--⊱⊱ 524 ⊰⊰--
TIZIMINING SHAKLLANISHI
Abdurahmonova Hilola Valijon qizi
Andijon Davlat Pedagogika Instituti
Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi magistranti
Annotatsiya: Maqolada Yaponiya, Koreya, Turkiya va Xitoy kabi Sharq davlatlarida maktabgacha taʼlim tizimini modernizatsiya qilish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqot anʼana va innovatsiyalarning uygʻunligi, raqamli texnologiyalarning joriy etilishi, oʻyin asosidagi metodlar va global kompetensiyalarning shakllanishi muammolarini oʻz ichiga oladi. Natijalar Sharq mamlakatlarida milliy qadriyatlar yoʻqotmagan holda zamonaviy pedagogik yondashuvlar samarali joriy etilayotganini koʻrsatadi.
Kalit soʻzlar: Sharq mamlakatlari, maktabgacha taʼlim, innovatsiya, anʼana, Yaponiya, Koreya, Turkiya, XXI asr koʻnikmalari, global kompetensiyalar.
Аннотация. В статье анализируется процесс модернизации системы дошкольного образования в восточных странах, таких как Япония, Корея, Турция и Китай. Исследование охватывает вопросы гармоничного сочетания традиций и инноваций, внедрения цифровых технологий, применения игровых методов и формирования глобальных компетенций. Полученные результаты показывают, что в странах Востока современные педагогические подходы эффективно внедрилаёт, при этом не утрачиваются национальные ценности.
Ключевые слова: восточные страны, дошкольное образование, инновации, традиции, Япония, Корея, Турция, навыки XXI века, глобальные компетенции.
Abstract. The article analyzes the process of modernizing the preschool education system in Eastern countries such as Japan, Korea, Turkey, and China. The study addresses issues related to the integration of traditions and innovations, the implementation of digital technologies, the use of playbased methods, and the development of global competencies. The findings indicate that Eastern countries successfully implement modern pedagogical approaches while preserving national values.
Keywords: Eastern countries, preschool education, innovation, tradition, Japan, Korea, Turkey, 21st-century skills, global competencies.
Bugungi davrda Sharq mamlakatlarida maktabgacha taʼlim tizimini modernizatsiya qilish jarayoni faollashgan. Islohotlarning asosiy mazmuni anʼanaviy tarbiya meʼyorlarini saqlagan holda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni barpo etish, XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish va bolalarning ijtimoiy-hissiy salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor berilayotir. Xalqaro tadqiqotlar Sharq taʼlim modelida “milliy qadriyat + innovatsiya” yondashuvi ustunligini koʻrsatadi[1]. Buni turli Sharq davlatlari misolida koʻrish mumkin.
Yaponiya maktabgacha taʼlim tizimi bolalarning tabiiy rivojlanishini tashviq etish va ularni ijtimoiy dunyoga moslashtirishga qaratilgan. Bu tizimda oʻyinga asoslangan taʼlim, tabiat bilan
--⊱⊱ 525 ⊰⊰-- munosabat, erkin faoliyat va bolalarning tashabbuskorligini oʻstirish asosiy pedagogik tamoyil sifatida belgilangan[1]. Yapon maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar faoliyati asosan oʻyin vositasida tashkil etiladi, bu esa ularning ijodiy tafakkur, muammolarni erkin hal qilish va jamoaviy koʻnikmalarini rivojlantirishga zamin yaratadi. Shuningdek, yapon bogʻchalarida tabiat bilan muntazam aloqaga katta eʼtibor beriladi.
Tarbiyalanuvchilar bogʻlarda yoki kichik ekin maydonlarida oʻynash, oʻsimlik va hayvonlar bilan mashgʻul boʻlish orqali atrof-muhitni anglashni boshlaydilar. Bu nafaqat tabiiy bilimlarni shakllantiradi, balki bolalarda masʼuliyat va ekologik ongni rivojlantiradi [2]. Yaponiyada maktabgacha taʼlimning muhim ustunlaridan biri – milliy anʼanalar va qadriyatlarni pedagogik jarayon bilan mos boʻlishidir. Masalan, hurmat, tartib-intizom, hamkorlik va ijtimoiy ahillik kabi qadriyatlar bolalarning kundalik faoliyatiga kiritilgan. Tarbiyachilar bolalarni oʻzaro hurmat qilish, navbat kutish va guruh bilan ishlash kabi ijtimoiy koʻnikmalarni oʻrgatishda faoldir. Jumladan, ular bolalarning mustaqil fikrlashiga toʻsqinlik qilmasdan, tashabbuslarini ragʻbatlantiradi. Bu namuna anʼana va innovatsiyani birlashtirib, milliy qadriyatlarni oʻzgartirmagan holatda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qoʻllashga misol boʻla oladi.
