UO‘T:633.11
TURINING YETISHTIRISHNING AHAMIYATI.
1Yakubova N.B., 2Fayzullayeva O. 3Matqurbonova Ch.
1UrDU mustaqil tadqiqotchisi,
2.3UrDU talabasi,
komilov@mail.ru
Annatotsiya: Xorazm viloyati iqlimi quruq va tuproq muhiti (pH) ishqori bo‘lgan sharoitda sholining (Oryza Sativa L) turini yetishtirish ilmiy xodimlar, fermerlar va magistrlar uchun fundamental manbai bo’la oladi. Bundan tashqari tarkibida temir, E vitamini, antioksidantlar, qalsiy, magniy va sink manbaiga boyligi bilan ahamiyatlidir.
Kalit so‘zlar: Xorazm viloyati sharoiti, quruq iqlim, ishqoriy muxit, sholining (Oryza Sativa L) turi, yetishtirish.
Аннoтация: В условиях сухого климата и щелочной почвенной среды (pH) Хорезмской области выращивание риса (Oryza Sativa L) может стать основополагающим ресурсом для ученых, фермеров и мастеров. Он также важен как богатый источник железа, витамина Е, антиоксидантов, кальция, магния и цинка.
Ключевые слова: Условия Хорезмской области, сухой климат, щелочная среда, сорт риса (Oryza Sativa L), возделывание.
Annotation: In the dry climate and alkaline soil (pH) conditions of the Khorezm region, the cultivation of rice (Oryza Sativa L) can be a fundamental resource for scientists, farmers, and masters. In addition, it is important for its rich content of iron, vitamin E, antioxidants, calcium, magnesium, and zinc.
Key words: Conditions of Khorezm region, dry climate, alkaline environment, rice (Oryza Sativa L) type, cultivation.
Sholi o‘simligi qimmatbaho yorma ekini bo'lib ekin maydonlari bo'yicha dunyoda bug'doy ekinidan keyingi ikkinchi o'rinda va yalpi hosili bo'yicha bug'doydan yuqori o'rinda turadi. Yer yuzidagi ko'pgina mamlakatlarda sholi eng qadimgi oziqovqat ekinlaridan biri hisoblanadi. Sholi Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Pokiston, Indoneziya, Vetnam va ayniqsa tropik iqlimli mamlakatlarda yashovchi aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotidir. Sholi namga talabchan (gigrofit) o‘simlik. Sholining O‘zbekistonda rayonlashtirilgan Lazurniy, Alanga, Avangard, Arpa sholi, Nukus-2, Avangard kabi navlari keng maydonlarga ekilib kelmoqda [1;179-b].
Shu jumladan, sholining (Oryza Sativa L) turini Avstraliyaning issiq hududlarida ko‘p yillik yoki sovuqroq hududlarda bir yillik o‘simlik sifatida o‘stirilishi mumkin bo‘lgan ajoyib o‘simlikdir. Sholining (Oryza Sativa L) turini tez o‘sadigan o‘simlik bo'lib, u nam tuproqni yaxshi ko‘radi. Lekin gullab-yashnashi uchun suvda bo‘lishi shart emas! Shu jihati bilan Xorazm viloyati quruq iqlimiga va suv tanqis hududlarda juda ahamiyatli hisoblanadi. Uning tarkibida yuqori miqdorda antioksidantlar, tolalar, oqsillar va sekin ajralib chiqadigan uglevodlar mavjud. Qora guruch – to‘q rangli to‘liq donli guruch, ta’mi yumshoq va yong‘oq ta’mli. Qora guruch dastlab “Taqiqlangan guruch” deb nomlangan, chunki u qadimgi Xitoyda faqat yuqori sinf uchun yoqimli ta’mli oziq bo‘lib kelgan [2].
Sholining (Oryza Sativa L) turi bo‘tqa, shirinlik, an’anaviy xitoyliklar qora guruch keksi, non va noodle tayyorlash uchun ishlatishadi. Bugungi kunda sholining (Oryza Sativa L) turi mashhurlikka erishmoqda va sog‘lom oziq-ovqat do‘konlarida ko'proq sotilmoqda. Qora guruch o‘zining yuqori ozuqaviy qiymati bilan mashhur va temir, E vitamini, antioksidantlar, kaltsiy, magniy va sink manbai hisoblanadi [3;4].
