzu va yoʻnalishda asarlar ishlandi.
Antik davrda meʼmorlik va haykaltaroshlik bilan uygʻunlashgan Rangtasvir diniy mazmun bilan bir qatorda oliy tabaqa maqsadlarida tavmat qildi, nursoya, chiziq va havo perspektivasi yuzaga keldi, maishiy va tarixiy lavhalar, manzara, portret, natyurmortlar yaratildi. Miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda mum rassomligi (enkaustika)dagi dastgoh rassomligi haqida fayyum portretlari tasavvur beradi. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida monumental R. sanʼati oʻzining haqiqiy gullashdavrini boshidan kechirdi. Hindiston (Ajanta), Oʻrta Osiyo (Tuproqqalʼa, Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa) va boshqalarda nozik boʻyoqlar, nafis bezak ritmi, hayotiy kuzatishlarning yorqinligi xos boʻlgan miniatyura sanʼati rivojlandi, Xitoy, Yaponiya, Koreyada shoyi va qogʻozga tush, akvarel va guash boʻyogʻida racm ishlash sohasida yuqori choʻqqilarga erishidi. Uygʻonish davrida Rangtasvirning yangi qirralari yuzaga keldi, ilmiy asosga tayangan realistik sanʼat kamol topdi va jahon sanʼati rivojida muhim oʻrinni egalladi: ifoda tizimi hamda uning ilmiy asosi yaratildi. Perspektiva, optika, plastik anatomiya borasida yutuqlarga erishildi, monumental R. yuksak choʻqqisiga koʻtarildi, gʻoyaviy boyidi, dastgoh R. ijtimoiy hayotga keng koʻlamda kirib bordi. Texnikada suv boʻyoq oʻrnini moyboʻyoq egallay boshladi, lessirovka, valyor uslubiga qiziqish ortdi, lok—moyboʻyoq texnikasi murakkablashdi, koʻp qatlamli R. rivojlandi. Faktura masalalarida ham izlanishlar olib borildi, oq qoplamli (grunt) asosga silliq rangli qoplama asosga quyuq rang surtmalari (pastoz uslubi) bilan ishlashga eʼtibor ortdi. 17—18-asrlarda Yevropa (Fransiya, Italiya, Ispaniya, Flandriya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqalar)da milliy R. maktablari shakllandi, hayotni haqqoniy inqilobiy taraqqiyotda aks ettirish, inson ruhiy olamidagi nozik oʻzgarishlarni, inson va jamiyat muammolarini ishonarli talqin etish muhim oʻrinni egalladi. R. janrlari kengaydi, monumental R. bilan dastgoh sanʼati keng rivoj topdi, uslubiy yoʻnalishlari koʻpaydi, tonal R. yanada mukammallashdi. Pastel, akvarelga qiziqish ortdi. Yevropa sanʼati (ayniqsa, dastgoh R.)ning jahon xalqlari, jumladan, Sharq mamlakatlari sanʼatiga taʼsiri sezilarli boʻldi. 19-asrda R. dunyoqarash bilan bogʻliq dolzarb masalalarni hal etishga harakat qilib ijtimoiy hayotda muhim urinni egalladi, ijtimoiy hayotdagi mavjud illatlar oʻtkir tanqid ostiga olindi, 19-asr mobaynida akademizmga asoslangan xayotdan uzok,, ideallashtirilgan obraz va qahramonlarni targʻib qiluvchi asarlar maqtaldi, naturalizm anʼanalari shakllandi. Quruq, hayotdan uzoq soʻnggi klassitsizm va salon akademizmiga qarshi kurashda davrning murakkab, fojiali voqealariga bagishlangan shijoatli, taʼsirchan, nursoya nisbatlari keskin olingan, toʻyingan, rangdor koloritli romantizm uslubi paydo boʻlib rivojlandi (Fransiyada — P.Jeriko, E.Delakrua; Germaniyada — F.O.Runge, K.D.Fridrix, Rossiyada O.A.Kiprenskiy, K.P.Bryullov va boshqalar), hayotni oʻziga oʻxshatib ishlash uslubiga asoslangan realistik R. bu davrda yanada chuqurlashdi. Endilikda tasvirni na faqat haqqoniy boʻlishiga, balki hayotni kuzatish asosida paydo boʻlgan kechinma va taassurotlarni, xayol va oʻylarni ham ifodalashga harakat kuchaydi.
