ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Sut bezi saratoni: erta aniqlash va skriningning ahamiyati

Annotatsiya

Sut bezi saratoni skriningi ahamiyatini o‘rganish, zamonaviy usullarini ko‘rib chiqish va diagnostikaning sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rnini tahlil qilish. Shuningdek, skrining dasturlari orqali kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lmasidan oldin aniqlash imkoniyatini baholash. 


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Sut bezi saratoni: erta aniqlash va skriningning ahamiyati

Sh.J. Jovliyev1, S.A. Musurmonova2

TTA Termiz filliali Oftalmologiya, otolaringologiya, onkologiya, tibbiy

radiologiya kafedrasi Kirish Sut bezi saratoni – ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, erta aniqlansa davolash prognozi ancha yaxshi bo‘ladi. Skrining dasturlari bu borada asosiy profilaktik choradir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda 2,3 milliondan ortiq ayollarda sut bezi saratoni aniqlanadi. O‘zbekistonda esa so‘nggi yillarda sut bezi saratoni bilan kasallanish holatlari ortib bormoqda. Bu holat erta aniqlash va muntazam skriningni joriy etish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi. Maqsad: Sut bezi saratoni skriningi ahamiyatini o‘rganish, zamonaviy usullarini ko‘rib chiqish va erta diagnostikaning sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rnini tahlil qilish. Shuningdek, skrining dasturlari orqali kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lmasidan oldin aniqlash imkoniyatini baholash. Tadqiqot vazifalari va uslublari: -Skrining tushunchasini aniqlash - Sut bezi saratoni bo‘yicha mavjud skrining dasturlarini tahlil qilish - O‘zbekiston va jahondagi statistik ma’lumotlarni solishtirish - Skrining samaradorligini baholash Adabiyotlarni tahlil qilish, epidemiologik ma’lumotlar bilan ishlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish (mammografiya, UTT, genetik skrining). Shuningdek, mamlakatimizdagi sog‘liqni saqlash muassasalarida mavjud skrining imkoniyatlari, ularning infratuzilmasi va xodimlar tayyorgarligi baholandi. Natijalar: - Skrining orqali kasallik erta bosqichda aniqlansa, 5 yillik omon qolish darajasi 90% gacha etadi. - 40 yoshdan oshgan ayollarda muntazam mammografiya o‘tkazish kasallikdan o‘limni 20–30% ga kamaytiradi. - Aksariyat holatlarda ayollar skriningdan o‘tish muhimligini yetarlicha bilishmaydi. - Rivojlangan davlatlarda (masalan, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya) skrining dasturlari orqali sut bezi saratonining 1- yoki 2-bosqichda aniqlanishi 60–70% hollarda uchraydi. - Mamlakatimizda esa ayollar ko‘pincha kasallikning 3- yoki 4-bosqichlarida murojaat qilgani sababli davoash kechikadi - So’rab-surishtirish natijasida aniqlanishicha, ayollarning 45% dan ortig‘i mammografiya nima ekanini bilmaydi yoki unga ehtiyoj sezmaydi. Xulosa: Sut bezi saratoni bo‘yicha samarali skrining dasturlari ayollar salomatligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Aholi o‘rtasida ma’lumot yetkazish va muntazam tekshiruvlar orqali kasallikni erta aniqlash mumkin. Sog‘liqni saqlash tizimi bu borada faolroq bo‘lishi

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.