ResearcherUz LogoResearcherUz

TELEVIDENIYE – PROFESSIONAL DID VA SAVIYA TALAB ETADI

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqolada O‘zbekiston televideniyesining tashkil topish tarixi, uning 60 yildan ortiq davr mobaynida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li va bugungi kundagi holati tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy va xususiy telekanallarning o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘rsatuvlar saviyasi, kadrlar mahorati va xorijiy media mahsulotlarining milliy ma’naviyatga ta’siri masalalari ilmiy-tanqidiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqiladi. MAQSAD: televideniye sohasidagi zamonaviy muammolarni aniqlash, xususan, nutq madaniyati, rejissura va jurnalistika uyg‘unligi hamda efirga uzatilayotgan mahsulotlarning g‘oyaviy-mazmuniy darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsad qilingan. MATERIALLAR VA METODLAR: tarixiy-qiyosiy metod, tahlil, tanqidiy kuzatuv metodlaridan foydalaniladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: televideniye qisqa muddatda ulkan texnologik yuksalishga erishgan bo‘lsa-da, kontent sifatining hamma vaqt ham bu sur’atga mos kelmayotgani kuzatilmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, "Uzreport" va "Mening yurtim" kabi kanallarda zamonaviy rejissura va jonli efir madaniyati shakllangan. Biroq, ayrim kanallarda (masalan, "Zo‘r TV") tijoriy maqsadlarning ma’naviy saviyadan ustun kelishi, boshlovchilarning bachkanaligi va shevada so‘zlashishi kabi salbiy holatlar mavjud. XULOSA: televideniye yuksak san’at turi bo‘lib, u jamiyat ma’naviyatini shakllantirishda asosiy qurol hisoblanadi. Sohani rivojlantirish uchun faqat texnik bazani emas, balki kadrlar sifatini ham tubdan yaxshilash lozim. Xususan, nutq madaniyati ustida ishlash, "ustoz-shogird" an’analarini tiklash va milliy seriallar ishlab chiqarishni jadallashtirish talab etiladi. Efir sifati uchun mas’uliyat nafaqat muallif, balki butun telekanal jamoasi zimmasidadir.


INTRODUCTION: this article analyzes the history of the establishment of Uzbek television, its development path over more than 60 years and its current state. The study examines the specific features of national and private television channels, the level of programs, the skills of personnel, and the impact of foreign media products on national spirituality from a scientific and critical point of view. AIM: the aim is to identify modern problems in the field of television, in particular, to develop proposals for improving the culture of speech, the harmony of directing and journalism, and the ideological and substantive level of broadcast products. MATERIALS AND METHODS: the historical-comparative method, analysis, and critical observation methods are used. DISCUSSION AND RESULTS: although television has achieved tremendous technological progress in a short period of time, it is observed that the quality of content does not always keep up with this pace. Analysis shows that on channels such as "Uzreport" and "Mening Yurtim", a modern directing and live broadcast culture has been formed. However, on some channels (for example, "Zor TV") there are negative situations, such as the prevalence of commercial goals over the spiritual level, the lack of professionalism of the presenters and the use of dialect. CONCLUSION: television is a high art form, which is the main tool in shaping the spirituality of society. To develop the industry, it is necessary to radically improve not only the technical base, but also the quality of personnel. In particular, it is necessary to work on the culture of speech, restore the traditions of "teacher-student" and accelerate the production of national series. Responsibility for the quality of the broadcast lies not only with the author, but also with the entire TV channel team.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

O‘ZBEK AN’ANAVIY DOIRA IJROCHILIGIDA USULLAR VA ULARNING BADIIY- ESTETIK XUSUSIYATLARI.
San'atshunoslik fanlariO‘zbek milliy musiqa san’atiDoiraAn’anaviy ijrochilik

To‘rayev Qahramon Fayzullayevich

Mazkur maqolada o‘zbek an’anaviy doira ijrochiligida usul tushunchasi, uning ritmik-intonatsion xususiyatlari, ijro texnikasi va badiiy-estetik imkoniyatlari ilmiy- nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Doira usullarining xalq musiqasi, maqom san’ati, marosim musiqasi va ansambl ijrochiligidagi funksional ahamiyati yoritil…

Inter Education & Global Study21.10.202600
MUSIQIY ESHITUV VA NAZARIY TAFAKKUR SINTEZINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION METODLAR
San'atshunoslik fanlariMusiqiy eshituvNazariy tafakkurInnovatsion metod

E. Ro‘ziyeva

Ushbu maqolada musiqiy eshituv va nazariy tafakkurni uyg‘unlashtirilgan holda rivojlantirishning innovatsion pedagogik metodlari tahlil qilinadi. Solfedjo va musiqa nazariyasi fanlarining integratsiyalashgan o‘qitish modeli, raqamli texnologiyalarni qo‘llash, eshituv va nazariy bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda mus…

Inter Education & Global Study15.10.202610
QARAQALPAQ FOLKLORÍNDA «BESIK JÍRÍ»NÍŃ MAQSETI HÁM ONÍŃ TÚRLERI
San'atshunoslik fanlariSalt-dástúr jırıBalalar folklorıBesik jırı

Z.S.Zaripova

Maqalada qaraqalpaq xalqınıń eń áyemgi janrlarınıń biri bolǵan besik jırı haqqında sóz etiledi. Besik jırınıń atqarılıw texnikası hám onıń maqseti, bala tárbiyasındaǵı ornı haqqında pikirler bildirilgen. Sonıń menen birge, ananıń kewil keypiyatına, hár qıylı jaǵdaylarǵa qaray besik jırlarınıń atqarılıwın avtor onı bir …

Inter Education & Global Study15.10.202650
XOR DIRIJORLIGIDA XIYRONOMIK USULLARIDAN FOYDALANISH
San'atshunoslik fanlariXor dirijorligiXeyronomiyaDirijorlik texnikasi

J.A.Xodjayev

Maqolada O‘zbekistonda vokal-xor ijrochiligi va xor san’ati taraqqiyoti fonida xor dirijorligi fanining o‘rni hamda xeyronomik (chieronimik) usullardan foydalanish zarurati yoritiladi. Xor darslarida jamoa bo‘lib kuylash jarayonini badiiy va tashkiliy jihatdan boshqarishda dirijorning shaxsiyati, musiqiy va jismoniy ta…

Inter Education & Global Study15.10.202630
XORAZM XALQ DOSTONLARI ASOSIDA BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING MA’NAVIYATINI RIVOJLANTIRISH KATEGORIYALARINING KONTEKSTUAL TAHLILI.
San'atshunoslik fanlariXorazm dostonlariMa’naviyatMusiqa o‘qituvchisi

Yakubov Zafarbek Madrimbayevich

Maqolada Xorazm xalq dostonlarining bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida ma’naviy fazilatlarni shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari kontekstual tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqotda dostonlardagi axloqiy, estetik, vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari to‘rt asosiy kategoriyaga ajratildi: milliy-ma’naviy qadriyat…

Inter Education & Global Study15.10.202611