Kirish: jonli efirda nafaqat vizual, balki audial barqarorlik ham muhim ahamiyatga ega. ovoz rejissyori efir sifatini belgilovchi asosiy ijodiy va texnik shaxs sifatida ko‘riladi. Maqsad: televideniye jonli efirida ovoz rejissyorligining nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qilish hamda audial barqarorlikni ta’minlash strategiyalarini aniqlash. Materiallar va metodlar: ovoz rejissyorligi bo‘yicha nazariy adabiyotlarni tahlil qilish, jonli efir amaliyotlarini kuzatish va psixoakustik baholash metodlari qo‘llanildi. “Assalam, Qaraqalpaqstan” ko‘rsatuvi tadqiqot obyekti sifatida tanlandi. Natijalar va muhokama: dinamik signal ishlovi, raqamli miksherlash va psixoakustik moslashuv efir sifatini ta’minlashda muhim omillar ekanligi aniqlandi. ovoz rejissyori texnik nazoratdan tashqari ijodiy hamkorlikda ham faol rol o‘ynaydi, kutilmagan vaziyatlarda audial barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi. Xulosa: jonli efirda ovoz rejissyorligi texnik va ijodiy faoliyatning uyg‘unlashgan sohasi hisoblanadi. audial muhitning ekologik barqarorligi, raqamli texnologiyalar integratsiyasi va psixoakustik omillarni hisobga olish efir standartlarini ta’minlashning metodologik shartidir.
Introduction: live television broadcasting requires not only visual but also audial stability. the sound director plays a decisive role in shaping the broadcast’s quality, ensuring that technical and psychoacoustic factors are harmonized. Aim: to analyze the theoretical and practical aspects of sound directing in live television broadcasting and to identify strategies for maintaining audial stability. Materials and Methods: the study applies theoretical analysis of sound engineering literature, observation of live broadcast practices, and psychoacoustic evaluation. the “Assalam, Qaraqalpaqstan” program serves as a case study. Results and Discussion: findings show that dynamic signal processing, digital mixing, and psychoacoustic adjustments are essential for maintaining broadcast quality. the sound director’s role extends beyond technical control to creative collaboration, ensuring that unexpected technical issues do not compromise audial stability. Conclusion: sound directing in live television broadcasting is both a technical and creative discipline. ecological stability of the audial environment, integration of digital technologies, and psychoacoustic awareness are methodological conditions for achieving broadcast standards.