ResearcherUz LogoResearcherUz

SHE’RIY DRAMA VOSITASIDA BO‘LAJAK AKTYORLAR NUTQINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI.

Annotatsiya

mazkur maqolada bo‘lajak aktyorlarning badiiy nutqini rivojlantirish metodikasi va uni amaliyotga tatbiq etish masalalari she’riy dramalar misolida atroflicha tadqiq etilgan. Sahna nutqi madaniyatini yuksaltirishda nazariy va metodik yondashuvlarning uyg‘unligi ilmiy jihatdan tahlil qilinib, teatr ta’limida ushbu yo‘nalishning tutgan o‘rni hamda ahamiyati yoritib beriladi. Tadqiqot jarayonida bo‘lajak aktyorlarning kasbiy mahoratini oshirishda va nutqiy jozibadorlikni ta’minlashda she’riy nutqning roli va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. She’riy dramalar vositasida talabalarning obrazli tafakkurini o‘stirish, mantiqiy urg‘ularni to‘g‘ri qo‘llash va nutqiy nafasni boshqarish imkoniyatlari ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada she’riy drama orqali badiiy nutqning ifoda etilishidagi o‘ziga xos poetik jihatlar va uning badiiy-estetik ta’sirchanligi chuqur ochib berilgan. She’riy nutqning ritmik-melodik tuzilishi, fonetik imkoniyatlari va musiqiyligi sababli uning nasriy nutqdan ustun hamda afzal bo‘lgan tomonlari qiyosiy shaklda ko‘rsatib o‘tilgan. Xulosa o‘rnida ta’kidlanishicha, she’riy dramalar ustida ishlash bo‘lajak aktyorlarga pafosli va emotsional nutq texnikasini egallashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada keltirilgan xulosalar va amaliy tavsiyalar teatr oliy ta’lim muassasalarida "Sahna nutqi" va "Aktyorlik mahorati" fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan.


в данной статье на примере стихотворных драм подробно исследованы методика развития художественной речи будущих актеров и вопросы ее практического применения. Научно анализируется гармония теоретических и методических подходов в повышении культуры сценической речи, освещается роль и значение данного направления в театральном образовании. В процессе исследования особое внимание уделено роли и значению поэтической речи в повышении профессионального мастерства и обеспечении речевой выразительности будущих актеров. С научной и практической точек зрения анализируются возможности развития образного мышления студентов, правильного использования логических ударений и управления речевым дыханием посредством стихотворных драм. Также в статье глубоко раскрыты специфические поэтические аспекты выражения художественной речи через стихотворную драму и ее художественно- эстетическая выразительность. В сравнительной форме показаны преимущества поэтической речи перед прозаической благодаря ее ритмико-мелодической структуре, фонетическим возможностям и музыкальности. В заключение подчеркивается, что работа над стихотворными драмами служит важной основой для освоения будущими актерами техники пафосной и эмоциональной речи. Приведенные в статье выводы и практические рекомендации направлены на повышение эффективности преподавания дисциплин «Сценическая речь» и «Актерское мастерство» в театральных высших учебных заведениях.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

YAXSHI DRAMATURGIYA VA REJISSYOR YECHIMINING UYG‘UNLIGI
San'atshunoslik fanlariTeatrDramaturgAktyor

D.K. Darushova

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida sahnalashtirilgan A. Ismaylovning “Tebranmas yuraklar” spektakli haqida sо‘z bо‘ladi.

Inter Education & Global Study08.08.2026130
DOLZARBLIGINI YО‘QOTMAGAN SAHNA ASARI
San'atshunoslik fanlariTeatrDramaturgAktyor

A.Y. Ismaylov

Ushbu maqolada Berdax nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat akademik musiqali teatrida qayta sahnalashtirilgan K. Rahmonovning “Jar” spektaklining afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqiladi.

Inter Education & Global Study08.08.2026120
IJODKOR REJISSYOR
San'atshunoslik fanlariRejissyorDramaturgiyaAktyor

M.B. Umarov

Maqola rejissyor о‘z rejasini yuzaga chiqarish uchun aktyor psixologiyasini va sahna amaliyoti talablarini bilish bilan bog‘liq masalalar haqida. U aktyorlar bilan ishlashda ikki uslubdan foydalanishni, ya’ni tushuntirib berish (podskaz)ni ham amalda qо‘llay olishi g‘aqida sо‘z boradi.

Inter Education & Global Study08.08.2026171
ESTRADA YO‘NALISHI TALABALARIGA JAZ TARIXINI O‘QITISH MAZMUNI VA METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH KONSEPSIYASI.
San'atshunoslik fanlariJaz tarixiEstrada xonandaligiIjrochilik tafakkuri

Ibragimov Bobir Mansurovich, Fazilov Baxrom Ilxamovich

Mazkur maqolada estrada yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning kasbiy tayyorgarligi tizimida jaz tarixini o‘qitish mazmuni va metodikasini takomillashtirish masalasi yoritiladi. Jaz tarixi fani nafaqat axborot-ta’limiy vazifani, balki bevosita ijrochilik vazifasini ham bajarishi mumkinligi asoslanadi. Shu nuqtai n…

Inter Education & Global Study22.10.202600
O‘ZBEK AN’ANAVIY DOIRA IJROCHILIGIDA USULLAR VA ULARNING BADIIY- ESTETIK XUSUSIYATLARI.
San'atshunoslik fanlariO‘zbek milliy musiqa san’atiDoiraAn’anaviy ijrochilik

To‘rayev Qahramon Fayzullayevich

Mazkur maqolada o‘zbek an’anaviy doira ijrochiligida usul tushunchasi, uning ritmik-intonatsion xususiyatlari, ijro texnikasi va badiiy-estetik imkoniyatlari ilmiy- nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Doira usullarining xalq musiqasi, maqom san’ati, marosim musiqasi va ansambl ijrochiligidagi funksional ahamiyati yoritil…

Inter Education & Global Study21.10.202600