ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

VIRTUAL FIELD TRIP TEXNOLOGIYASI ASOSIDA 5–6 YOSHLI BOLALARNING KOGNITIV RIVOJLANISHINI QOʻLLAB-QUVVATLASHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI

Annotatsiya

Mazkur maqolada virtual field trip texnologiyasidan foydalanish orqali 5–6 yoshli bolalarning kognitiv rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan innovatsion yondashuvlar yoritilgan. Raqamli taʼlim muhitida virtual ekskursiyalar bolalarning idrok, xotira, tafakkur, tasavvur va muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini rivojlantiruvchi samarali pedagogik vosita sifatida tahlil qilindi. Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatdiki, interaktiv sayohatlar maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv kompetensiyasini boyitishda yuqori natija beradi. Maqolada virtual field trip asosida kognitiv rivojlanishni taʼminlovchi uch bosqichli model – motivatsiya, virtual kuzatish va refleksiv-ijodiy faoliyat bosqichlari tahlil qilindi. Tahlil natijalari virtual sayohat texnologiyasini maktabgacha taʼlim jarayoniga integratsiya qilish 5–6 yoshli bolalarning intellektual salohiyatini samarali rivojlantirishga xizmat qilishini koʻrsatadi


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

--⊱⊱ 159 ⊰⊰--

YONDASHUVLARI

Bazarova Nafisa Asrarjonovna

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor

va mutaxasislarini qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirish instituti,

mustaqil tadqiqodchisi (PhD)

Annotatsiya. Mazkur maqolada virtual field trip texnologiyasidan foydalanish orqali 5–6 yoshli bolalarning kognitiv rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan innovatsion yondashuvlar yoritilgan. Raqamli taʼlim muhitida virtual ekskursiyalar bolalarning idrok, xotira, tafakkur, tasavvur va muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini rivojlantiruvchi samarali pedagogik vosita sifatida tahlil qilindi. Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatdiki, interaktiv sayohatlar maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv kompetensiyasini boyitishda yuqori natija beradi. Maqolada virtual field trip asosida kognitiv rivojlanishni taʼminlovchi uch bosqichli model – motivatsiya, virtual kuzatish va refleksiv-ijodiy faoliyat bosqichlari tahlil qilindi. Tahlil natijalari virtual sayohat texnologiyasini maktabgacha taʼlim jarayoniga integratsiya qilish 5–6 yoshli bolalarning intellektual salohiyatini samarali rivojlantirishga xizmat qilishini koʻrsatadi.

Kalit soʻzlar: virtual field trip, maktabgacha taʼlim, kognitiv rivojlanish, innovatsion texnologiya, 5–6 yoshli bolalar, virtual sayohat.

ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К ПОДДЕРЖКЕ КОГНИТИВНОГО РАЗВИТИЯ

ДЕТЕЙ 5–6 ЛЕТ НА ОСНОВЕ ТЕХНОЛОГИИ ВИРТУАЛЬНЫХ ЭКСКУРСИЙ

(VIRTUAL FIELD TRIP)

Базарова Нафиса Асраржоновна, Институт переподготовки и повышения

квалификации руководителей и специалистов организаций дошкольного образования,

сомостоятельний-исследователь (PhD)

Аннотация. В данной статье освещены инновационные подходы, направленные на поддержку когнитивного развития детей 5-6 лет посредством использования технологии виртуальных полевых поездок. Виртуальные экскурсии в цифровой образовательной среде проанализированы как эффективное педагогическое средство развития у детей восприятия, памяти, мышления, воображения и способности решать проблемные ситуации. Анализ литературы показал, что интерактивные путешествия дают высокий результат в обогащении когнитивной компетенции детей дошкольного возраста. В статье анализируется трехэтапная модель, обеспечивающая когнитивное развитие на основе виртуальных полевых поездок - этапы мотивации, виртуального наблюдения и рефлексивно-творческой деятельности. Результаты анализа показывают, что интеграция технологии виртуальных путешествий в процесс дошкольного образования служит эффективному развитию интеллектуального потенциала детей 5-6 лет.

Ключевые слова: виртуальная полевая поездка, дошкольное образование, когнитивное развитие, инновационные технологии, дети 5-6 лет, виртуальное путешествие.

--⊱⊱ 160 ⊰⊰--

INNOVATIVE APPROACHES TO SUPPORTING THE COGNITIVE DEVELOPMENT

OF 5–6-YEAR-OLD CHILDREN THROUGH VIRTUAL FIELD TRIP TECHNOLOGY

Bazarova Nafisa Asrarjonovna, Institute for retraining and advanced training of directors and

specialists of preschool education organizations, Independent researcher (PhD)

Abstract. This article highlights innovative approaches aimed at supporting the cognitive development of 5-6 year old children through the use of virtual field trip technology. Virtual excursions in the digital educational environment were analyzed as an effective pedagogical tool for developing childrenʼs perception, memory, thinking, imagination, and problem-solving abilities. Analysis of the literature showed that interactive trips give a high result in enriching the cognitive competence of preschool children. The article analyzes the stages of a three-stage model that ensures cognitive development based on virtual field trips - motivation, virtual observation, and reflexivecreative activity. The results of the analysis show that the integration of virtual travel technology into the preschool education process serves the effective development of the intellectual potential of 5-6- year-old children. Keywords: virtual field trip, preschool education, cognitive development, innovative technology, children 5-6 years old, virtual travel.

