ResearcherUz LogoResearcherUz

RUS TILINI CHET TILI SIFATIDA OʻRGANISH DARSLARIDA RUS TILI NUTQI ODOBAXLOQ QOIDALARINING IZOHLI LUGʻATIDAN FOYDALANISH

Annotatsiya

KIRISH: bugungi globallashuv sharoitida chet tillarini o‘rganish jarayoni nafaqat til birliklarini egallash, balki o‘sha tilga xos nutq madaniyati va odob-axloq me’yorlarini ham o‘zlashtirishni talab etadi. Rus tilini chet tili sifatida o‘rgatishda o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasi bilan bir qatorda kommunikativ va madaniy kompetensiyasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, rus tili nutqi odob-axloq qoidalarining izohli lug‘atidan foydalanish ta’lim jarayonida samarali vosita hisoblanadi. Mazkur lug‘at o‘quvchilarga nutq etiketi birliklari, muomala shakllari va ijtimoiy vaziyatga mos til vositalarini to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatadi. MAQSAD: mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – rus tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonida nutq odob-axloq qoidalarining izohli lug‘atidan foydalanishning metodik asoslarini ishlab chiqish va uning samaradorligini asoslashdan iborat. Shuningdek, quyidagi vazifalar belgilangan. Rus tilida nutq etiketi tushunchasining mazmunini aniqlash; izohli lug‘atning didaktik imkoniyatlarini o‘rganish; lug‘atdan foydalanish orqali o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish yo‘llarini ko‘rsatish. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida rus tili metodikasi bo‘yicha ilmiy adabiyotlar, nutq etiketi bo‘yicha izohli lug‘atlar, o‘quv dasturlari va darsliklar tahlil qilindi. Quyidagi metodlardan foydalanildi: Nazariy tahlil va umumlashtirish,taqqoslash metodi, pedagogik kuzatish, amaliy mashg‘ulotlar va tajriba-sinov ishlari,suhbat va savoljavob metodlari. Dars jarayonida izohli lug‘atdan foydalanish suhbat tuzish, rolli o‘yinlar tashkil etish, situativ mashqlar bajarish va nutqiy vaziyatlarni modellashtirish orqali amalga oshirildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, rus tili nutqi odob-axloq qoidalarining izohli lug‘atidan muntazam foydalanish o‘quvchilarning nutq madaniyatini oshiradi va ularning ijtimoiy-kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Xususan, o‘quvchilarda rasmiy va norasmiy muomala shakllarini farqlash ko‘nikmasi shakllandi, salomlashish, murojaat qilish, minnatdorchilik bildirish, uzr so‘rash kabi nutq etiketi birliklaridan to‘g‘ri foydalanish malakasi rivojlandi,muloqot jarayonida vaziyatga mos til vositalarini tanlash qobiliyati mustahkamlandi. Muhokama jarayonida aniqlanishicha, izohli lug‘atdan foydalanish o‘quvchilarning faolligini oshiradi, mustaqil izlanish ko‘nikmasini rivojlantiradi hamda darsni interfaol shaklda tashkil etishga yordam beradi. Shu bilan birga, lug‘at bilan ishlashni samarali tashkil etish uchun o‘qituvchining metodik tayyorgarligi muhim ahamiyatga ega. XULOSA: rus tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonida nutq odob-axloq qoidalarining izohli lug‘atidan foydalanish o‘quvchilarning kommunikativ va madaniy kompetensiyasini rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. Mazkur yondashuv o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish, tilni ijtimoiy kontekstda to‘g‘ri qo‘llash va muloqot samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