Borliqning oʻzidan kartina yaratish, nur, havo, kenglik ranglar tuslanishi va birbirining rangiga taʼsir etish xususiyatlarini ham ishonarli ranglarda tasvirlashga intilish kengayib bordi (Angliyada — J.Konstebl, Fransiyada — K.Koro, O. Domye, Rossiyada — A.G.Venetsianov va boshqalar). Yevropada inqilob va milliy ozodlik harakati kuchaygan davrda demokratik realizm rivojlandi, xalqhayoti, ularning kurashlari koʻrsatildi, milliy tarix va zamonaning muhim voqealarini aks ettiruvchi kompozitsiyalar, jamiyatning jasur va ilgʻor kishilarining siymolari yaratildi. Rus inqilobiy demokratik estetikasi bilan bogʻliq ijtimoiy tankdsiy realizm rivojlandi. Peredvijniklar va ularga yaqin ijodkorlar (V. Perov, I.Kramskoy, I. Repin, V.Surikov va boshqalar) shu jarayonda faol oʻrinni egalladilar. 19-asr 70-yillaridan rassomlar palitrasi toza spektr ranglari bilan boyidi; rassomlar ochiq havoda racm ishlashni odat qila boshladilar. Bu borada impressionist rassomlar (K.Mone, K.Pissaro, A.Sisley va boshqalar) alohida oʻrinni egalladilar. Ular R. yuzasini tashkil etishda oʻziga xos yoʻl tutib anʼanaviy silliq fakturadan va shakllarning tugal chizikli yechimidan voz kechish, ishlash uslubini yangilanishiga, toza spektr ranglarning erkin surtmalaridan foydalanib asar yaratishga erishdilar. Bu harakat keyinroq haykaltaroshlik, grafika, meʼmorlik, musiqa, adabiyot va boshqa sanʼat turlariga nisbatan ham qoʻllanila boshlandi (qarang Impressionizm). 19-asrda moyboʻyoq R.i yetakchi oʻrinni egalladi, bunga uning texnikasi, shu davrda sanoatda ishlab chiqarilayotgan yangi boʻyoqlarning keng koʻlamda hayotga kirib kelishibnbogʻliqedi. 19-asr R.ningelim va moyboʻyoq bilan asar yaratish usuli inqirozga tusha boshladi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida shu sanʼatni qayta tiklash harakati boshlandi, uning yangi qirralari ochila boshlandi, sanʼatning bezak tomoniga eʼtibor ortdi; meʼmorlik, tasviriy va amaliy sanʼatlar uygʻunligida yagona majmua yaratish ishtiyoqi shu davrda paydo boʻlgan modern uslubida namoyon boʻldi. Bu davrda avangard yoʻnalishi realistik R.ga kuchli raqobatda boʻldi.
Sharq va Gʻarb toʻqnashuvi natijasida 20-asr R.i shakllandi, realistik sanʼatga raqobatda avangard sanʼati rivojlanib bormoqda. Bu yoʻnalish tarafdorlari ijodkor subyektiv kechinmalari, histuygʻularini hayotiy, borliq shakllarida tasvirlashdan koʻra oʻzlarining xayollaridagi shakl va koʻrinishlar, harakatlari natijasida paydo boʻlgan shakl va chizikdarni tasvirlashni maʼqul koʻradilar.
Avangard oqimlarining rivojlanishi natijasida borliqni tasvirlashdan umuman voz kechilib tasvir vositalari ham oʻzgara boshladi (abstrakt sanʼat). 20-asr 60-yillar oʻrtalaridan esa ayrim Yevropa va Amerika R.ida avangard sanʼati — popartnpng unsuriga aylanib bordi. Bugungi kunda ushbu raqobat rivojlanib avangard tarafdorlari ortib bormokda.