Sholining (Oryza Sativa L) turini antosiyaninlar kuchli yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, saratonga qarshi xususiyatlarga ega ekanligiva asab tizimiga yaxshilashi to‘g‘risida ma’lumotlar aniqlandi. Bundan tashqari olimlar tadqiqotlar natijasida yurak salomatligini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda yaxshi natijalarga erishilgan [5]. Mana shu manbalarga asoslangan holatda sholining (Oryza Sativa L) turini Xorazm viloyati iqlimi quruq, suv tanqisligi va tuproq muhiti (pH) ishqori bo‘lgan sharoitda yetishtirish muhim ahamiyatga egadir.
Bugungi kungacha Xorazm viloyati sharoitida sholining Lazurniy, Alanga, Avangard, Nukus-2, Guliston kabi navlari an’anaviy usullarda keng maydonlarda ekilib kelinmoqda. Bilamizki, Xorazm viloyati iqlimi quruq, qumoq tuproq va yog’ingarchiligi yiliga 200 mm dan kam. Shunday sharoitida sholining turini ekish, yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish va ilmiy muammolarni yechish Xorazm viloyati uchun muhim ahamiyatga egadir. Dunyoda bu asosan Xitoy, Tailand va Hindiston kabi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yetishtiriladi. Qora guruchning 62% Xitoy hissasiga to'g'ri keladi.
Ishlab chiqarish dunyoda, undan keyin Hindiston, Indoneziya va Filippin. Tailand 9-o'rinni egallab turibdi. Xorazm viloyati sharoitida bu turni yetishtirish to‘g’risida ilmiy xodimlar va fermerlar uchun fundamental bilim manbai yo‘qligi xozirgi kunda ilmiy muammodir.
Prezidentimizning “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2021 yilda jami sholi maydonlarining kamida 20 foizida sholini ko‘chatlab ekish, 50 foizida lazer uskunalari yordamida yer tekislash tizimini joriy etish, 30 foizida sholini zamonaviy urug‘ seyalkalari orqali ekish, 2022 yilda esa bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda 100-110 ming gektar maydonda sholi ekilib, o‘rtacha hosildorlik gektariga 35-38 senterni, yalpi hosil 395 ming tonnani tashkil etmoqda. Ushbu miqdor mamlakatimizning kun sayin ortib borayotgan aholisining asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo‘lgan guruchga bo‘lgan talabini minimal darajada qondira olmoqda, xolos. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aholi talabini to‘liq ta’minlash uchun har yili 55 ming tonna atrofida guruch mahsuloti import qilinmoqda (1-rasm). Ayniqsa qora guruch (Oryza Sativa L) turini Xorazm viloyati sharoitida yetishtirish va dunyo miqyodisga chiqish muhim ahamiyatga egadir.
1-rasm. O'zbekiston Respublikasi hududlarida 2023 yil yakunlariga ko'ra
guruchga bo'lgan talabning o'sishi (ming tonnada).
№ 2013 2024 2030
Respublikamizda sholidan yuqori hosil olish, aholining guruch mahsulotiga bo‘lgan talabini qondirish, import qilinayotgan miqdorini kamaytirib valyuta tejash maqsadida va ularni yetishtirishda yuqori samarali resurstejamkor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, eng muhim maqsadlardan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, sholining (Oryza Sativa L) turini Xorazm viloyati iqlimi quruq, tuproq muhiti ishqoriy bo’lgan muhitda ekish va yuqori hosildorlik olishdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. S. Tursunov “O‘simlikshunoslik” darslik “Ijod-Press” nashiryoti , 2019. 176- b. 2. https://www.sciencedirect.com/topics/agricultural-and-biological-sciences/black-
rice. 3. Agrawal A, Patel A, Kala D, Patidar J, Agrawal L (2020) Black Rice the New
black gold of India. Food and Agriculture Spectrum J 1: 1-4. 4. Kumar N, Murali RD (2020) Black Rice: A Novel Ingredient in Food Processing.
JÂ Nutrition & Food Sci 10: 1-7. 5. https://srcyrl.underfungus.com/organice-product/black-rice-anthocyanin.html 6. Inacio Mateus Mugabe “Manual on rice cultivation” Japan International
Cooperation Agency (JICA) 2014 26-33 bet.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.