Kirish. Soʻnggi yillarda raqamli texnologiyalar taʼlim tizimining ajralmas qismiga aylandi. Maktabgacha taʼlim ham bu jarayondan mustasno emas. 5-6 yoshli bolalar kognitiv rivojlanishining faol bosqichida boʻlib, bu davrda ularning tafakkuri, idroki, xotirasi, kuzatuvchanligi va muammoli vaziyatlarga munosabati shakllanadi. Shu jarayonni qoʻllab-quvvatlashda virtual texnologiyalardan, xususan virtual field trip (virtual sayohat) vositalaridan foydalanish innovatsion yondashuv sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda.

Virtual field trip - bu raqamli platformalar orqali video, interaktiv xaritalar, 360° tasvirlar, animatsiya va jonli translatsiya yordamida bolalarning masofadan turib real obyektlarni oʻrganish jarayonidir. Bu jarayon bolada kognitiv jarayonlarni faollashtiradi, dunyoqarashni kengaytiradi va yangi bilimlarni qiziqarli tarzda oʻzlashtirishga yordam beradi. Mazkur maqola 5–6 yoshli bolalarning kognitiv rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashda virtual sayohat texnologiyasidan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslarini yoritadi.

5-6 yoshli bolalar kognitiv rivojlanishining psixologik xususiyatlari

Maktabgacha yoshning katta guruh bosqichi (5–6 yosh) kognitiv rivojlanishning eng faol davrlaridan biridir. Ushbu yoshda bola:

- kuzatish, solishtirish, guruhlash, tahlil qilish qobiliyatiga ega boʻladi;

-sabab–oqibat bogʻlanishlarini tushuna boshlaydi;

-mantiqiy fikrlashning boshlangʻich shakllarini namoyon qiladi;

-xotira hajmi kengayadi, vizual xotira kuchayadi;

-tasavvur faol rivojlanadi;

- til va nutq takomillashadi.

Bu xususiyatlar ularni virtual muhit orqali bilishga juda mos qiladi, chunki virtual sayohatlar rangli, dinamik, mazmunli va multissensor taʼsirga ega.

2. Virtual field trip texnologiyasining pedagogik imkoniyatlari

Virtual sayohatlar 5–6 yoshli bolalarning kognitiv rivojlanishiga quyidagi yoʻnalishlarda taʼsir koʻrsatadi:

▪ Vizual idrok va kuzatuvchanlikni rivojlantirish Virtual tur bolalarga real hayvonot bogʻi, muzey, kosmos va boshqa joylarni aniq, toʻliq vizual shaklda koʻrish imkonini beradi. Bu jarayon detallarga eʼtibor berish, farqlarni ajratish va tasvir asosida xulosa chiqarishni kuchaytiradi.

--⊱⊱ 161 ⊰⊰--

▪ Xotirani faollashtirish yorqin, jonli, emotsional obyektlar bolalarda uzoq muddatli xotira shakllanishiga yordam beradi.

▪ Mantiqiy fikrlashni qoʻllab-quvvatlash Sayohat davomida beriladigan savollar, topshiriqlar, taqqoslash va tahlil qilish faoliyatlari bolalarda mantiqiy bogʻliqliklarni anglashga yordam beradi.

▪ Tasavvur va ijodiy tafakkurni rivojlantirish Virtual muhitda koinot, suv osti hayoti, tabiat muhiti, tarixiy obyektlar kabi mavzular bolalar tasavvurini kengaytiradi.

▪ Muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyati Tarbiyachi tomonidan yaratiladigan muammoli savollar bolani izlanishga undaydi.

5–6 yoshli bolalar kognitiv rivojlanishini qoʻllab-quvvatlovchi virtual sayohatlar modeli. Quyidagi innovatsion model virtual field trip orqali kognitiv kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qiladi:

➢ Tayyorlov bosqichi (Motivatsiya) Maqsad: bolalarda qiziqish uygʻotish.

➢ Asosiy bosqich (Virtual kuzatish va tahlil) Maqsad: faol bilish jarayonlarini rivojlantirish.

➢ Yakuniy bosqich (Refleksiya va ijodiy faoliyat)

Maqsad: bilimlarni mustahkamlash.

Virtual field trip texnologiyasini samarali qoʻllash shartlari:

Bolalarning yoshiga mos kontent tanlash;

Tarbiyachining faol yoʻnaltiruvchi roli;

Interaktiv vositalardan foydalanish;

Ijodiy faoliyat bilan yakunlash;

Texnik vositalarning sifatli boʻlishi.

Xulosa

Virtual field trip texnologiyasi 5–6 yoshli bolalarning kognitiv rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash uchun samarali, innovatsion va rivojlantiruvchi pedagogik vositadir. Ular bolalarda idrok, xotira, tafakkur, tasavvur va muammoli vaziyatlarni hal qilish koʻnikmalarini faol shakllantiradi. Taʼlimda virtual ekskursiyalardan foydalanish maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual salohiyatini boyitadi va ularni XXI asr kompetensiyalariga tayyorlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.

1. Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori, 22.12.2020 yil 802-son

2. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi, oʻquv qoʻllanma Toshkent 2017 y.

3. Mustafayeva N. A. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv rivojlanishni taʼminlashda zamonaviy texnologiyalarning oʻrni. – Toshkent: TDPU, 2022.

4. “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son

5. Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat oʻuv dasturi 2022 y.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.