Janubiy Koreya esa raqamli innovatsiya yetakchisi hisoblanadi. Janubiy Koreyada bogʻcha tizimi raqamlashtirilgan texnologiyalarni erta yoshdan boshlab qoʻllaniladi. Maktabgacha taʼlimda oʻquv jarayoni faqat anʼanaviy metodlar bilan emas, balki zamonaviy raqamli vositalar orqali ham tashkil etiladi. Baʼzi bogʻchalarda esa robot-assistentlar taʼsis etilgan boʻlib, ular bolalar bilan oʻyin oʻynash, vazifalarni nazorat qilish va pedagoglarga yordamlashish kabi vazifalarni bajaradi[3]. Biroq, Koreya maktabgacha taʼlimida texnologik yangiliklar milliy qadriyatlar va ijtimoiy intizom bilan uygʻunlashgan holda qoʻllaniladi. Raqamli innovatsiyalar bolalarning ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirish jarayoniga toʻsiq boʻlmaydi, aksincha ularni mustahkamlaydi. Bogʻchalar bolalarga nazariy bilimlar emas, aksincha, ularni har tomonlama shakllantirish, jismoniy sogʻlom va emotsional shakllangan, oʻziga ishongan qilib tarbiyalashni maqsad qilib qoʻygan[4]. Janubiy Koreya tajribasiga koʻra, anʼana va innovatsiya bir-birini toʻldira oladi. Raqamli texnologiyalar maktabgacha taʼlim jarayonini yuksaltiradi, bolalarning individual talablarini qondirishga xizmat qiladi va pedagogik jarayonni shakllantiradi.
Turkiyada taʼlim tizimi oila bilan hamkorlik va milliy qadriyatlar asoslangani bilan eʼtiborlidir. Turk maktabgacha taʼlim tizimining muhim jihatlaridan biri – oila bilan yaqin hamkorlikdir. Tadqiqotlar natijalariga asosan, tarbiyachilar ota-onalar bilan doimiy muloqot orqali bolalarning rivojlanish jarayonini hamjihatlikda boshqaradi[3]. Bu jarayon tarbiyalanuvchilarning individual ehtiyojlari va qobiliyatlarini eʼtiborga olgan holatda oʻquv faoliyatini shakllantirishga imkoni beradi. Masalan, ota-onalar bolalarning qiziqishlari va rivojlanish darajasini baholashda pedagoglarga xabar beradi, shu bilan birga, uyda oʻnash mumkin boʻlgan oʻyin va mashgʻulotlar orqali taʼlim jarayoni uzluksiz davom etadi. Turkiya bolalar uchun milliy qadriyatlarga tayangan holda kreativ yondashuvlarda ham faoldir. Shu bilan birga, tizim global kompetensiyalarni, barqaror rivojlanish tamoyillarini va ekologik ongni maktabgacha taʼlimga tatbiq etadi[5]. Masalan, baʼzi bogʻchalarda bolalar ekologik loyihalarda ishtirok etadi, resurslarni tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.
Xitoyda oxirgi yillarda maktabgacha taʼlim tizimi davlat tomonidan modernizatsiya qilinib, oʻquv dasturlari yangidan tuzilmoqda. Mazkur jarayon bolalarning intellektual, ijtimoiy va jismoniy rivojlanishi birdek eʼtiborga oladi. 2024-yilgi tadqiqotlarda aytilishicha, Xitoy bogʻchalarida matematika va til koʻnikmalarini barvaqt rivojlantirishga alohida diqqat qilinadi. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya mashgʻulotlari, oʻyin metodlari va amaliy faoliyatlar bolalarning ijodiy fikrlash va
--⊱⊱ 526 ⊰⊰-- muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi[6]. Xitoyning maktabgacha taʼlim tizimida tartibli yondashuv asosiy tamoyil sifatida qoʻllaniladi. Bu tizim orqali davlat oʻquv jarayonining sifatini boshqarish, pedagogik faoliyatni baholash va milliy standartlarga moslashuvni taʼminlashga ega boʻladi.