Oʻzbekistonda R. sanʼati qadimdan mavjud boʻlgan. Uning ilk namunalari ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi (qarang Ibtidoiy sanʼat, Zarautsoy rasmlari. Miloddan avvalgi 1ming yillikning oxiri va milodiy 1ming yillik boshlarida R. oʻzining gullagan davrini boshidan kechirgan (Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa, Tuproqqalʼa va boshqalardagi devoriy rasmlar). Bu davrlar R.i yassi bezak yoʻnalishida mahalliy (lokal) ranglarda bajarilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida monumental R. (devoriy rassomlik, mozaika) bilan birga miniatyura sanʼati rivojlangan. Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahqib, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalarning asarlari dunyoga keldi. 19-asr oʻrtalaridan boshlab Turkistonda dastgoh sanʼati shakllana boshladi va 20-asrda oʻzbek milliy R. maktabi yaratildi. R.ning hamma tur va janrlarida asarlar yaratildi, miniatyura, vitraj sanʼati qayta tiklandi. Bugungi kunda oʻzbek R. sanʼati jahrn hamjamiyati bilan bir qatorda rivojlanmoqda, uning gʻoyaviy plastik rivoji ustida rassomlar izlanmoqda, mehnat qilmoqda.
Ranglar turiga qarab o’z pihologiyasiga egadir. Qizil rang- extiros va fidokorli, faoliyat va maqsadga muofiqlik, harorat va yoruqlik holatlarini anglatadi.
Pushti rang- osmirlik, bolalik, aybsizlik bilan bog’liq. Shu bilan birga tushlar va ramontikani ifodalaydi. Bundan tashqari yoqimli va kuzatuvchanlikni oshiruvchi rang xisoblanadi. Ranglarning ta’sirchan kuchidan rangtasvirchi rassomlar, zamonaviy tibbiyot, ijtimoiy sohalar keng foydalanmoqda. Sariq rang- bu ilohiy kuch, quyosh enerdiyasi va oltinni ramzidir. Sariq rang iliq, quvonchli, yengil soya ma’nolarini anglatadi. Miyya faoliyatini qo’zg’atuvchi hisoblanib hotiralarni yangilaydi. Binafsha rang- yurak xastaligi bor insonlarga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Qon tomir to’qmalarni chidamliligini oshiradi. Rangtasvir asarlari qog’oz, mato, devor, oyna va yog’och kabi tekis yuzalarga ishlanadi. Rangtasvir asosini rasm tashkil etadi. Xar qanday rangtasvir ishida avvalo uni (risunka) yani qoralama holati ishlab olinadi. Shundan so’ng kompazitsiya (joylashuv) amalga oshirilib ranglar orqali nur va soya texnikalari qo’llaniladi. Rangtasvir asarlari bajarilishi tehnikasi jixadidan turlicha bo’lib, moy bo’yoqli, temperali, freskali, mazaykali, vitrajli, akvarelli, guashli, pastelli bo’lishi mumkin. Rangtasvir quydagi turlarga bo’linadi.
• Dastgohlik rangtasvir
• Monumental ( maxobatli ) rangtasvir
• Miniatyura ( mo’jaz ) rangtasvir
• Dekorativ ( bezak ) rangtasvir
• Teatr-dekorativ ( bezak ) rangtasvir
Dastgohlik rangtsvir deyilganda rassomning mahsus asbobi dastgoh (molbert) yordamida ishlanadigan rur’atlar tushunuladi. Dastgohli asarlari uncha katta bo’lmagan mato, karton, faner va oynalarga ishlanadi. Dastgohlik rangtasvir ishlari kampuyutor grafikasi bilan bog’lanib ulardan asosan kinomotagrafiya va multtifikatsiya san’ati asarlarini jonlantirishda foydalaniladi. Misol uchun DISNEY kompaniyasi 20 soniyalik multfilim uchun 80 mingta chizilgan rasmlardan foydalanadi. Kino filimlarda persanajlardan tashqari orqa fondagi barcha dekaratsiyalar rassomlarni ijodi maxsulini jonlantirish orqali yaratiladi. Bundan tashqari kitob grafika san’ati va turli nashiryotlar, gazeta va jurnal bosmaxonalarida keng foydalaniladi.