INTRODUCTION: in the context of modern globalization, the process of learning foreign languages requires not only mastering linguistic units but also acquiring the norms of speech culture and etiquette characteristic of the target language. When teaching Russian as a foreign language, it is important to develop not only students’ linguistic competence but also their communicative and sociocultural competences. From this perspective, the use of an explanatory dictionary of Russian speech etiquette rules serves as an effective tool in the educational process. This dictionary helps students master speech etiquette units, forms of communication, and the appropriate use of language means according to social situations. AIM: the main objective of this research is to develop methodological foundations for the use of an explanatory dictionary of speech etiquette rules in teaching Russian as a foreign language and to substantiate its effectiveness. The following tasks were set: to define the concept of speech etiquette in the Russian language; to explore the didactic potential of the explanatory dictionary; and to demonstrate ways of developing students’ communicative competence through the use of the dictionary. MATERIALS AND METHODS: the research involved the analysis of scientific literature on Russian language teaching methodology, explanatory dictionaries of speech etiquette, curricula, and textbooks. The following methods were used: theoretical analysis and generalization, comparative method, pedagogical observation, practical training sessions and experimental work, as well as interviews and question-and-answer techniques. In classroom practice, the explanatory dictionary was used through dialogue construction, role-playing activities, situational exercises, and modeling of communicative situations. DISCUSSION AND RESULTS: the results of the study showed that the systematic use of an explanatory dictionary of speech etiquette rules enhances students’ speech culture and develops their social and communicative skills. In particular, students developed the ability to distinguish between formal and informal communication styles, correctly use greeting formulas, forms of address, expressions of gratitude and apology, and other speech etiquette units. Their ability to select appropriate language means according to communicative situations was strengthened. The findings also revealed that working with the dictionary increases students’ engagement, fosters independent learning skills, and supports interactive teaching methods. At the same time, the effective organization of dictionary-based activities requires strong methodological competence from the teacher. CONCLUSION: the use of an explanatory dictionary of speech etiquette rules in teaching Russian as a foreign language is an effective means of developing students’ communicative and sociocultural competences. This approach contributes to the formation of speech culture, appropriate language use in social contexts, and increased communication effectiveness.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

GLOBALLASHUV DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMDA NUTQIY MOBILLIKNI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI.
Pedagogika fanlariGloballashuvNutqiy mobillikPedagogik texnologiyalar

Abdumajitova Maftuna Ixtiyor qizi

Ushbu matnda globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida bo‘lajak pedagoglarning nutqiy mobilligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari tadqiq etilgan. Muallif nutqiy mobillikni zamonaviy ta’lim paradigmasining fundamental kompetensiyasi sifatida talqin qilib, uning tarkibiy qismlari — lingv…

Inter Education & Global Study17.10.202612
XORIJIY TIL TA’LIMIDA YETAKCHILIK KO‘NIKMALARI ORQALI TALABALARNING OG‘ZAKI MULOQOT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH.
Pedagogika fanlariYetakchilik ko‘nikmalariOg‘zaki muloqotNutqiy kompetensiya

Risvayeva Charos Zaydilla qizi

Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘zlashtirish jarayonida talabalarning og‘zaki muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishda yetakchilik ko‘nikmalarining ahamiyati, xususan, ingliz tilini o‘qitish misolida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi yetakchilikka yo‘naltirilgan ta’lim faoliyatlari bilan og‘zaki nutq kompetensiya…

Inter Education & Global Study17.10.202602
LINGVISTIK KOMPETENTLIK VA MILLIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI
Pedagogika fanlariLingvistik kompetentlikMilliy qadriyatlarLingvomadaniyat

S.M. Zokirova, S.A. Madaminova

Til shaxsning milliy o‘zligi va madaniy xotirasini ifodalovchi asosiy vosita bo‘lib, lingvistik kompetentlikni shakllantirish jarayonida milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlik muhim ahamiyatga ega. Til birliklari ortida xalqning dunyoqarashi, urf-odatlari va ma’naviy tajribasi mujassamligi sababli ta’lim jarayonida ularni …

Inter Education & Global Study15.10.202600
BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING FAZOVIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA UCH O‘LCHAMLI GEOVIZUALIZATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI.
Pedagogika fanlariGeoaxborot tizimlariLoyihalash metodikasiRaqamli texnologiyalar

Bayimbet Iskandarov

Mazkur maqolada uch o‘lchamli geovizualizatsiya, fazoviy munosabat va dalillash masalasi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga geoaxborot tizimlarini loyihalashni o‘qitish uchun tekshiriladigan pedagogik yechimni asoslashdan iborat. Adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, o‘quv …

Inter Education & Global Study21.10.202600
LEARNING ANALYTICS AND STUDENT ENGAGEMENT IN TEACHER EDUCATION: METHODOLOGICAL PERSPECTIVES.
Pedagogika fanlariLearning analyticsStudent engagementTeacher education

Akbarova Sevarakhon Khusanboy qizi

This article examines methodological perspectives on using learning analytics to monitor and support student engagement in teacher education. The central problem is that traditional assessment and attendance-based control systems do not adequately reveal future teachers’ behavioural, cognitive, emotional, social and pr…

Inter Education & Global Study21.10.202600