Sharq mamlakatlari global pedagogik jarayonlarga faol moslashib bormoqda. Turkiya, Yaponiya, Koreya va Xitoy maktabgacha taʼlim tizimlarida XXI asr koʻnikmalarini modernizatsiyalashga qaratilgan samarali metodlar joriy etilmoqda [7]. Bulardan kreativ fikrlash, muammolarni hal qilish, raqamli savodxonlik, hamkorlik va kommunikatsiya koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan mashgʻulotlar mavjud. Shular qatorida bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishi, madaniyatlararo muloqot va global fuqarolik tushunchalarini chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Sharq mamlakatlarida maktabgacha taʼlimning global tendensiyalarga moslashuvi oʻziga xos uygʻunlikni havola qiladi. Masalan, Yaponiya va Koreyada raqamli texnologiyalar va oʻyin metodlari integratsiya qilinib, bolalarning ijodiy va aqliy rivojlanishi qoʻllabquvvatlanadi.
Turkiyada esa ota-ona bilan hamkorlik va ekologik ongni rivojlantirish metodlari global taʼlim tendensiyalari bilan moslashtirilgan holda qoʻllanadi [8].
Xitoyda esa standartlashtirilgan yondashuv va sifat nazorati tizimi dunyo pedagogik standartlarga uygʻunligini taʼminlaydi, shu bilan birga bolalarning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan faoliyatlar vositasida rivojlanish imkoniyati yaratadi. Natijada, bu jarayonlar Sharq mamlakatlarida maktabgacha taʼlimning nafaqat milliy, balki xalqaro standartlarga uygʻunlashib, rivojlanib borayotganini tasdiqlaydi. Bu esa global pedagogik tajriba bilan mos, milliy anʼana va innovatsiyani muvofiqlashtirgan barqaror taʼlim tizimining shakllanishiga xizmat qiladi.
Tahlillar shuni koʻrsatadiki, Sharq mamlakatlarida maktabgacha taʼlim tizimi milliy anʼana va zamonaviy innovatsiyalarni uygʻun holatda barqaror oʻsib bormoqda. Barcha mamlakatlarda barqaror rivojlanish, ekologik ong va global fuqarolik tushunchalari maktabgacha taʼlim jarayoniga kirmoqda.
Oʻzbekiston uchun Sharq mamlakatlaridagi ushbu tajribalar namuna boʻla oladi. Milliy qadriyatlarimizni oʻzgartirmagan holda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish orqali maktabgacha taʼlim sifatini koʻtarish mumkin. Ayniqsa, ota-ona bilan hamkorlikni mustahkamlab, oʻyin va raqamli metodlarni uygʻunlashtirib, ekologik va barqaror rivojlanish tushunchalarini integratsiya qilish Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim tizimida natijali pedagogik samaralarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga Sharq mamlakatlaridagi tajribalar Oʻzbekiston uchun milliy anʼanalar va global taʼlim tendensiyalarini uygʻunlashtirish boʻyicha ilmiy asos boʻla oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
[1] Nakamura, H., & Suvon, S. Preschool Education System in Japanese Education System. 2023.
[2] https://xabar.uz/uz/talim/yaponiya-bogchasida-bir-kun-video
[3] Madjitova K. A. Janubiy Koreya maktabgacha taʼlim tizimining oʻziga xos xususiyatlari. International Conference on medicine, science, and education volume 01, issue 01, 2024 .
[4] Lee, S. Korean Preschool Innovation Model. 2019.
[5] Demir, F. Turkeyʼs Preschool Education System. 2022.
[6] Gürbüz, F., & Deniz, Ü. Exploring Global Education in Early Childhood: Preschool Teachersʼ Perspective. 2024.
[7] Chinese Preschool Education System. 2024.
--⊱⊱ 527 ⊰⊰--
[8] Özgem, B., & Akçıl, U. An Investigation of Preschool Out-of-Class Activities within the Framework of 21st Century Skills. 2022.
[9] Eryaşar, S., & Özel, M. Early Education for a Sustainable Future. 2023.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.