Monumental rangtasvir (mahobatli) yani katta o’lchamdagi rangtasvir asarlari tushunuladi. Bu turdagi sarlar ko’pincha binoning ichki va tashqi qisimlariga tempera bo’yoqlari bilan ishlanadi. Monumental rangtasvirning mozaika, panno, vitraj, freska kabi turlari mavjud. Freska: asosan devorlaraga ishlanadi. Mozaika: turli tabiiy ikkilamchi materyallar- rangli oyna parchalari, tashlar, sitetik materyallardan bino devorlariga yoki tekis materyallar ustiga ishlanadi. Vitraj: binolarning deraza va eshik oynalari ustiga bo’yoqlar yordamida ishlanadi. Vitrajlar uy ichi va tashqari tomonidan bir xil ko'rinadi. Bunday asarlardan memorchilik san’atida ko’proq qo’llaniladi. Binolarning interyer va eksteryerlarini bezashda binoning rangbarangligini oshirishda ishlatiladi. Asosan diniy binolar, teatr binolari va jamoat tashkilotlari binolariga ishlatiladi. Bu asarlardan foydalanish nafaqat bezakdorlik balkiy binoning muxtini yaratish, cherkov va manastrlarda dininy talimot berish uchun foydalaniladi.
Teatr dekorativ rangtasviri spektakl dekoratsiyalari, unda ishlatiladigan girim sahna jihadlari bilan bog’liq. Ular teatr rassomi tomonidan tayyorlanib spektakl mazmunini tomoshabinga keng va chuqurroq singdirishga yordam beradi. Bu bezaklarda rassomlar sahnani yoritilishi va ranglarga alohida e’tibor qaratadilar. Spektakl bezaklari unda ifodalangan voqeya sodir bo’layotgan joy, davr, muhit to’g’risida tomoshabin tasavvurlarini boyitadi, voqealarni idrok etishni osonlashtiradi va faollashtiradi. Shu jixatlari bilan teart san’ati va rangtasvir san’ati doimo hamohangdir.
Hozirgi kunda zamonaviy san’atning tez suratlarda o’sib borishi yangi yo’l va yangi g’oyalarni kashf qilmoqda. Bu esa san’at ijodkorlarini yanada ko’proq ishlashiga va xalqni ko’proq harakat qilishga undamoqda. San’at tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy ehtiyojlarni qondirib kelgan. San’at ijtimoiy hayotning murakkab, rango-rang munosabatlari bilan aloqador bo’lib, u bir vaqtning o’zida ham mehnatning alohida turi, ham ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ham ijtimoiy ongning bir shakli, ham o’ziga xos bilim sohasi, ham ijodiy faoliyatning bir ko’rinishi sifatida amal qiladi. San’at ijtimoiy hayotning mustaqil bir sohasi bo’lib, o’ziga xos qonuniyatlari vazifalariga ko’ra u alohida jamiyat birligini ifodalaydi.San’at jamiyatning barcha tomonlariga ta’sir o’tkazadi, ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan aloqaga kirishadi, hayotning turli jabhalarida odamlar faoliyat olib borishlarini rag’batlantiradi. Zamonaviy san’at bu yangicha qarash, yangicha yondashuv demakdir. Video art, instalyatsiya, audio art kabi yo’nalishlari esa tomoshabinning iloxiy va falsafiy tamondan ongini takomillashtirishga va o’tmish va kelajakni idrok qilishga chorlaydi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak bu maqolada ranglarning mohiyatini o’rganib uni ijodda qo’llash usullari va ranglarga qanday yondoshish zarurligi o’rganildi. Zamonaviy rangtasvir jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lgan inson ongiga katta ta’siri bilan ahamiyatlliidir. Ma’lum bo’ladiki rangtasvir ham rangtasvir san’ati ham o’z falsafasiga ega san’at turi hisoblanadi. Uni asl mohiyati va mazmunini bilish tushuunib yetish uchun har bir kishidan chuqur tafakkur va yuqori dunyo qarash talab etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Хакимов А.А. Ташкент: культурологический контекст урбанизма. // Доклад на научной конференции в Институте истории, посвященной 2200 юбилею города. – Ташкент, 2009. – С. 20-25
2 A.X.MAMATOV. rangtasvir va chizmatasvir fanlarida qo’llanma
3 Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF
DEVELOPMENT OF FINE ARTS.
4 Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.
5. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE DEVELOPMENT OF FINE ART. In Archive of Conferences (pp. 49-52).
6. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February).
THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF FINE ART In Archive of
Conferences (pp. 49-52).
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.